Mavzu: Koleusni qalamchasi va urug'idan ko'paytirish usullari Xona gullari o'zining jozibadorligi bilan insonlarni doimo o'ziga jalb qilib kelgan. Shulardan biri barglari tabiiy bezalgan koleus(koleuc)dir. Bu gul rangi, tusini o'zgartirgani uchun noyob o'simlik sifatida xonadonlarda ko'paytirilib o'stiriladi. Bitta bargning o'zi qizil, sariq, pushti va binafsha ranglarga kirishi mumkin. Koleus barglari poyada qarama-qarshi, barg mozaikasiga amal qilgan holda joylashadi. Poyasi to'rtburchak tuzilishga ega, mo'rt va tez sinuvchan. Koleusni tabiatda 60 ga yaqin turi bo'lib, ularning hammasi madaniy koleus Blyume'dan ko'paytirilgan. Koleus namlik va yorug'lik sevuvchi gul, lekin kunning issiq paytida tik quyosh nurlari yomon ta'sir ko'rsatadi. +15°C dan past haroratda o'sishi va rivojlanishi sekinlashadi yoki butunlay to'xtaydi. Yoz faslida tuproq namligi doiumiy saqlanishi kerak. Shuning uchun har kuni yoki namligiga qarab bir kunda ikki martadan sug'orib turiladi. Yoz kunlari asosan kechki payt sug'oriladi va barglariga suv purkaladi. Qish faslida esa kamroq, asosan kechki payt sug'oriladi. Ozuqaviy o'g'itlantirishni unchalik ko'p talab qilmaydi. Koleusni urug'idan ko'paytirish Koleus urug'idan va qalamchasidan ko'paytiriladi. Koleus ekiladigan tuproq tarkibi yengil bo'lishi kerak. Urug'idan mart oyida ko'paytiriladi. Qutichalarga ekilgan urug' +24-25° C bo'lgan haroratda o'stiriladi. Koleusni urug'idan ko'paytirish Qulay sharoit yaratilganda koleus urug'idan 10-14 kunda ko'karib chiqadi. Ko'karib chiqqan ko'chatlarning o'sishi uchun qulay harorat 16-18° C ni tashkil qiladi. Ko'chatlar yorug' tushib turadigan joyga qo'yiladi. Koleusni qalamchasidan ko'paytirish Koleusni qalamchasidan ko'paytirish yilning xohlagan vaqtida amalga oshirilishi mumkin. Faqat haddan ortiq issiq bo'lgan yoz kunlarida ko'paytirilgan qalamchalarni ildiz olishi qiyin kechadi. Koleusni qalamchasidan ko'paytirish uchun avvalo qalamcha ko'chiriladigan idish-stakanchalar tayyorlanadi. Buning uchun ikki hissa bog' tuprog'I bilan maxsus o'ralarda tayyorlangan-chiritilgan hayvon go'ngi hamda paxta tozalash zavodlaridan chiqadigan chiqindilardan tayyorlangan bir hissa gumus aralashtiriladi. Stakanlar o'rtacha zichlikda aralashma bilan to'ldiriladi. Stakanchalarga ekilgan ildizlamagan qalamchalar(o'ngda) va ildizlagan va yangi barglar chiqargan qalamchalar(chapda). Koleusni qalamchasini ekish uchun stakanchalarni tayyorlash Agar stakanlar zich qilib to'rdirilsa, tuproq orasiga suv kirishi qiyinlashadi. Stakanlar tagi ochiq bo'lganligi uchun ularni g'ovak to'ldirish yaramaydi. Aralashma bilan to'ldirilgan stakanlar qutichalarga joylanadi va ustidan leyka yordamida sug'oriladi. Sug'orish har o'n daqiqadan uch marta takrorlanadi. Shu tariqa sug'orilgan stakanlarga qalamchalarni ko'chirib o'tqazish anchayin oson va qulaydir. Qalamchalar ona o'simlikdan juda ehtiyotkorlik bilan o'tkir pichoq yordamida kesib olinadi. Koleus qalamchasini ekish uchun tayyorlangan stakanchalar Koleusni qalamchasini stakanchalarga ko'chirish uchun tayyorlash Qalamchalar 10-12 sm uzunlikda asosan o'simlikning o'suvchi uchki qismlaridan kesib olinadi. Qalamchada endigina rivojlanayotgan bargchalar va ikkita bo'gimda joylashgan to'rtta barg qoldiriladi. Bu qalamchalar ekib bo'linganidan keyin yana ustidan leyka yordamida yengil sug'oriladi va shu joyda biroz muddat qoldiriladi. Taxminan 20-30 daqiqadan keyin ...

Joylangan
16 Sep 2023 | 10:28:15
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.06 MB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:15
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Sep 2023 [ 10:28 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.06 MB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:15 ]
Arxiv ichida: pptx