O'simliklarning urug'lar yordamida ko'payishi

O'simliklarning urug'lar yordamida ko'payishi

O'quvchilarga / Botanika
O'simliklarning urug'lar yordamida ko'payishi - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: O'simliklarning urug'lar yordamida ko'payishi Sobitu sayyorada Inson o'zing, inson o'zing. Mulki olam ichra bir Hoqon o'zing, sulton o'zing. Sobit o'z ma'vosida, Sayyor fazo dunyosida, Koinot sahrosida Karvon o'zing, sarbon o'zing. Shams - dil taftingdadur, Sayyoralar kaftingdadur, Keng jahon zabtindadur, Bog'bon o'zing, posbon o'zing. Erkin Vohidovning Inson qissasidan parcha DARS REJASI: O'simliklarning urug'lar yordamida ko'payishi xillari. Ochiq urug'li o'simliklarning taraqqiyot davrlari va urug' yordamida ko'payishi. Tayanch iboralar: urug' yordamida ko'payish, megasporangiy, mikrospora, nusellus, gametofit, meyospora, urug'kurtak, intina, ekzina. Urug'lar yordamida ko'payish ochiq urug'li va yopiq urug'li o'simliklarga xos. Ularda urug'lar yangilanish, ko'payish va tarqalish organi bo'lib xizmat qiladi. URUG' YORDAMIDA KO'PAYISH: URUG' YORDAMIDA KO'PAYISH: Urug'lar ko'p miqdorda hosil bo'ladi, tarqaladi va ulardan yana o'shanday o'simliklar vujudga keladi. Bunday o'simliklarda nasllarning gallanishi deyarli butunlay niqoblangan. Urug'li o'simliklar quruqlikka moslashgan bo'lib, gametalarning harakatlanishi uchun suvning hojati yo'q. Shuning uchun ularda changlanish jarayoni yuzaga kelgan. URUG' YORDAMIDA KO'PAYISH: Urug'li o'simliklarning gametofiti (ayniqsa urg'ochisi) mustaqil hayot kechirolmaydi, ular faqat sporofitning hisobiga yashaydilar. Sporofit o'simlikda mikro va megasporangiylar, ularning ichida esa meyosporalar yetiladi. URUG'LI O'SIMLIKLAR GAMETOFITI: Mikro va megasporalar mikro va megasporangiylar ichidan tashqariga chiqmasdan o'sib, gametofitlarni hosil qiladi. URUG'LI O'SIMLIKLAR GAMETOFITI: URU'NING PAYDO BO'LISHI: Urug' - urug'kurtakdan, yoki urugmurtakdan shakllanadi. Urug'ning urugmurtakdan shakllanish sxemasi URUG'KURTAK: Urug'kurtak - shakli o'zgargan megasporangiy bo'lib uning ichida urg'ochi gametofit rivojlanadi; urug'lanishdan keyin hosil bo'lgan zigotadan yangi sporofit o'simlikning murtagi shakllanadi. Urug'lanishdan keyin yana shu urug'murtak urug'ga aylanadi. Bu jarayonni oddiy qarag'ay (Pinus silvestris) misolida ko'rish mumkin. qarag'ay baland Оddiy bo'yli, yashil yorug'sevar, doimo o'simlik. URUG'KURTAKDAN URUG' HOSIL BO'LISHI: Oddiy qarag'ay (Pinus silvestris) OCHIQ URUG'LILARDA ERKAKLIK JINS: Ular bir uyli o'simliklardir. Bir o'simlikning o'zida erkak va urg'ochi g'uddalari hosil bo'ladi. Erkak g'uddalarning rangi sarg'ish va yirik boshoqlarga birikkan. Oddiy qarag'ayning erkak g'uddalari Har bir kichik g'udda o'rtasida o'qi bo'lib unga spiral shaklida mikrosporofillar yopishib turadi. Ko'pincha erkak g'uddani mikrostrobillar deb ham yuritiladi. OCHIQ URUG'LILARDA ERKAKLIK JINS: MIKROSPOROFILLAR: Mikrosporofillar kichkina yupqa barglar ko'rinishida bo'lib, tashqi qirg'og'i sal yuqoriga qayrilgan. Uning pastki tomonida mikrosporangiylar joylashgan. Odatda har bir mikrosporofillda ikkitadan mikrosporangiylar o'rin oladi. CHANGNING YETILISHI: Mikrosporangiylar ichida mikrosporalardan changlar yetiladi. yetilgandan Changlar so'ng mikrosporangiy yoriladi va changlar shamol yordamida tarqaladi. Chang donachasining ikki qavat po'sti bo'lib, tashqi - qalinroq qismiga - ekzina, ichki po'sti yupqarog'iga - intina deb ataladi. CHANGNING TUZILISHI: Ekzina qavati bo'rtib, intinadan ajraladi va ikkita havo xaltachalarini hosil qiladi. Ular havo changning yordamida tarqalishiga imkon beradi. Har bir chang donachasi ichida ikkita hujayra mavjud: vegetativ va anteridial hujayralar. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.88 MB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:21 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.88 MB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga