Hujayra nazariyasi. Flora va fauna

Hujayra nazariyasi. Flora va fauna

O'quvchilarga / Botanika
Hujayra nazariyasi. Flora va fauna - rasmi

Material tavsifi

Hujayra nazariyasi. Flora va fauna Hujayra nazariyasi biologiya fanida eng buyuk kashfiyotlardan hisoblanadi. . 1939 yilda I.Myullerning shogirdi nemis zooligi T.Shvanning ''Hayvon va o'simliklarning o'sishi va tuzilishining munosibligiga doir mikroskopik tadqiqot'' chiqdi. Bu kitobda hujayra nazariyasining asoslari, to'qimani hujayralardan tashkil topganligi, hujayralar umumiy rivojlanishi prinsipiga ega ekanligini, har bir hujayra mustaqil rivojlanishi mumkinligini ko'rsatib o'tdi. Hujayra nazariyasi ochilgan davrdan boshlab, hujayraning mikroskopik tuzilishini o'rganish rivojlana boshladi va bu bilan sitologiya faning rivojlanishiga ham asos solindi. 1838-1839-yillarda nemis olimlari botanik M. Shleden va zoolog T. Shvann organizmlarning hujayra tuzilishi to'g'risidagi hamma to'plagan ilmiy ma'lumotlarni umumlashtirib, tahlil qilib hujayra nazariyasini yaratdilar (1-rasm). O'sha paytdagi yaratilgan hujayra nazariyasining asosiy qoidalari tubandagilardan iborat: 1. Hujayra hamma tirik organizmlarning asosiy tuzilish birligi hisoblanadi. 2. Hamma hujayralarda kimyoviy tarkibi va umumiy hayotiy jarayonlari tomondan o'xshash. 3. Hujayraning hosil bo'lishi o'simlik va hayvon organizmlarining o'sishi, rivojlanishi, takomillashishini ta'minlaydi. HUJAYRA HAQIDA MA'LUMOT Hujayralarning tuzilishi, takomillashuvi va funksiyasini o'rgatadigan fanni-Sitologiya deyiladi. Hujayra (lotincha cellula, yunoncha-cytos) deb, odam, hayvon va o'simlik organizmlarining tuzilishlarini, funksiyalari va rivojlanishlarini negizini tashkil qilgan, sitoplazma va yadrodan tashkil topgan tirik sistemaga aytiladi. Hujayralarning o'ziga xos xususiyatlari butun tirik organizmlarning hayoti davomida moddalar almashinuvida ishtirok etib, yangi hujayra hosil qilib uzluksiz yangilanib turishidir. Hayvon va odam organizmida hujayralardan tashqari hujayra oraliq modda va simplast mavjud bo'lib, simplast - hujayrasiz strukturadir. Uning tarkibida bir necha o'nlab yadrolar bo'lib, hujayraning qo'shilishidan hosil bo'lgan. Bunga ko'ndalang-targ'il mushak tolalari, yo'ldosh epiteliysining sinsitotrofoblast qavati va boshqalar kiradi. Hujayralararo modda hujayralar orasida joylashgan bo'lib, suyuq holda yoki dirildoq yoxud zich konsistensiyaga ega bo'lgan asosiy modda va turli tolalardan tashkil topgan. Odam va hayvon organizmidagi hujayralarning razmerlari va shakllari, tuzilishlari turli tuman bo'lib, ularning funksiyalariga bog'liqdir. Masalan: Epiteliy hujayralari bir-biriga yaqin plast hosil qilib joylashganligi sababli ma'lum shaklga ega, mushak hujayralari esa uzun duksimon shaklda bo'ladilar. Impuls o'tkazuvchi nerv hujayralari esa uzun-uzun o'simtalarga ega bo'ladilar. Odam va sut emizuvchi hayvonlarning hujayralari 7 mkm (mikrometr)dan 200 mkmgacha bo'ladi. Odam organizmida o'rtacha 1014 hujayralar mavjuddir. Barcha tirik organizmlar bir hujayrali va ko'p hujayralilarga bo'linadilar Har bir hujayra hujayra qobig'i (sitolemma) sitoplazma va yadrodan tashkil topgan. Himyoviy analiz orqali hujayra takibida atmosfera va yer qobig'ida keng tarqalgan moddalar borligi aniqlangan. Odam organizmining 96%- 4 xil elementlardan: uglerod, vodorod, kislorod va azotdan tashkil topgandir. Kalsiy, fosfor, kaliy va oltingugurt esa odam tanasining-3%ni tashkil qiladi. Oz miqdorda natriy, xlor, yod, temir, magniy, mis, marganes, kobalt, ruh va boshqa mikroelementlar ham bo'ladi. Hujayralarning hayotiy xususiyatlari, ularning tarkibidagi oqsilga bog'liqdir. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 854.16 KB
Ko'rishlar soni 136 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:13 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 854.16 KB
Ko'rishlar soni 136 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga