Dorivor o'simliklarni sistematik tahlili va tarqalishi Qirqbo'g'im dorivor o'simligi Dala qirqbo'g'imining yer ustki qismi - Herba equiseti arvensis (Trava xvosha polevogo) Dala qirqbo'g'imi - Equisetum arvense L.; qirqbo'g'imdoshlar - Equisetaceae oilasiga kiradi. Dala qirqbo'g'imi ko'p yillik, sporali o'simlik. O'simlik keng tarqalgan bo'lib, cho'l va yarim cho'l tumanlardan tashqari hamma yerda uchraydi. Qirqbo'g'im o'simligi asosan, ariq bo'ylarida, qumli o'tloqlarda, butalar orasida, o'rmonlarda va ekinzorlarda o'sadi. Ildizpoyasi uzun, qo'ng'ir-qoratusda bo'lib, ingichka-ingichka ildizlar chiqaradi va yakkama-dukkamto'ganaklar hosil qiladi. Sporalari yetilib, sochilib ketganidan keyin spora hosil qiladigan poyalaritez orada qurib ketadi, keyin bo'g'im-bo'g'im bo'lib, to'g'ri o'sadigan bo'yi 50 sm gacha boradigan ko'k poyalari paydo bo'ladi. Ta'siri va qo'llanilishi: xalq tabobatida qirqbo'g'im o'ti qon ketishiga qarshi qadimdan ishlatib keladi. Qirqbo'g'im-sporali ko'p yillik o'tsimon o'simlik. Poyalari ko'p shoxlanmaydi, kulrang-pushtiroq rangda bo'ladi. Equisetaceae YeTMAK YeTMAK (Acanthophyllum) - chinniguldoshlar oilasiga mansub ko'p yillik o'simliklar bir necha turlarining umumiy nomi. O'zbekistonning adir va tog' yon bag'irlarida A.gypsophiloides va A.paniculatum o'sadi. Bo'yi 50-80 sm, barglari qarama-qarshi, shapaloq, qalami yoki nashtarsimon. 4 Gullari mayda, shoxlarining uchida ikkitadan joylashgan. Gulbargi 5 ta, och pushti, changchisi 10 ta, 2 qator joylashgan. Barg bandi va sershox poyasi tuksiz yoki mayda tukchalar b-n qoplangan. Caryophyllaceae Mevasi bir urug'li. Urug'i och jigarrang yoki qo'ng'ir, qattiq qobikli. Ildizi burama o'q ildizdan iborat bo'lib, 2 m dan ortiq chuqurlikka boradi. Ildizidan aholi nisholda tayyorlashda ko'pirtiruvchi modda sifatida foydalanib keladi. Tibbiyotda (balg'am ko'chiruvchi va organizmni mustahkamlovchi dorilar tayyorlashda) qo'llaniladi. ShIRINMIYa Glycyrrhiza glabra L. Shirinmiya - dukkakdoshlar oilasiga mansub bo'lib, ko'p yillik o'simlikdir. Shirinmiya asosan Yevropa, Osiyoda tarqalgan. Bizning mamlakatimizda, Kavkazda, O'rta Osiyoda tabiiy holda uchratish mumkin. To'qaylarda katta maydonlarni egallagan. Shuningdek, daryo yoqalarida, ariq va zovur bo'ylarida, sho'r va qumli erlarda, tog' yonbag'irlarida, goho ekinzorlar orasida ham uchraydi. 6 Poyasi tik o'suvchi, bo'yi 50-200 sm, shoxlangan yoki shoxlanmagan bo'lib, tuklar bilan qoplangan. Fabaceae Gullari ikki jinsli, sariq, mayda barg qo'ltig'idan o'sib chiqqan bo'lib, yarim soyabon gul to'plamini tashkil qiladi. Mevasi - 3-7 urug'i, pishganda ochilmaydigan dukkak. Urug'i qattiq, mayda, silliq, moshrang. TIRNOQGUL (Calendula officinalis) , dorivor tirnoqgul - murakkabguldoshlar oilasiga mansub ikki yillik manzarali va dorivor o'simlik. Bo'yi 30 - 50 sm. O'zbekistonda gulzorlarga ekiladi. 8 Asteraceae Poyasi shoxlangan, tukli. Ildiz bo'g'zidagi barglar teskari tuxumsimon, yirik. To'pguli savatcha, diametri 2-5 sm. Gullari sariq, to'qqizilsariq, bazan qatqat. Mevasi yirik, tirnoqqa o'xshab ichkariga qayrilgan (nomi ham shundan). Gullaridan olinadigan buyok, oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi. Allium anzur Biologik xususiyatlari. Anzur piyozi barglari keng, yassi, uzun, yashil yoki och-yashil tusda. Piyozi yirik, dumaloq bo'lib, ...

Joylangan
16 Sep 2023 | 10:28:15
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.21 MB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:11
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Sep 2023 [ 10:28 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.21 MB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:11 ]
Arxiv ichida: pptx