Novda va kurtak haqida umumiy tushuncha

Novda va kurtak haqida umumiy tushuncha

O'quvchilarga / Botanika
Novda va kurtak haqida umumiy tushuncha - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Novda va kurtak haqida umumiy tushuncha. «Ilm - dunyoning izzati, oxiratning sharofatidur. Ilm inson uchun g'oyat oliy va muqaddas bir fazilatdur. Zeroki, ilm bizga o'z ahvolimizni, harakatimizni oyina kabi ko'rsatur. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o'tkur qilur Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidur». Abdulla Avloniy DARS REJASI: Novda haqida umumiy tushuncha. kurtak va uning tuzilishi, turlari. Tayanch iboralar: novda, kurtak, generativ novda, vegetativ novda, metamer, tepa kurtak, novda sistemasi, ekzogen va endogen kurtaklar. Novda yuksak o'simliklarning asosiy o'suv organi hisoblanadi. Odatda novda rivojlanishi ontogenezdan, dastlabki davridan boshlab apekal meristemadan hosil bo'ladi. U poya, barg va kurtaklarga ajraladi. Novda o'sish xususiyatiga ega. NOVDA VA UNING TURLARI: NOVDA VA UNING TURLARI: Rivojlanishning dastlabki ya'ni urug'ning o'simta hosil O'simtalarda barglari va davrida, unishidan bo'ladi. urug'palla birinchi chin barglar orasidan poyacha taraqqiy etadi. Poyaning eng uchida bargchalar orasida o'sish nuqtasi (apeks) bo'lib, undan novda, ya'ni poyaning bir o'suv davrida o'sib chiqqan bargli va kurtakli qismi (bir yillik novda) rivojlanadi. Rivojlanishning keyingi bosqichlarida har bir novda apekal meristemadan, ya'ni uchki kurtaklarning rivojlanishidan vujudga keladi. Demak, kurtak boshlang'ich novda bo'lib, u o'sish va rivojlanish xususiyatiga ega. NOVDA VA UNING TURLARI: O'simliklarning eng tartib novdasi boshlang'ich asosiy birinchi poyachaning o'sishidan hosil bo'ladi, keyinchalik uning yon kurtaklardan ikkilamchi, undan uchlamchi tartib novdalar hosil bo'ladi. NOVDA VA UNING TURLARI: Hozirgi zamon morfologlari novdaga uchki (apeks) meristemadan hosil bo'ladigan yaxlit bir organ sifatida qarashadi. NOVDA VA UNING TURLARI: Novda ancha murakkab tuzilishga ega, chunki u rivojlanishning dastlabki davridan boshlab, poya, barg va kurtaklarga ajralgan. Novdalar o'suvchi va generativ bo'ladi. NOVDA VA UNING TURLARI: O'suvchi novdalarning bo'g'in oralig'i uzun bo'lib, har tomonlama o'sish qobiliyatiga ega, ular havo orqali oziqlanadi, ammo bundan tashqari boshqa funksiyani ham bajarishi, hamda turli metamorfozaga uchrashi mumkin. NOVDA VA UNING TURLARI: O'rta Osiyo cho'llarida, masalan, qumli cho'llarda oqsaksaul, qorasaksaul, juzg'un, qizilcha yoki barjoq, qulanquyruq kabi o'simliklar novdasidagi barglari juda ham mayda qipiqchalar shaklida yoki butunlay reduksiyalangan bo'lib, assimilyatsiya funksiyasini yosh novdalar bajaradi. Bunday novdalarning xlorenxima to'qimalarida xlorofill ko'p bo'ladi. NOVDA VA UNING TURLARI: Reproduktiv yoki generativ (lot. g ye n . r a s i o - tug'ilish, kelib chiqish) novdalarning bo'g'im oralig'i qisqa bo'lib gul va mevalarni tutib turuvchi organ vazifasini bajaradi. Unda assimilyatsiya etuvchi yashil barglar juda kam bo'ladi. NOVDA VA UNING TURLARI: Novdaning eng xususiyatli belgisi shundan iboratki, birinchidan, u bo'g'imlarga ajralgan, ikkinchidan esa, har qaysi bo'g'imda bitta, ikkita yoki bir necha barglar joylashadi. Shu xususiyati bilan novda, ildizdan keskin farq qiladi. NOVDA VA UNING ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.51 MB
Ko'rishlar soni 227 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:17 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.51 MB
Ko'rishlar soni 227 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga