Mavzu: GULLI O'SIMLIKLARNING URUG'LANISHI Men hech qachon qarzga olmaydigan ikki narsa bor, bular pullar va rejalardir. Alfred Nobell DARS REJASI: Chang naychasining hosil bo'lishi. Embrion (murtak)ning rivojlanishi. Apomiksis hodisasi. Tayanch iboralar: chang, sifonogen, parogamiya, xalazagamiya, qo'sh urug'lanish, murtak, tuxum hujayra, oktang hujayra, epikotil, gipokotil, sellular endosperm, nuclear endosperm, gaustoriy, perisperm. CHANGNING O'SISHI: Chang urug'chining tumshuqchasiga tushgandan so'ng ma'lum vaqt (15- 45 min., bir necha soat yoki bir necha hafta o'tgandan keyin bo'rtib o'sadi va uning sifonogen (vegetativ) hujayrasidan hosil bo'lgan chang naychasi apertur orqali ustuncha to'qimasi bo'ylab chiqib o'sib tuguncha tomon yo'naladi. PAROGAMIYA: Shundan so'ng eng hayotchan va kuchli naycha urug' yo'li (mikropile)ga birinchi bo'lib yetib keladi va shu orqali urug'murtakka o'tadi. Bu hodisaga parogamiya deb ataladi. XALAZAGAMIYA: Ba'zan chang naychasi xalaza orqali to'g'ridan-to'g'ri urug'murtak yoki embrion xaltasiga o'tadi - bunga xalazagamiya deb ataladi. Xalazagamiyani birinchi marta 1894 yili Treybom degan olim Avstraliya qit'asida o'sadigan, qadimdan qolgan S. N. kauzarin Navashin degan o'simlikda, esa oq qayinda saqlanib keyinchalik aniqlagan. Казуарина (Casuarina), S. N. Navashin XALAZAGAMIYA: Chang naychasi urug'murtak xaltasiga yetgandan so'ng uning devori eriydi. Chang naychasi embrion xaltasining markaziy yadrosi tomon harakat qiladi va ishqalanish natijasida uning uchi eriydi. QO'SH URUG'LANISH: Chang naychasi ichidan ikkita sperma hujayralari embrion xaltasiga kiradi. Sperma hujayralaridan bittasi tuxum hujayra yadrosiga, ikkinchisi embrion xaltasining ikkilamchi yadrosiga qarab yo'naladi va u bilan qo'shiladi. QO'SH URUG'LANISH: Natijada yopiqurug'li o'simliklar uchun eng muhim xususiyatlardan biri qo'shaloq urug'lanish sodir bo'ladi. QO'SH URUG'LANISH: QO'SH URUG'LANISH: Qo'shaloq urug'lanishni 1898 yili rus botanigi S. G. Navashin piyozdoshlar oilasiga mansub Lilium martana va Fritillaria tenella degan o'simliklarda aniqlagan. Fritillaria tenella MURTAKNING HOSIL BO'LISHI: Keyinchalik urug'langan tuxum hujayra yadrosidan murtak, ikkilamchi triploid yadrodan esa ham endosperm taraqqiy etadi. Shuning uchun yopiqurug'li o'simliklarning endospermi ochiqurug'lilar endospermidan farq qiladi. NOVASHIN TAJRIBASI: S.G. Navashin tayoqchasimon yoki chuvalchangsimon shakldagi spermalarning harakatini kuzatgan. ЕMBRIONNING RIVOJLANISHI: Urug'lanish sodir bo'lgandan keyin, tuxum hujayra parda bilan o'ralib tinchlik davrini o'taydi. Bu davr sharoitga bog'liq bo'lib, bir necha vaqtga cho'zilishi mumkin. Masalan, g'alladoshlar va murakkabguldoshlarda bu eng qisqa vaqt bo'lib, bir necha soat davom etadi. TUXUM HUJAYRANING BO'LINISHI: Shundan keyin tuxum hujayra ko'ndalangiga ketgan to'siq bilan ikkita hujayraga, ya'ni chang yo'liga qaragan terminal va unga qarama-qarshi tomonda bazal hujayralarga bo'linadi. BOSHLANG'ICH MURTAK: Keyinchalik bu har xil bo'linadi. vakillarida bazal butguldoshlar ko'ndalangiga, hujayralar oilasining terminal hujayra uzunasiga Masalan, hujayra bo'linib, boshlang'ich murtak hosil qiluvchi hujayraga aylanadi. OKTANG HUJAYRA: Har qaysi bo'lingan terminal hujayra bir necha bor ko'ndalangiga va uzunasiga bo'linib, hamma tomoni to'rt burchak ...

Joylangan
16 Sep 2023 | 10:28:15
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.35 MB
Ko'rishlar soni
172 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:13
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Sep 2023 [ 10:28 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.35 MB
Ko'rishlar soni
172 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:13 ]
Arxiv ichida: pptx