Mog'or zamburug''lari, drojja va viruslar Reja: Filtrlanuvchi viruslar Mog'or zamburug''larining sistematikasi Drojjalar Filtrlanuvchi viruslar Filtrlanuvchi viruslarning o'lchami xaddan tashqari maydaligiga qaramay ularning inson, hayvon, o'simlik va bakteriyalar hayotidagi roli katta. Ularning keltiradigan zarari ham katta. Ular gripp, chechak, entsefalit, qutirish, qizamiq, poliomielit, rak, spid va boshqa yuqimli kasalliklarni keltiradi. Viruslar hayvonlarda oqsim (yashur), vabo va boshqa kasalliklarni, o'simliklarni zararlab tamaki, garimdori mozaikasi, tarvuz, no'xot va boshqa foydali o'simliklarning kasalligini keltiradi. Birinchi bo'lib filtrlanuvchi viruslar D.I. Ivanovskiy tomonidan 1892 yilda ochilgan. D.I. Ivanovskiy bakterial filtrdan o'tgan mikroorganizmlarni filtrlanuvchi viruslar deb atagan. Bu ixtirodan keyin o'nlab viruslar ochilgan va filtrlanuvchi so'z o'z-o'zidan qolib ketgan. Viruslarning shakli va kattaligi xilma xil. Ular yumaloq, tuxumsimon cho'ziq, ko'pburchakli va tayoqchasimon bo'lishlari mumkin. Viruslarning kattaligi ko'ndalangiga 5 dan 800 mkm gacha bo'ladi. Mog'orlar faqat havo bor joyda rivojlanadi. Shuning uchun mog'orlar substrat yuzasida o'sadi. Masalan yog', non, choy, murabbo va boshqa mahsulotlar yuzasida o'sadilar. Ko'pchilik mog'orlar ferment, organik kislota, antibiotik, vitamin va xoka'zolarni olishda qo'llanadi. Rokfor va yashil pishloqlarni olishda ham mog'orlar ishlatiladi. Ko'pchilik mog'orlar oziq-ovqat, yog'och, sanoat mollarini aynitadi. Mog'orlarning sporalari yuzlab va minglab havoda uchib yuradi. Mog'orlarning sporalari namlangan mahsulotlarga tushib, o'sib, rivojlanib, mahsulotni aynitadi. Mog'or zamburug'lari turli ko'payish usullari bilan ajralib turadi. Ko'pincha ular sporalari bilan ko'payadilar. Spora o'sib, gifa hosil qilib, shoxchalanib ketadi. Ammo mitseliydan uzilgan har bir qismidan ham mog'or o'sib rivojlanaveradi. zamburug''ning bu sinfiga ikki xivchinli zoosporalar yordamida jinsli va jinssiz ko'payadigan suvda va tuproqda yashaydigan shakllari kiradi. Bir hujayrali ko'p yadroli, mitseliysi yaxshi rivojlangandir. Ular obligat parazitlar bo'lib, butun rivojlanish sikli yuqori o'simliklar tanasida o'tadi. Yaxshi rivojlangan bir hujayrali, jinsiy va jinssiz yo'l bilan ko'payadigan, taraqqiy etgan tuproq zamburug''laridir. Ular zoosporalar hosil qilmaydilar. Jinsiy ko'payish sporangiylarda hosil bo'ladigan sporangiospora yordamida amalga oshadi. Gurkirab o'sayotgan mitseliydan vertikal holda sporangiy tanachasi o'sib chiqadi va unda yuzlab va minglab sporangiosporalar etiladigan sporangiy hosil bo'ladi. Zigomitsetlar (zygomycetes) Bazidiomitsetlar zamburug''larning yuqori taraqqiy etgan guruhi hisoblanadi. Ko'p hujayrali mitseliysi bo'lib, jinsiy ko'payishda bazidiosporalari mavjud bazidiyalar xizmat qiladi. Bir hujayrali bazidiyalarda to'rtta kalta o'simtalar - sterigmalarda bir donadan bazidiosporalar joylashgan bo'ladi. Ularning zigotasi kattalashib, tugnog'ichsimon hujayra bazidiyani hosil qiladi. Bazidiyalarning yuqori uchida ingichka o'simtalar-sterigmalar paydo bo'lib, yadrolar esa ularga o'tadi. Voyaga etgan bazidiya ichida 4 ta bazidiospora mavjud. Qorakuya zamburug''lari gulli o'simliklar, ayniqsa boshoqli ekinlarni zararlovchi zamburug''lar katta iqtisodiy zarar etkazadilar. Qorakuya zamburug''lari o'simliklarni barcha rivojlanish bosqichlarida zararlay oladi. Drojjalar tabiatda keng tarqalgan, bir hujayrali harakatlanmaydigan organizm. Ular tuproqda, mevalarda ayniqsa pishib ketganlarida, o'simliklar barglarida uchraydi. ...

Joylangan
16 Sep 2023 | 10:28:15
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.33 MB
Ko'rishlar soni
184 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:16
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Sep 2023 [ 10:28 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.33 MB
Ko'rishlar soni
184 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:16 ]
Arxiv ichida: pptx