Hujayra - tiriklikning irsiy birligi

Hujayra - tiriklikning irsiy birligi

O'quvchilarga / Botanika
Hujayra - tiriklikning irsiy birligi - rasmi

Material tavsifi

Seminar mavzusi: Biologiya darslarida fanga oid va xususiy kompetensiyalarni shakllantirish. Maktabda ta'limni tarbiya bilan yonma-yon olib borish kerak. Sh. M. Mirziyoyev. Mavzu: Hujayra-tiriklikning irsiy birligi. REJA: 1.Matritsali sintez reaksiyalari. 2.DNK-reduplikatsiyasi. 3.Hujayrada irsiy axborotning amalga oshirilishi. 4.Oqsil biosintezi. 5.Transkripsiya va translatsiya jarayonlari. Dars maqsadi: ta'limiy: o'quvchilarga matritsali sintez reaksiyalari,DNK-reduplikatsiyasi,hujayrada irsiy axborotning amalga oshirilishi,oqsil biosintezi,transkripsiya,translatsiya jarayonlari bilan tanishtirish; tarbiyaviy:o'quvchilarni Vatanga,tabiatga mehr ruhida tarbiyalash,sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etishni o'rgatish; rivojlantiruvchi: dars jarayonida mavzuga oid tarbiyaviy, ta'limiy mustaqil fikrlarni o'stirish,erkin fikrini bayon eta olishga,shaxsiy fikrini ayta olishga o'rgatish,o'quvchilarning og'zaki nutqini rivojlantirish. O'quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompotensiyalar: Kommunikativ kompetensiya: O'rganilgan ma'lumotlarni aniq va tushunarli bayon qila olish ; Nutq va muomala madaniyatiga rioya qilish; O'z pozitsiyasini himoya qila olish; Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: Axborot manbalari (internet,televizor,radio,gazeta-jurnal,telefon, kompyuter,elektron pochta)dan foydalana olish; Media vositalaridan zarur bo'lgan axborotlarni izlab topa olish,saralash va foydalanishda media madaniyatga rioya qilish. O'zini-o'zi rivojlantirish kompotensiyasi: Har qanday vaziyatda o'zini tuta bilish va o'zini nazorat qila bilish; Bilim va tajribani mustaqil ravishda oshirib borish; Ma'naviy, rihiy va intellectual kamolotga intilish. Jamiyatda bo'layotgan jarayonlarga daxldorlikni Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: His etish va ularga faol ishtirok etish; Jamiyat va oilasi manfaatlari uchun xizmat qilish,yordamga muhtojlarga sahovatli bo'lish; O'zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish va ularga rioya qilish; Milliy va umummadaniy kompetensiya: Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga e'tiqodli bo'lish; Jamoat joylarida o'zini tutish odobiga rioya qilish; Barcha insonlarga nisbatan odob-axloq bilan munosabatda bo'lish; Xalqining tarixiy,ma'naviy va madaniy merosini avaylab-asrash; Boshqa millat va elatlarning milliy va diniy qadriyatlarini hurmat qilish; Matematik savodxonlik,fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo'lish hamda foydalanish kompetensiyasi: Mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo'lish; Axborot texnologiyalaridan foydalana olish. Dars o'tish metodi va usullari: Sahna ko'rinishi , Assesment usuli, bahs-munozara, savol-javob,PISA testlaridan foydalanish. Dars jihozi: Genetik kod jadvali,DNK maketi,Oqsil biosintezi plakati,PISA test tarqatmalari,bukletlar. Test tarqatmalari. PISA Rasmda nima tasvirlangan? Rasmdagi kimyoviy reaksiyaning mohiyati nima? Fotosintezni qachon, qaysi olim organgan? Fotosintez iqtisodiy jihatdan insoniyatga qanday foyda keltiradi? Fotosintez qaysi geografik hududlarda jadal boradi? Rasmda nima tasvirlangan? Bu organoidni qachon, qaysi olim kashf etgan? Bu organoidni kimyoviy tarkibi qanday? Bir molekula glukoza uchun 18 ta ATF sarflansa, 20 molekula uchun nechta ATF kerak? Bu rasmda nima tasvirlangan? Uni kim kashf etgan? Kimyoviy tarkibini ayting? Agar nukleotidlar soni 300 ta bo'lsa uning uzunligini toping. Iqtisodiy jahatdan insoniyatga qanday foyda keltiradi? Transkripsiya (RNK sintezi). Bu jarayonda DNK matritsa hisoblanadi. Oqsil tuzilmasi to'g'risidagi axborot yadroda, DNKda saqlanadi. Oqsil sintezi esa sitoplazmada, ribosomalarda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.62 MB
Ko'rishlar soni 151 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:13 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.62 MB
Ko'rishlar soni 151 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga