MAVZU: O'simlik urug'larining tuzilishi Buyuk shaxslar go'zal nutqlar vositasida emas, o'z mehnatlari va ularning natijalari orqali shakllanadi. Albert Enshteyn DARS REJASI: Urug'larning paydo bо'lish 2. Ikki va bir urug'pallali о'simliklarning urug'larini tuzilishi 3. Urug'larning unib chiqishi, maysalarning tuzilishi. Tayanch kleoptil, nutsellus. iboralar: gipokotil, murtak, endosperm, urug', еpokotil, apomiksis, spermiy, URUG' VA UNING AHAMIYATI: Urug' yopiq urug'li o'simliklarning jinsiy ko'payishi natijasida urug'kurtak megasporangiyi (yunon. megas - spora; ageyon - nay)dan hosil bo'ladi va ko'payish organi hisoblanadi. OCHIQ URUG'LILAR URUG'I: Ochiq urug'li o'simliklarning urug'lari makrosporangiy (yunon. m a k r o s - katta; spora - urug'; a g e y o n - nay) larning tubida joylashgan urug'kurtakdan o'sib rivojlanadi. Bularning urug'i tuguncha devori bilan himoya qilinmasdan ochiq holda o'rnashgan. APOMIKSIS: Ba'zan, urug' jinsiy hujayralar qushilmagan holda, urug'lanmagan tuxum hujayralardan ham vujudga keladi. Bu hodisaga apomiksis (yunon. ap o - inkor, aks; m i k s i s - aralashish, qorishish) deb ataladi. URUG' MORFOLOGIYASI: Urug'lar shakli, katta-kichikligi, rangi va ichki tuzilishi jihatidan bir-biridan keskin farq qiladi. Urug'larning shakli yumaloq, disksimon, ellipssimon, uzunchoq va hokazo. URUG' MORFOLOGIYASI: Eng kichik urug'lar aroiddoshlar oilasining vakillarida va tekinxo'r o'simliklar (masalan, shumg'iya)da uchraydi. Bularning urug'lari juda ham kichkina, shuning uchun ularni oddiy ko'z bilan ko'rish qiyin. URUG' MORFOLOGIYASI: Urug'larning usti silliq, yaltiroq, g'adir-budur bo'lishi mumkin. O'simliklar ontogenez rivojlanishida urug' - ularning embrionlik (yunon. e m b r i o n - murtak) davri hisoblanadi. URUG' TUZILISHI: Urug' asosan 1-2 qavat integument (lot. i n t y g u m e n t u m - qoplama) urug'kurtak qobig'i, nusellyus (lot. yong'oqcha - kurtak mag'zi)ni o'rab turuvchi po'st bilan qoplanadi. U urug'langandan so'ng urug' po'stiga aylanadi. URUG' TUZULISHI: Gulli о'simliklar urug'i, odatda murtak, endosperm yoki perisperm va urug' pо'stidan tashkil topadi. POLIEMBRIONIYA: Ba'zan bir urug'da ko'p murtak yetilishi mumkin. Bu hodisaga poliembrioniya (yunon. poli - ko'p; embrion - murtak) deb ataladi. POLIEMBRIONIYA: Ko'p murtaklilik ochiqurug'lilar, orxideyaguldoshlar, piyozdoshlar va murakkabguldoshlar oilasi vakillarida uchraydi. Orxideya guli URUG' PO'STI: Urug po'sti yoki perikarpiy (yunon. p y e r i - atrofda, k a r p o s - meva) urug'kurtak tugunchasining qo'shilib o'sishidan hosil bo'ladi. Odatda u ko'p qavatli va pishiq. URUG' PO'STI: Uning asosiy vazifasi, murtakni har xil ta'sirlardan - qurib qolishdan, muddatidan oldin unishdan va mikroorganizmlardan himoya qilishdir. URUG'NING TUZILISHI: Urug' o'simtalari ko'pincha mikropile (yunon. mikros - kichik; p i l ye - teshik, tirqish) yoki urug' yo'liga yaqin joylashadi va karunkula (lot. k a r u ...

Joylangan
16 Sep 2023 | 10:28:15
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.94 MB
Ko'rishlar soni
143 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:18
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Sep 2023 [ 10:28 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.94 MB
Ko'rishlar soni
143 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:18 ]
Arxiv ichida: pptx