Kartoshka biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi Reja: Kartoshkaning xalq xo'jaligidagi ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi va hosildorligi. Sistematikasi, biologik xususiyati va navlari Kartoshkani ekish: yerni, urug'ni ekishga tayyorlash, ekish usullari, muddati va me'yori. Kartoshka ekinini parvarish qilish va hosilni yig'ib olish. Kartoshka xalq xo'jaligida oziq-ovqat, yem-xashak va texnik ahamiyatiga ega. Kartoshka oziq-ovqat sifatida ko'p istemol qilinadigan mahsulot bo'lib, uni ikkinchi non ham deyishadi. Dunyoda 500 dan ortiq taom tayyorlanadi. Kartoshka eng ahamiyatli yemxashak o'simligi ham hisoblanadi. Sanoatda xam kartoshkadan spirt, kraxmal dekstrin, glyukoza, kauchuk va boshqa mahsulotlar olishda, xom ashyo hisoblanadi. Kraxmalligi 17,5% bo'lgan 1 t kartoshkadan 112 l spirt, 55 kg suyuq karbonot angidrid, 1500 l barda olinadi. Kartoshkani vatani Janubiy Amerika hisoblanadi, bu mintaqada kartoshka bizning eramizdan 1-2 ming yil avval ekib kelingan va uning ko'pchilik yovvoyi turlari madaniylashtirilgan. U agrotexnik ahamiyatga ega, chunki kartoshka ekilgandan so'ng tuproq begona o'tlardan tozalandi. Shu sababli u yaxshi o'tmishdosh ekin hisoblanadi. O'zbekistonda kartoshka o'tgan asrning 60 yillarida tarqaldi va asosan XX-asr boshlarida va undan keyingi yillarda ko'proq ekila boshlandi. O'zbekistonda oxirgi yillari kartoshkani ekish maydoni ancha kengaydi va 1998 yil 52,7 ming gektar yerga ekilgan. Kartoshka yuqori hosilli ekin. O'zbekiston 1998 yil O'rtacha hosildorlik 121,0 sentnerni tashkil qildi. Kartoshkaning tashqi sharoitga tez moslashishi dunyoda tez tarqalishiga va asosiy oziq-ovqat ekini bo'lishiga sabab bo'ldi. Kartoshka ituzumdoshlar oilasiga (Solanecese) oilasiga, unlab yovvoyi hamda madaniy turlarni birlashtiradigan Solanum 1 avlodiga kiradi. Ulardan Solanum tuberosum eng ko'p ekiladi. Kartoshka tabiatiga ko'ra tugunakli ko'p yillik o'simlik, lekin bir yillik ekin sifatida ekiladi, chunki uning tugunagi o'sishidan boshlab, yetilgan tuganak hosil bo'lguncha davom etadigan butun hayot sikli bir vegetatsiya davrida o'tadi. Ertagi kartoshka yer osti suvlari chuqur joylashgan tuproqlarda 7-9 marta sug'oriladi. Kechki kartoshka esa 10-12 marta sug'oriladi. Gullash davrigacha kartoshkani xar 12-15 kunda, gullash davrida 6-8 kunda sug'orish kerak. Yozda ekilgan kechki kartoshka xar 8-10 kunda sug'orilishi kerak. Kartoshkani ekish Kartoshka bir yerda surunkasiga ekilsa u sulish kasali bilan kasallanadi. Shuning uchun uni almashlab ekishda karam, bodring, qovun, tarvuz hamda ildiz mevalilardan keyin ekish kerak. Yozda ekilganda kuzgi bug'doy va arpadan keyin eqilishi kerak. Adabiyotlar: 1. X.Atabayeva, O.Qodirxujayev O'simlikshunoslik, T.Yangi asr avlodi.2006 yil (lotin alifbosida). 2. O.Mirzayev, T.Xudoyberganov Yem-xashak yetishtirish-Andijon 2003 y. 3. X.Atabayeva va boshq.O'simlikshunoslik, T.mehnat.2004 y. 4. I.Karimov bir yillik va ko'p yillik Mustaqil yurt g'allasi, T.O'zbekiston 2003 y. 5. A.Omonov, X.Bo'riyev, L.G'afurova, A.Nurbekov Bir boshoq don.T.2004 y. ...

Joylangan
16 Sep 2023 | 10:28:15
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.09 MB
Ko'rishlar soni
168 marta
Ko'chirishlar soni
23 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:15
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Sep 2023 [ 10:28 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.09 MB
Ko'rishlar soni
168 marta
Ko'chirishlar soni
23 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:15 ]
Arxiv ichida: pptx