O'simliklar jamoasi. Ekologik guruhlar. O'simliklarda kuzatiladigan mavsumiy o'zgarishlar

O'simliklar jamoasi. Ekologik guruhlar. O'simliklarda kuzatiladigan mavsumiy o'zgarishlar

O'quvchilarga / Botanika
O'simliklar jamoasi. Ekologik guruhlar. O'simliklarda kuzatiladigan mavsumiy o'zgarishlar - rasmi

Material tavsifi

MAVZU: O'simliklar jamoasi. Ekologik guruhlar. O'simliklarda kuzatiladigan mavsumiy o'zgarishlar Reja: 1.O'simliklar jamoasi haqida umumiy tushuncha. 2. Ekologik guruhlar. O'simliklarda kuzatiladigan mavsumiy o'zgarishlar haqida ma'lumot. 3.O'simliklarda kuzatiladigan mavsumiy o'zgarishlarning inson hayotidagi o'rni. FITOTSENOZ-o'simliklar jamoasi -nisbatan bir xil sharoitda bir-biriga moslashib, jamoa bo'lib yashaydigan o'simliklar majmui. Har bir fitotsenoz o'ziga xos tarkib va tuzilmaga ega. Fitotsenozni tashkil qiluvchi o'simliklar o'z hayot faoliyatida muhitga katta ta'sir ko'rsatadi va uni o'zgartira oladi. Har xil o'simlik guruhlarining fitotsenozdagi roli bir xil emas. O'simliklar tashqi muhitdan o'zi uchun zarur bo'lgan moddalarni o'zlashtiradi, tashqi muhitga esa moddalar almashinuvi mahsulotlarini chiqaradi, fitotsenoz tuprog'i va uning sirtida o'simlik qoldiqlari chirib, tuproq tarkibini o'zgartiradi; o'simliklar va transpiratsiya ta'sirida o'ziga xos fitoiqlim hosil qiladi. Fitotsenoz biotsenoz va biogeotsenozning eng faol qismi hisoblanib, quyosh energiyasi va atmosferadagi azotni o'zlashtiradi; hayvonlar bilan birgalikda energiya o'zgarishi va moddalarning aylanish jarayonlarida qatnashadi. Fitotsenoz organik moddalarning asosiy yaratuvchisi bo'lib, geterotrof organizmlar, shu jumladan, inson uchun oziq moddalar va energiya manbai hisoblanadi. Fitotsenoz doimiy bo'lmasdan uning tarkibi va tashqi ko'rinishi yillar va yil fasllari davomida o'zgarib boradi. Natijada bir xil turlar o'rnini boshqalari egallaydi. Bir fitotsenoz boshqasi bilan almashinadi ya'ni suksessiya ro'y beradi. Fitotsenoz haqidagi ta'limot fitotsenologiya deyiladi. O'simliklarning ekologik guruhlari va hayot shakllari Namlikka nisbatan o'simliklarning asosiy ekologik guruhlari quyidagicha: 1. Gidrofitlar- bu guruhga suvda o'sadigan va erkin so'zib yuradigan yoki suvning tagiga ildizlar yordamida birikkan o'simliklar kiradi. Bular suv o'simliklari hisoblanib, ular butunlay yoki bir qismi suvda botib turuvchi o'simliklardir. Ularga barcha suv o'tlari, nufar, g'ichchak, lotos, suv ayiqtovoni, buldurudo't, o'qbarg, elodeya, ryaska, qo'g'a va boshqalar kiradi. 2. Gigrofitlar- bu guruhga yer- havo muhitiga moslashgan, tanalari qismi suvga botgan holda o'suvchi o'simliklar. Gigrofitlar suvni tez parlanib ketmasligiga qarshi maxsus moslamalarga ega emas. Gigrofitlar suvi etarli bo'lgani uchun anatomik tuzilishida gidrofitlarga o'xshab ketadi - hujayra orasida bo'shliqlarning bo'lishi, havo bo'shliqlarini bo'lishi, lekin mexanik to'qimalarning yaxshi taraqqiy qilganligi bilan, o'tkazuvchi bog'lamlarning yaqqol ko'rinishi bilan farq qiladi. 3. Mezofitlar- guruhiga kiruvchi o'simliklar gigrofitlar bilan ksyerofitlar oralig'idagi organizmlardir. Mezofitlarning ildiz sistemasi yaxshi rivojlangan, barglari yirik, yassi, yumshoq, etsiz, to'qimalari o'rtacha rivojlangan. Barg eti bulutsimon va ustunsimon to'qimalarga ajralgan. Barglar ko'pincha tuksiz, og'izchalari, odatda, bargning ostki tomonida joylashgan. 4. Kserofitlar - guruhiga kiruvchi o'simliklar dasht, yarim cho'l va cho'llarda tarqalgan. Ular qurg'oqchilikka chidamli, ko'p yillik, dag'al barglari kuchli reduksiyalashgan yoki tikanlarga, tangachalarga aylangan, qalin kutikula qavati va yaxshi rivojlangan mexanik to'qimaga ega. Bu xildagi o'simliklarga betaga, chalov, shuvoq, saksovul, yantoq va boshqalar kiradi. Kserofitlar quyidagi guruhlarga bo'inadi: Sukkulentlar tanasi sersuv, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 27.79 MB
Ko'rishlar soni 224 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:19 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 27.79 MB
Ko'rishlar soni 224 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga