MAVZU: Ko'knoridoshlar oilasi va Ra'nokabilar sinfchasi Reja: 1.Ko'knоridоshlar qabilasiga umumiy tavsif. 2. Ko'knordoshlar oilasining хaraktеrli хususiyatlari muhim vakillari va ahamiyati? 3. Ra'nokabilar sinfchasiga umumiy ta'rif, ularning sistematik belgilari, muhim oilalari turkum va turlari. 4. Tobulg'idoshchalar va Ra'nodoshchalar oilachalarining muhim turkum, turlari ularning ahamiyati. 5.Olmadoshchalar va Olxo'ridoshchalar oilachasining muhim turkum va turlari ularning ahamiyati. Tayanch so'zlar: Ko'knori, alkaloid, qizg'aldoq, lolaqizg'aldoq, na'matak, tobulg'i, olxo'ri,maymunjon, irg'ay, kamxastak. Ko'knornamolar qabilasi - Papavcralcs Bu qabilaning vakillari asosan bir yillik va ko'p yillik o'tlar, ba'zan buta, yarim buta yoki past bo'yli daraxtlardan tashkil topgan. Barglari yonbargsiz, novdada aksariyat navbatlashib, ba'zi hollardagina qarama-qarshi yoki halqa hosil qilib o'rnashgan. Yog'ochli naylari oddiy perforatsiyali. Gullari bittadan yoki bir nechtadan to'pgullarda o'rnashgan, ikki jinsli, aktinomorf yoki zigomorf, gulqo'rg'oni murakkab, qismlari 2-4 tadan. Gultojbarglari 6 (8-12) ta, changchilari ko'p. Ginetscyi parakarp, 2(3-20) mevabargdan tashkil topgan, tugunchasi ustki. Mevasi - ko'sak, ko'proq qo'zoqsimon ko'sak. Belgilar majmualariga ko'ra ko'knornamolar, ayiqtovonnamolarga o'rmonqoranamolarga ancha yaqin turadi. Qabila hozirgi sistemalarga ko'ra uchta: Ko'knordoshlar (Papaveraceae), Hipekoumdoshlar (Hypecoaccae), Shotaradoshlar (Fumariaccae) oilalariga bo'linadi. Ko 'knordoshlar oilasi - Papaveraceae Oilaning 24 turkumga mansub, 250 dan ziyodroq turlari bor. Shulardan O'zbekistonda 9 turkumga oid 32 turi tarqalgan. Ko'knordoshlarning aksariyati Shimoliy yarimshaming o'rta mintaqa va subtropik iqlimli hududlarida, ayniqsa O'rtayer dengizi bo'yi mamlakatlarida keng tarqalgan. Barcha turlari oddiy, navbatlashib joylashgan patsimon kesilgan bargli, ko'p yillik o't o'simliklardir. Gullari bittadan yoki bir nechtadan to'pgulda o'rnashgan. Kosacha- barglari 2 ta, gultojibarglari 4 ta, changchilari ko'p, ginetseyi bitta, mevabarglari ko'p. Mevasi ko'sak yoki yong'oqcha. Ko'knordoshlar oilasi gul tuzilishi, mevasining xillari va sutsimon suyuqligining bor-yo'qligiga asoslanib 4 ta kichik oilaga bo'lib o'rganiladi. Ko'knordoshlarning markaziy oilachasi ko'knordoshchalardir. Uning 8 ta turkumi mavjud, shundan O'zbekistonda 2 ta yovvoyi va bitta madaniy turkumi tarqalgan. Ko'knor (Papaver) turkumi Ko'knor (Papaver) turkumining vakillari oq sutsimon shirali, bir yillik, ko'p yillik silliq yoki tukli o'tlar. Barglari deyarli butun yoki patsimon qirqilgan. Ba'zan g'unchasi 2 pixli. Gullari bittadan joylashgan, kosachabarglari 2 ta, gullash oldidan tushib ketadi; Gultojibarglari 4-6 ta, oq-pushti, sariq yoki qizil, changchi va urug'chilari ko'p. Mevasi dumaloq, cho'ziq tuxumsimon bir xonali ko'sak. Yer sharida turkumning 110 turi, O'zbekistonda 5 turi bor. Yovvoyi turlaridan keng tarqalgani lolaqizg'aldoq, qizil gulli ko'knor (P. pavonium)dir. U poyasi oddiy yoki asosidan shoxlangan, etli, 10- 40 sm uzunlikdagi poya va barglari dag'al qilsimon tukli bir yillik o't. Yopirma barglari uzun bandli, 2 karra patsimon qirqilgan, poyadagi barglari deyarli bandsiz. Gultojibarglari to'q qizil, asosi yoysimon qora dog'li, uzunligi (15)-25-45 mm. Ko'saklarining uzunligi 5-10 mm, eni 4-8 mm, dumaloq, ...

Joylangan
16 Sep 2023 | 10:28:15
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.75 MB
Ko'rishlar soni
219 marta
Ko'chirishlar soni
31 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:15
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Sep 2023 [ 10:28 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.75 MB
Ko'rishlar soni
219 marta
Ko'chirishlar soni
31 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:15 ]
Arxiv ichida: pptx