Jo'xorini etishtirish texnologiyasi Reja: O'tmishdosh, yerni tayyorlash,ekish Ekinlarni parvarishlash Jo'xorini xalq xo'jaligidagi ahamiyati Jo'xori eng muhim donli o'simliklardan hisoblanib, oziq-ovqat, em-xashak, texnik va agrotexnik ahamiyatga ega. Jo'xori donidan un tayyorlanadi. Lekin uni unidan yuqori sifatli non bo'lmaydi. Huning uchun jo'xori uniga 30-50% bug'doy uni qo'shib non tayyorlanadi. Jo'xorini poyasi mollarga ko'k xolicha beriladi. Undan xashak va donining sut-mum pishish davrida o'rilganda sifatli silos tayyorlanadi. Jo'xori o'rilgandan so'ng, yangi bachki poyalar hosil qilish xususiyatiga ega, shu sababli u bir yilda ikki marta bazan uch marta o'rim beradi. Oqjo'xorini texnik ahamiyati shundan iboratki, uning donidan spirt va kraxmal olinadi. Qandli navlarning poyasidan shinni, supurgisimon navlaridan esa xo'jalik supurgisi va schetkalar tayyorlanadi. Nixoyat jo'xori agrotexnika ahamiyatiga xam ega, u qurg'oqchilikka va tuproq ho'riga chidamli o'simlik hisoblanadi. Uni takroriy ekin sifatida ekish mumkin. Chopiq talab o'simlik bo'lganligi uchun boshqa ekinlar bilan almashlab ekiladi. Oqjo'xori juda qadimgi o'simlik, u okvaterli Afrikadan kelib chiqqan. hozirgi vaqtda xam bu yerda oqjo'xorini yovvoyi turlarini uchratish mumkin. Jo'xorini etishtirish texnologiyasi A) Jo'xorini almashlab ekishdagi o'rni, o'g'itlash va yerni ekishga tayyorlash. Jo'xori maysa hosil qilgandan so'ng biologik o'sish davrida juda sekin o'sadi va begona o't ko'payib ketadi. Sekin o'sish davri 30-40 kun davom etishi mumkin. Shuning uchun jo'xori begona o'tlardan toza bo'lgan erlarni xoxlaydi. Unga o'tmishdosh ekin sifatida kuzgi donni o'simliklar va don-dukkakli o'simliklar hisoblanadi. Lekin jo'xorini xar qanday ekindan bo'shagan yerga ekish mumkin. Takroriy ekin sifatida kuzgi donli ekinlardan keyin ekiladi. Jo'xori ekiladigan erlarga organik va mineral o'g'itlar beriladi. Yerni kuzda shudgorlash oldidanuning xar gektariga 15-20 tonnadan chirigan go'ng solinadi. Tuproqning unumdorligiga qarab xar gektar jo'xori ekiniga yil davomida 100- azot, 100- fosfor va 50- kaliy o'g'itlari beriladi. Jo'xori qanday maqsadlarda foydalanish uchun ekilganligiga qarab azot va fosfor miqdorini ko'paytirish yoki kamaytirish mumkin. Agar jo'xori don uchun ekilgan bo'lsa, fosfor o'g'iti miqdorini ko'paytirib, azot o'g'iti miqdorini kamaytirish, aksincha jo'xori ko'k poya uchun ekilgan bo'lsa azot miqdorini ko'paytirish mumkin. Jo'xori begona o'tlardan toza bo'lgan erlarni xoxlaydi. Jo'xori ekish uchun yer kuzda 27- chuqurlikda chimqirqarli plug yoki ikki yarusli plug yordamida shudgor qilinadi. Erta bahorda tuproqda nam saqlash maqsadida shudgor borana qilinadi. Ekishdan oldin xam borona va so'ngra mola bosiladi. B) Jo'xorini ekish: ekish muddatlari, urug' ni ekishga tayyorlash, ekish usullari va me'yori. Jo'xori makkajo'xoriga nisbatan kechroq yani tuproq harorati 13-150 issiqlikka etganda ekiladi. O'zbekistonni janubiy viloyatlarida jo'xori mart oylarining oxiri aprel oyining boshlarida ekiladi. Himoliy hududlarda may oyining boshlarida ekiladi. O'zbekistonning markaziy tumanlarida aprel oyining ikkinchi yarmida ekiladi. Jo'xori ekishda ...

Joylangan
16 Sep 2023 | 10:28:15
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx, pptx
Fayl hajmi
2.17 MB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:15
Arxiv ichida: docx, pptx
Joylangan
16 Sep 2023 [ 10:28 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx, pptx
Fayl hajmi
2.17 MB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:15 ]
Arxiv ichida: docx, pptx