MAVZU: Magnоliyatoifa bo'limi (Magnoliophyta) Mavzu: Magnоliyatoifa bo'limi (Magnoliophyta). Reja: 1. Magnоliyatoifa bo'limiga umumiy tavsif. Gulli o'simliklar klassifikatsiyasi. 2. Magnoliyadoshlar oilasi vakillarining tuzilishi, ularning o'ziga xos bo'lgan vakillari. 3. Lavrnamolar va Nilufarnamolar qabilasiga umumiy ta'rif, ularning muhim turkum va turlari tuzilishi hamda ahamiyati. Tayanch so'zlar: Sistema, magnoliya, lola daraxti, lavr, nilyufar. 1. Magnоliyatoifa bo'limiga umumiy tavsif. Gulli o'simliklar klassifikatsiyasi. Ba'zi ilmiy adabiyot va darsliklarda bu bo'lim urug'chili yoki ginetseyli osimliklar deb ham yuritiladi. Magnoliyatoifalar deb atalishi esa so'nggi yillarda (A.L.Taxtadjan, 1966, 1980, 1987, 1997) qabul etilgan, gulli o'simliklarning kelib chiqishi va klassifikatsiyasi sohasidagi yangi ilmiy dalillarga asoslangan. Magnohyatoifalar tanasining murakkab tuzilganligi, jinsiy ko'payishining o'ziga xosligi (gulning bo'lishi), turlar sonining va turlicha muhit sharoitiga moslanuvchanlik imkoniyatlari juda katta bo'lganligi tufayli Yer sharida keng tarqalganligi bilan yuksak sporalilar va ochiq urug'li o'simliklardan keskin farq qiladi. Magnoliyatoifalarning muhim belgilari: Magnoliyatoifalar yoki gulli o'simliklar boshqa yuksak o'simliklardan vegetativ a'zolarining o'ta murakkab tuzilganligi bilan ajralib turadi. Ildizlari o'q ildiz, qo'shimcha ildizlaridan shakilangan popuk ildiz sistemasi, havodan nafas oluvchi va tayanch ildizlari bo'ladi. Novdalari juda xilma-xil tuzilishga ega yog'ochlangan o't, ko'p yillik, bir yillik, o'sish shakliga ko'ra: tik, yotib o'suvchi, sudraluvchi, chirmashuvchi, ilashuvchi, o' raluvchi; ko' ndalang kesimi - doira, to'rt qirrali, uch qirrali, yassi va hokazo. Poya va novdalarida turli shaki o'zgarishlar kuzatiladi (tikanlar, ildizpoyalar, piyozboshlar, tuganaklar). Ba'zan poyalari rivojlanrnagan va barglari ildiz bo'g'zi atrofida g'uj bo'lib o'rnashgan (qoqio't, zubturum). Barglarining tuzilishi va shakllari nihoyatda xilma - xil. Ular bandli, o'troq, qinli, yonbargchali, oddiy, murakkab, butun, turli darajada kesilgan, bo'lakli; tomirianishi patsimon, to'rsimon, parallel, yoysimon; si iiq, tukli, tikanchalarga aylangan (zirk, bo 'ztikan, kaktuslar, qushqo'nmas). Ba'zan barglar juda qisqargan tangachalar ko'rinishida yoki butunlay yo'q (saksovul, qandim, zag'oza va boshqalar). Bularning barchasi o'simlik turlarining yashash muhitiga moslashish uchun kurashining natijasi bo'lib, evolutsion jarayonda paydo bo'lgan xususiyatlardir. Magnoliyatoifalarning boshqa yuksak o'simliklardan farq qiladigan eng asosiy belgisi ularda maxsus jinsiy (generativ) ko'payish organi - gulning bo'lishidir. Barcha yuksak o'simliklardagidek ularning taraqqiyot siklida ham ikki faza (bosqich) mavjud: sporofit (diploid, jinssiz) va gametofit (gaploid, jinsiy). Tomchi suvli muhitga bog'liq bo'lmagan tarzda bu ikkala bosqich almashinib, gallanib sodir bo'ladi. Gul - metamorfozlangan poya va barglar kombinatsiyalaridan iborat bo'lib, poyaning kurtagi - g'unchadan rivojlanadigan generativ organdir. Gul tuzilishidagi quyidagi o'ziga xos belgilar magnoliyatoifalarni boshqa yuksak o'simliklardan keskin ajratib turadi: 1. Urug'kurtaklar urug'chi tugunchasining ichida yopiq holda joylashgan. 2. Chang donachalari to'g'ridan - to'g' ri urug' kurtak mikropilesiga emas, balki urug'chining tumshuqhasiga tushadi va o'rnashadi. 3. Gametofitlar juda qisqargan. 4. Qo'shaloq urug'lanish sodir ...

Joylangan
16 Sep 2023 | 10:28:15
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.61 MB
Ko'rishlar soni
159 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:15
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Sep 2023 [ 10:28 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.61 MB
Ko'rishlar soni
159 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:15 ]
Arxiv ichida: pptx