O'simliklarning sporalar yordamida ko'payishi

O'simliklarning sporalar yordamida ko'payishi

O'quvchilarga / Botanika
O'simliklarning sporalar yordamida ko'payishi - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: O'simliklarning sporalar yordamida ko'payishi Garchi shuncha mag'rur tursa ham, Piyolaga egilar choynak. Shunday ekan, manmanlik nechun, Kibru havo nimaga kerak? Kamtarin bo'l, hatto bir qadam O'tma g'urur ostonasidan. Piyolani inson shuning-chun O'par doim pesxonasidan. Erkin Vohidov DARS REJASI: O'simliklarning jinssiz ko'payishi xillari. O'simliklarda jinsiy ko'payish. Nasllar gallanishi va ularning ahamiyati. Tayanch iboralar: jinsiy ko'payish, jinssiz ko'payish, spora, zoospore, mitospora, meyospora, sporangiy, gameta, xologamiya, izogamiya, anizogamiya. JINSSIZ KO'PAYISH: Jinssiz ko'payish tuban va yuksak sporali o'simliklar (suvo'tlar, zamburug''lar, moxlar va paporotniklar)ning hayotida uchraydi. Jinssiz ko'payish maxsus hujayra spora yoki zoospora yordamida sodir bo'ladi. JINSSIZ KO'PAYISH: Sporalar Zoosporalar Spora va zoospora ona hujayra ichida mitoz yoki meyoz - reduksion (lot. r e - yangitdan: p r o d u k s i o - mahsulot) yo'l bilan bo'linadi. Shuning uchun spora va zoosporalar doimo gaploid (yunon. x a p l o s - oddiy), ya'ni toq sonli xromosomaga ega bo'ladi. JINSSIZ KO'PAYISH: Mitoz yo'li bilan hosil bo'lgan sporalarni mitospora deb ataladi. JINSSIZ KO'PAYISH: SPORANGIY: Spora sporangiy (yunon. angeon - nay), ya'ni maxsus xaltacha ichida hosil bo'ladi. SPORANGIY: Sporangiy bir hujayrali va ko'p hujayrali bo'lishi mumkin. Bir hujayrali sporangiy tuban o'simliklarda, ko'p hujayrali sporangiy yuksak sporali o'simliklarda uchraydi. SPORANING HOSIL BO'LISHI: Sporalar - yosh sporangiy ichidagi bitta hujayraning (to'qima) meyoz yo'l bilan bo'linishidan hosil qiladi. Sporangiy ichida sporalarning hosil bo'lish sxemasi SPORANING TARQALISHI: Sporalar yetilgandan keyin sporangiy devori yirtiladi va undan otilib chiqqan yengil, juda ham mayda sporalar shamol vositasida tarqaladi va nam yerga tushgan spora o'sib yangi individga aylanadi. Sporalar ba'zi suvo'tlar (qizil suvo'tlar), zamburug''lar, yuksak o'simliklardan: yo'sinlar, qirqquloqsimonlar (paparotniksimonlar) va qirqbo'g'imsimonlarda uchraydi. Spora yordamida ko'payish xususiyatiga ega bo'lgan o'simliklar sporali o'simliklar deb ataladi. ZOOSPORALAR: Suv sharoitida o'suvchi tuban o'simliklarning sporalari xivchinli bo'lib, zoospora deb ataladi. Zoosporalarning ustida qattiq po'st bo'lmaydi. U harakatchan, uning harakati (1-2-4) yordamida sodir ba'zan ko'p sonli xivchinlar bo'ladi va zoosporangiy deb ataladigan maxsus hujayra ichida yetiladi. Zoosporalar yetilgandan so'ng zoosporangiy devori bo'rtib, yirtiladi va zoosporalar suvga chiqib, so'zib biror narsaga o'rnashib, xivchinlarini tashlab o'sadi va yangi individga aylanadi. ZOOSPORALAR: JINSIY KO'PAYISH: Tuban o'simliklarda jinsiy ko'payish ikkita harakatchan jinsiy ya'ni - gametalar hujayralar, (yunon. jinsiy hujayra) yadrolarining bir-biri bilan protoplazmasi va qo'shilishi, ya'ni kopulyatsiya (lot. k o p u l a s i o - juftlashish) natijasida vujudga keladi. GAMETANGIY: Gametalar - ko'pchilik o'simliklarda maxsus hujayra gametangiy (yunon. a n g e y o n - nay)da yetiladi. Onalik gametangiyning umumiy ko'rinishi va rivojlanishi Tuban o'simliklarda birhujayrali, yuksak ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.6 MB
Ko'rishlar soni 196 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:21 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.6 MB
Ko'rishlar soni 196 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga