Dillеnidkabilar sinfchasi. Gulхayrinamоlar, Kovulnamolar va Tolnamolar qabilalari Reja: Dillеnidkabilar sinfchasi. Gulхayrinamоlar qabilasiga umumiy tavsif. Gulхayridоshlar оilasining g'o'za, gulхayri, tugmachagul, dag'al kanоp kabi turkumlari, ularning ahamiyati. Kovulnamolar qabilasi, kovuldoshlar oilasiga umumiy tavsif. Karamdoshlar (Brassicaceae) oilasining muhim turkum va turlariga ta'rif, ularning tuzilishi va ahamiyati. Tolnamolar qabilasi, toldoshlar oilasining asosiy vakillari, ularning tuzilishi va ahamiyati. Dilleniyakabilar kichik ajdodi (sinfi) - Dillenidae; Bu sinfchaga daraxtlar, butalar va o'tlar kiradi. Barglari oddiy yoki murakkab, yonbargchali yoki yonbargchasiz. Yog'ochli naychalari narvonsimon yoki oddiy perforatsiyali. Gulqo'rg'oni ikki qavat, spiral, spirotsiklik yoki haiqa hosil qilib ornashgan; tojibarglari erkin yoki tutash; urug'chisi apokarp yoki sinkarp; ustunchalari erkin yoki qo'shilib o'sgan; tugunchasi ustki yoki ostki. Ushbu kichik ajdodning soddaroq vakillari Magnoliyakabilar (Magnoliidac) va Ra'nokabilar (Rosidae) ajdodlari oralig'ida filogenetik jihatdan bog'lovchi halqa hisoblanadi. Hajmiga ko'ra Dilleniyakabilar gulli o'simliklarning eng yirik sistematik guruhi bo'lib, 31 ta qabilani birlashtiradi. Gulxayrinamolar qabilasi - Malvales; Qabila 11 ta oilani o'z ichiga oladi. Ayrim vakillari O'zbckistonda - madaniy o'simlik sifatida ekiladi. Gulxayridoshlar oilasi - Malvaceae Bu oila vakillari o't, buta va daraxtlardan iborat. Barglari oddiy, butun yoki panjasimon o'yilgan. Ketma-ket joylashgan, yonbargli. Gullari yakka yoki to'pgulda joylashgan, aktinomorf, ikki jinsli, gulkosa va gultojbarglari 5 tadan. Gulkosachasi 2 qavatli. Gulkosacha barglari 3- 12 tagacha bo'lib, erkin yoki tutashib osgan. Gultojibarglari yirik, erkin va rangli. Changchilari ko'p, ikki doirada joylashgan. Poyasi tik. monopodial va simpodial shoxlangan. Barglari oddiy, uzun bandli, yirik, 3-6-7 bo'lakchali, ikkita yonbargchali. Gullari yirik, gultojibarglari och sariq rangli. Gultoji 5 ta, erkin. Changchisi ko'p, ikki doirada joylashgan. Tashqi doiradagi changchilari reduksiyalangan. Ginetseyi senokarp, tugunchasi ustki, 3-5 uyali. Mevasi 3-5 uyali ko'sak, urug'chi (chigiti)si uzun va qisqa tolalar bilan qoplangan. Bu turkumga 35 tur kiradi. Bizda g'o'zaning 3 turi va uning har xil navlari ekiladi. 1. Oddiy g'o'za - Gossypium hirsutum - gullari och sariq. Ko'saklari yirik, 4-5 uyali, chigiti oq tolalar (tuklar) bilan qalin qoplangan. Vatani Meksika. O'zbekistonda bir nechta navlari ckiladi. 2. Misr g'o'zasi - Gossypium barbadense - gullari sariq, tojibarglarining tagi qizil dog'li, ko'saklari 3-5 uyali, chigiti uzun va ingichka ipaksimon tolalar (tuklar) bilan qoplangan. Vatani Janubiy Amerika. Misr g' o'zasi O'zbekistonning janubiy tumanlarida qimmatbaho gazlamalar va texnikada ishlatiladigan to'qimalar uchun ketadigan ingichka va uzun tola olish uchun ekiladi, 3. Jaydari g'o'za - Gossypium herbaceum. Ko'saklari mayda, 3-5 uyali, tolasi malla rangli, juda qisqa, dag'al o'simlik. Vatani Afrika. Bu turning navlari hozir kam ekiladi. Gulxayri (Althaea) turkumi. Bu turkum vakillari bir yoki ko'p yillik o't o'simliklardan iborat. Barglari panjasimon, 3-5 bo'laldi, chetlari ...

Joylangan
16 Sep 2023 | 10:28:15
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx, pptx
Fayl hajmi
6.65 MB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:10
Arxiv ichida: docx, pptx
Joylangan
16 Sep 2023 [ 10:28 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx, pptx
Fayl hajmi
6.65 MB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:10 ]
Arxiv ichida: docx, pptx