O'simliklarning yashash sharoitiga moslashishi

O'simliklarning yashash sharoitiga moslashishi

O'quvchilarga / Botanika
O'simliklarning yashash sharoitiga moslashishi - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: O'simliklarning yashash sharoitiga moslashishi Kitobni muqovasiga qarab oladilar, ichiga qarab baho beradilar. Alisher Navoiy DARS REJASI: Tashqi muhitning о'simliklar tuzilishiga ta'siri О'simliklarning namlikka nisbatan ekologik guruhlari. О'simliklarning yashash sharoitiga nisbatan ekologik guruhlari. Galofitlar, yorug'sevar, soyasevar о'simliklar,geterotrof oziqlanuvchi о'simliklar (parazitlar) О'simliklarning hayotiy shakllari. Hayotiy shakllarning ekologo-morfologik klassifikatsiyasi О'tsimon о'simliklar klassifikatsiyasi. Tayanch iboralar: ekologik guruhlar, hayotiy shakllar, dararxt, buta, chala buta, o't o'simlik, galofitlar, yorug'seval, soyasevar, fenerofitlar, kriptofit. O'SIMLIKLAR EKOLOGIYASI: О'simliklar ekologiyasi − о'simliklarning tashqi muhit bilan aloqasi tо'g'risidagi fan bо'lib, u о'simliklar shakllarining paydo bо'lishiga ayrim faktorlarning yoki ularning birgalikdagi ta'sirlarini о'rganadi. O'SIMLIKLARNING EKOLOGIK GURUHLANISHI: О'simliklar tashqi muhitning biror faktoriga nisbatan ekologik guruhlar ajratiladi. О'simliklarning tuzilishiga tuproqning, havoning namligi hamda yorug'lik kabi muhim faktorlar ta'sir etadi. Bu faktorlarga о'simliklar shuning uchun kо'pchilik turlicha moslashadilar, ekologik guruhlar, ya'ni kserofitlar yoki ssiofitlar (soyasevar о'simliklar) tashqi - gabitusi va ichki tuzilishlari bilan farq qiladilar. Ular turli hayotiy shakllarga ega bо'ladilar. O'SIMLIKLARNING EKOLOGIK GURUHLANISHI: O'SIMLIKLARNING HAYOTIY SHAKLLARI: О'simliklarning hayotiy shakllari yoki biomorfi (yunon. BIOS - hayot, morfo - shakl) deganda о'simliklarning ontogenezi davomida aniq ekologik sharoitga moslashib shakllangan о'ziga xos tashqi qiyofasi tushuniladi. O'SIMLIKLAR GABITUSI: О'simliklarning gabitusi (tashqi qiyofa) birinchi navbatda о'simliklarning yer ustki va yer ostki kabi vegetativ organlarining о'ziga xos о'sish xususiyatlariga bog'liq. TIRIK ORGANIZMLARGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR: Tirik organizmlarga ta'sir etuvchi ekologik omillar asosan beshta guruhga bо'lib о'rganiladi: Ekologik omillar Iqlim omillari yorug'lik, harorat, namlik, yog'ingarchilik, havoning harakati, elektr hodisalari Tuproq omili tuproqning fizik, mexanik, kimyoviy xususiyatlari Orografik yoki relyef omili dengiz satxidan mutloq balandligi, dunyo tomonlariga nisbatan joylashishi (ekspozitsiyasi), qiyalik burchagi, relyefning xarakteri Biotik omil barcha tirik organizmlarning (bakteriyalar, zamburug'lar, о'simliklar va hayvonlar) о'zaro ta'siri Antropogen (inson) omili insonning xо'jalik faoliyati natijasida о'simliklarga bevosita yoki boshqa ekologik omillarga NAMLIKKA NISBATAN O'SIMLIKLARNING EKOLOGIK GURUHLARI: О'simliklarning normal о'sishi va rivojlanishi uchun ekologik omillar bevosita yoki bilvosita ta'sir etishi mumkin. Ularning haddan tashqari kuchli yoki kuchsiz ta'sir etishi о'simliklarni jadal yoki sust rivojlanishiga olib keladi. Shuning uchun ayrim ekologik omillarning qulay (optimum), minimum va maksimum ta'sir etishi muhim ahamiyatga ega. О'simliklar namlikka bо'lgan munosabatiga kо'ra quyidagi guruhlarga bо'linadi. 1. Kserofitlar 2. Mezofitlar 3. Gigrofitlar 4. Gidrofitlar 5. Gidatofitlar NAMLIKKA NISBATAN O'SIMLIKLARNING EKOLOGIK GURUHLARI: KSEROFIT VA MEZOFITLAR: Kserofitlar (kseros - quruq; fiton - о'simlik) - tuproq va havoda doimiy yoki vaqtinchalik suv tanqisligiga moslashgan о'simliklar. Mezofitlar (mezos - о'rtacha) namlik yetarli bо'lgan joylarda о'sadigan о'simliklar. Rayxon Yantoq KSEROFIT TURLARI: Qurg'oqchil iqlimda yashashga moslashgan о'simliklar. Ular dasht, chо'l va chala chо'l zonalarda keng tarqalgan. Barcha ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 7.69 MB
Ko'rishlar soni 171 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:21 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 7.69 MB
Ko'rishlar soni 171 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga