MAVZU: Ildiz anatomiyasi hamda uning birlamchi va ikkilamchi tuzilishi Nafas olmoq hamda chiqarmoq erur, Ikki ehson, buni anglamoq zarur. Biri siqar, o'zgasi yangi quvvat, Shular sabab hayot go'zaldir g'oyat. Allohga shukur de, nafas kirgan on, Shukur de nafasing chiqargan zamon. Olmon adibi Gyote DARS REJASI: 1. Ildiz zonalari va ularning vazifalari. 2. idizda doimiy to'qimalarning hosil bo'lishi 3. Ildizning birlamchi va ikkilamchi tuzilishi. Tayanch iboralar: o'q ildiz, popuk ildiz, psilofit, gipoqotil, rizoderma, asosiy ildiz, yon ildiz, qo'shimcha ildiz. ILDIZ ZONALARI: Bo'linuvchi qism Iidiz qinchasi O'suvchi qism So'ruvchi qism O'tkazuvchi qism ILDIZ QINCHASI: Ildiz zonalari. Yosh ildizning uchi yoki apeksi juda ko'p parenximatik hujayralardan tashkil topgan bo'lib, u ildiz qini bilan qoplangan. Ildiz qini yupqa po'stli tirik hujayralardan iborat. Ular uzluksiz ravishda apeks meristema yosh hujayralarining yangilanib turishidan hosil bo'ladi. Ildiz qinining tashqi hujayralari o'zidan shilimshiq modda ajratib, uchining tuproqda o'sishini osonlashtiradi. Ildiz qinining markaziy qismini kolumela deb ataladigan hujayralar tashkil etadi. ILDIZ QINCHASI: Bu hujayralarda juda ko'p kraxmal miqdorda donachalari to'planadi va ildiz apeksining tuproq zarrachalari ichida o'sishiga imkon beradi. Suvda o'sadigan o'simliklarda va parazitlik qilib yashaydigan o'simliklarning ildizida qin bo'lmaydi. BO'LINUVCHI QISM: Ildiz qinining ostida meristematik xususiyatini saqlab hujayralardan qolgan tashkil topgan bo'linuvchi zona joylashgan, uning uzunligi 1 mm. Bu zonadagi hujayralar sitoplazma bilan tig'izlangan bo'lib, unda vakuola hali shakllanmagan bo'ladi. Mikroskop ostida yosh ildizning bo'linuvchi zonasi doimo sariq rangda ko'rinadi. O'SUVCHI QISM: Bo'linuvchi zonadan keyin o'suvchi zona shakllanadi. Bu zonada ildiz hujayralari son jihatidan ko'paymaydi, ammo sitoplazmada vakuolaning paydo bo'lishi hisobiga uning hajmi yiriklashib, hujayralar bo'yiga cho'ziladi. Undagi hujayralar turgor holatda bo'lib, katta kuch bilan tuproqning mayda zarrachalarini yorib o'tish xususiyatiga ega. SO'RUVCHI ZONA: O'suvchi zona uchidagi hujayralar bir oz vaqt o'tgandan so'ng o'sishdan to'xtaydi va bu hujayralardan ildiz tukchalari hosil bo'ladi. Bu tukchalar bir necha sm uzunlikda bo'lib, tuproq zarrachalari bilan jips o'raladi. Ildizning tukchalar bilan qoplangan qismi so'ruvchi zona deb ataladi. ILDIZ TO'QIMALARINING HOSIL BO'LISHI: Ma'lum vaqt keyin tukchalar hujayralari bilan o'tgandan rizoderma birgalikda hayotchanlik xususiyatini yo'qotib quriydi. Rizoderma o'rniga qoplovchi to'qima - ekzoderma yuzaga keladi. Ular o'tkazuvchi to'qimaning floema va ksilema hujayralarini himoya qiladi. Bir (a) va ikki pallali (b) o'simliklar ildizining birlamchi tuzilishi (ko'ndalang kesimi): 1 - markaziy silindr; 2 - epiblema qildig'i; 3 - ekzoderma; 4 - mezoderma; 10 - ildiz tukchalari ILDIZ TO'QIMALARINING HOSIL BO'LISHI: Ildizning o'sish apeksidagi meristema hujayralari bo'linishni davom etib, ichki va tashqi (ildiz qini) tomonga hujayralarga ajraladi. Mana shu xususiyati bilan ildiz novdadan keskin farq qiladi. ILDIZ TO'QIMALARINING ...

Joylangan
16 Sep 2023 | 10:28:15
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.7 MB
Ko'rishlar soni
257 marta
Ko'chirishlar soni
36 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:14
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Sep 2023 [ 10:28 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.7 MB
Ko'rishlar soni
257 marta
Ko'chirishlar soni
36 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:14 ]
Arxiv ichida: pptx