Gul - o'simliklarning generativ ko'payish organi Gul yopiq urug'li o'simliklarning jinsiy ko'payish organi bo'lib, shakli o'zgargan novdadir. O'simliklar qaysi sistematik birlikka mansubligiga qarab gullari xilma-xil bo'ladi. Gul o'simliklar hayotida katta ahamiyatga ega. Undan meva (urug') hosil bo'ladi. GUL Gul - gul bandi, gul o'rni, gulqo'rg'on (gulkosa, gul-toj), changchi va urug'chidan tashkil topgan (40-rasm). O'simliklarning guli novdaga bandi bilan birikib turadi va unga gulband deyiladi. Gulbandning yuqori qismida biroz kengaygan joy - gulo'rni bor, unda gulning hamma qismla-ri joylashadi. Gulband shakli va o'lchami bilan bir-biridan farq qiladi. Gul qismlari Tabiatda gulbandi rivojlanmaydigan o'troq gullar ham uchraydi. Gulkosacha - gulni tashqi tomondan o'rab turadigan qavat. U gulkosachabarglardan tashkil topgan. Gulkosacha, ko'pincha, yashil rangda bo'ladi. Gultoj - guldagi gulkosachadan ichkarida joylashgan gulqo'rg'on qavati. U gultojbarglar yig'indisidan iborat. Gultoj turli rangda bo'ladi. Gul qismlari Changchi - gulqo'rg'on ichida joylashgan muhim qismi. U ikki qismdan: changdon va changchi ipidan tashkil top-gan. Changchi iplari changdonni ushlab turadi va gulo'rni bilan bog'laydi. O'simlikning turiga qarab changchilar bit-tadan bir nechtagacha bo'lishi mumkin. Changchi iplari alohida-alohida, qo'shilib yoki tutam hosil qilib gulo'rniga joylashadi. Ayrim gullarda changchi iplari bo'lmaydi. Gul qismlari Urug'chi - gulning o'rtasi (markazi)da joylashgan eng muhim qismi. U tuguncha, ustuncha va tumshuqchadan iborat (42-rasm). Tuguncha - urug'chining kengaygan pastki qismi. Uning ichida urug'kurtak joylashgan. Tugunchadan meva hosil bo'ladi. Tugunchalar gulning boshqa a'zolariga nisbatan joylanishiga qarab ostki va ustki bo'ladi. Tuzilishiga ko'ra, tuguncha bir va ko'p uyali bo'ladi. Gul qismlari Ustuncha - urug'chining o'rta qismi. U tuguncha bilan tumshuqchani birlashtirib turadi. Uning ichi g'ovak bo'ladi. changdon chang Tumshuqcha - urug'chi (ustun-cha)ning eng yuqori qismi - uchi. U changlarni ushlash uchun xizmat qi-ladi. Gul qismlari Gulqo'rg'on - gul ochilguncha changchi va urug'chilarni o'rab, tash-qi ta'sirdan saqlab turadi. U oddiy yoki murakkab bo'ladi. Gul qismlari Agar gulqo'rg'on gulkosacha va gultojdan tashkil topgan bo'lsa, mu- rakkab gulqo'rg'on deyiladi. Ko'p- chilik o'simliklar (olma, olcha, nok, na'matak, g'o'za)ning guli murakkab gulqo'rg'onli bo'ladi Gul turlari Gulqo'rg'on bo'laklari qo'shilgan yoki qo'shilmagan gullar ham bor. Gulqo'rg'on bo'laklari qo'shilgan gullarga qo'ypechak, karnaygul, marmarak kabilarning guli misol bo'ladi. Gulqo'rg'on bo'laklari qo'shilmagan (erkin) gullarga olma, nok, g'o'za, o'sma, lola, boychechak va boshqa o'simliklarning gullari kiradi. Gul turlari Tabiatda yana shunday gulli o'simliklar borki, ular guli-ning gulqo'rg'oni yo'qolib ketgan yoki tangachaga aylan-gan. Bularga tol, terak, tut, yong'oq kabilar kiradi. Gullarning tuzilishi bilan tanishishni osonlashtirish maq-sadida gullarning diagrammasi va formulasidan foydalani-ladi. Gul tuzilishining sxema bilan ifodalanishiga gul diagrammasi deyiladi. Gul turlari Formulada gul qismlarining nomi shu qism nomining boshlang'ich harfi ...

Joylangan
16 Sep 2023 | 10:28:15
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.17 MB
Ko'rishlar soni
179 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:13
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Sep 2023 [ 10:28 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.17 MB
Ko'rishlar soni
179 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:13 ]
Arxiv ichida: pptx