Dukkaknamolar va Araliyanamolar. Soyabonguldoshlar yoki Ziradoshlar oilasi

Dukkaknamolar va Araliyanamolar. Soyabonguldoshlar yoki Ziradoshlar oilasi

O'quvchilarga / Botanika
Dukkaknamolar va Araliyanamolar. Soyabonguldoshlar yoki Ziradoshlar oilasi - rasmi

Material tavsifi

Dukkaknamolar va Araliyanamolar qabilalari. Soyabonguldoshlar yoki Ziradoshlar oilasi. Reja: Dukkaknamоlar qabilasi. Dukkakdоshlar yoki burchоqdоshlar оilasiga umumiy tavsif, Oilachaning muhim turkumlarining biоlоgik хususiyatlari. Burchoqdoshlarning tabiatda va xalq xo'jaligidagi ahamiyati Ziranamolar qabilasi, ziradoshlar oilasiga umumiy tavsif, muhim turkum vakillarining tuzilishi va ahamiyati. Tayanch so'zlar: Burchoq, sezalpiniyadoshchalar, mirnozadoshchalar, kapalakdoshchalar, yantoq, gledichiya, beda, no'xat, zira,kovrak; Burchoqnamolar qabilasi - Fabales Qabila katta Burchoqdoshlar oilasidan iborat, u 1200 dan ortiq turni o'z ichiga oladi. Burchoqdoshlar (Dukkakdoshlar) oilasi - Fabaceae Burchoqdoshlar ajdoddagi eng yirik oilalardan bo'lib, 650 ta turkumga mansub 1800 ta turlarni o'z ichiga oladi. Ular Yer shari bo'ylab keng tarqalgan. Hayotiy shakliga ko'ra o't, yarimbuta, buta va daraxtlardan iborat. Barglari asosan rnurakkab, ba'zan oddiy, hamisha yonbargchaii. Gullari ikki jinsli, zigomorf, ba'zan aktinomorf, shingilsimon, kallaksirnon yoki yoyiq to'pgullarda o' rnashgan. Gulkosachabargi 5 ta, ba'zan 4 ta, ko'pincha qo'shiib o'sgan. Gultojbarglari ham 5 tadan. Ustki yirik gultojibargga yelkan, ikkita yonidagisiga qanotcha, ikkita ostkisiga qayiqcha deyiladi. Urug'chisi asosan 10 ta, 9 tasi qo'shilib o'sgan, bittasi erkin o'rnashgan. Urug'chisi bitta, atrofi qo'shilib o'sgan changchilari bilan o'ralgan. Tugunchasi ustki. Gul formulasi: Ca(5) Co1+2+(2) A(9)+1 G1 Mevasi turlicha shakldagi dukkaklardan iborat. Hasharotlar orqali va o'zo'zidan changianadi. Dukkagida bittadan bir nechtagacha urug'i bo'ladi. O'rta Osiyoda oilaning 40 ta turkumga mansub 1093 ta turi, O'zbekislonda 35 turkumga oid 425 turi o'sadi. Burchoqdoshlar oilasi 3 ta oilachaga bo'linadi: Sezalpiniyadoshchalar (Caesaipinioideae), Mirnozadoshchalar (Mimosoideac), Kapaiakdoshchalar (Faboideae Papilionodeae). Sezalpiniyadoshchalar oilachasining turlari O'zbekistonda tabiiy holda nihoyatda kam uchraydi. Bularga Griffit arg'uvoni (Cercis griffithii), Gimnokiadus (Gymnociadus) kabilar kiradi. Griffit arg'uvoni respublikaning tog'li hududlarida (G'arbiy Tiyonshan, Bobotog', Hisorda) tarqalgan, barg chiqarmasdan erta bahorda guliaydigan daraxt. O'zbekiston Respublikasi ,,Qizil kitobiga kiritilgan. rasm: Yantoqning umumiy ko'rinishi; Oilachaning ayrim turlari madaniy (ekma) o'simlik sifatida sug'oriladigan yerlarda ekiladi. Masalan, kassiya (Cassia) turkumining sano deb ataladigan ayrim turlari respublikaning janubiy hududlarida bir yillik dorivor o'simlik sifatida ekiladi. Gledichiya (Gleditshia) fling 2 ta turi (G. caspia va G. triacanthos) ham asalshiraga boy va manzarali o'sirriik sifatida o'stiriiadi. Mimozadoshchalar oilachasining ayrim turlari O'zbekistonda manzarali o'simlik sifatida ekiladi, Akatsiya (Acacia) va albitsiya (Albizia) turkumlarining ba'zi turlari bunga misol bo'iadi. I urlarga boyligi, tabiatda Va qishloq xo'jaiigida madaniy o'simlik sifatida keng tarqalgani bilan Kapalakdoshchalar oilasi alohida o'rinda turadi. Oilaga Astragal (Astragalus), Oksittropis (Oxytropis), Burchoq (Vicia), Beda (Medicago) kabi turlarga boy yirik turkumlar; turlari madaniy osim1ik sifatida ko'plab ekiladigan No'xat (Cicer), Yeryong'oq (Arachis), Loviya (Vigna), Fasol (Phaseolus), Burchoq (Vicia) kabi turkumlarning ko'pchilik turlari; Shirinmiya (Glycyrrjiza), Oqquray (Psoralea), Qashqarbeda (Melilotus) va Afsonak (Thermopsis) turkumlariga kiruvchi dorivor o'simliklar; Beda (Medicago), Yantoq (Aihagi), ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx, pptx
Fayl hajmi 8.5 MB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:11 Arxiv ichida: docx, pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx, pptx
Fayl hajmi 8.5 MB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx, pptx
Tepaga