Bоshоqnamоlar va qiyoqnamоlar qabilalari

Bоshоqnamоlar va qiyoqnamоlar qabilalari

O'quvchilarga / Botanika
Bоshоqnamоlar va qiyoqnamоlar qabilalari - rasmi

Material tavsifi

MAVZU: Bоshоqnamоlar va qiyoqnamоlar qabilalari. Reja: 1. Qo'ng'irbоshdоshlar yoki bug'dоydоshlar оilasi vakillarining asоsiy sistеmatik bеlgilari, kеng tarqalgan turkum va turlari, ularning ahamiyati. 2. Qiyoqnamоlar qabilasi. Qiyoqguldоshlar yoki hilоldоshlar оilasi vakillarining muhim vakillari ularning o'ziga хоs bеlgilari. 3. Palmakabilar sinfchasi. Palmanamоlar qabilasi. Palmadоshlar оilasining umumiy ta'rifi, muhim vakillari, tuzilishi, tarqalishi va ahamiyati Tayanch so'zlar: Qo'ng'irbosh, shakarqamish, sholi, betaga, yaltirbosh, palma, xurmo, kuchala, qoraquloq, qo'g'a; Qo 'ng 'irboshdoshlar kich ik oilasi - Poaideae Qo'ng'irboshnamolar qabilasi - Poales; Bug 'doydoshlar oilasi - Poaceae; Bu oila vakillari bir, ikki va ko'p yillik o't o'simliklardan ihorat. Ildizlari popuksimon, iidizpoyalari ham bor. Poyalari silindrsimon, oddiy, shoxlanmagan, bo'g'imlarga ajralgan, bo'yi 2 sm dan 150- (200) sm ga yetadi. Bo'g'im oralarining ichi kovak. Barglari oddiy, bandsiz, navbat bilan joylashgan, qalami, nashtarsimon, parallel tomirli. Barglarining pastki qismi poyani o'rab turadigan silindrsimon uzun qin va qalami - nashtarsimon uzun yaproqdan iborat. Qin bilan yaproq o'rtasida yupqa pardasimon kichkina tilcha o'rnashgan. Gullari mayda, rangsiz, gulqo'rg'onsiz, bir, ikki, ko'p gulli boshoqchalarda joylashgan. Boshoqchalar o'z navbatida 3 xil to'pgulga birlashadi: murakkab boshoq (bug'doy, arpa va boshq.); boshoqsimon supurgi to'pgul; supurgisimon to'pgul (suli, qo'ng'irbosh, yaltirbosh). Har bir boshoqchada 1 - 10 tacha yoki undan ko'p ikki jinsli, ba'zan bir jinsli gul bo'ladi. Boshoqchaning tagida ikkita tangacha (qipiq), ya'ni pastki va uning qarshisidan biroz yuqoriroqda ustki tangacha joylashgan. Gulqo'rg'on bo'lmaydi, ularning o' rnida gul tangachalari bo'ladi. Bug'doydoshlar asosan shamol yordamida changianadi. Mevasi - don. U po'st, endosperma va murtakdan iborat. Doni (meva) fling ko'p qismi kraxmalli endospcrmdan iborat, uning tag tomonida qalqon bilan ajralib turgan kichkina murtak joylashgan. Bu oila 900 turkum va 10500 - 1100 turdan iborat. Vakillari Yer yuzida keng tarqalgan. O'rta Osiyoda 95 turkum va 410 ga yaqin turlar uchraydi, O'zbekistonda 80 turkum va 216 turi mavjud. Oila ikkita oilachaga bo'linadi. Bambukdoshlar kichik oilasi - Bambucaidae; Bu oilacha vakillani eng qadimiy daraxtsimon o'simliklardan iborat. Unga 100 turkum va 600 dan ko'proq tur kiradi. Ular tnopik va subtropik hududlarda, ayniqsa Osiyoda yovvoyi va madaniy holda keng tarqalgan. O'rta Osiyoda va O'zbckistonda yovvoyi hoida uchramaydi. Bambuklan bo'yi 40 m ga, diametri 30 sm ga yetadigan iidizpoyaii, poyasi yog'ochlangan danaxtsimon yoki butasimon o'simliklan. Poyasi tik o'suvchi, bo'g'imli. Barglari qisqa bandli, yassi, nashtansimon yoki tuxumsirnon, har yili chiqib to'kiiadi yoki bir necha yil to'kiimaydi. To'pguli ro'vak, boshoqchasi ikki va ko'p gulli, ba'zan bir gulli. Guli ikki jinsii, changchisi 6-3 ta yoki undan ham ko'p. Urug'chi 1 ta, 3 ta. Gulqo'rg'on pardasi 3 ta. Mevasi yong'oqchasimon, nezavorsimon ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.15 MB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:09 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.15 MB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga