O'simlikshunoslikda stimulyatorlarni qo'llashning biotexnologik asoslari Reja: 1. O'simliklarning o'sishi va rivojlanishi haqida tushuncha, 2. Fitogormonlar haqidaga ta'limotning rivojlanish tarixi, 3. O'simliklar gormonlari va ularni qo'llashning nazariy asoslari, 4. O'sishni boshqaruvchi moddalarni amalda qo'llanilishi: 5. Retordantlar, O'simliklarning o'sishi va rivojlanishi haqida tushuncha O'simlik organizmidagi hujayralarda hayotiy hodisalar yani fiziologik va biokimyoviy jarayonlar, shu jumladan moddalarning almashinuvi to'xtovsiz davom etkanligi sababli o'simliklarning sathi, hajmi, uzunligi, ho'l va quruq og'irligi, turli organlar-a'zolarning soni, hujayralardagi organoidlar va boshqalarning soni ortadi. O'simliklarning o'sishini quyidagi 5 ta turga ajratiladi: Apikal o'sish, Bazal o'sish, Interkalyar o'sish, Eniga o'sish yani tangental o'sish, Sirtqi o'sish. O'simlik organizmining o'sishi o'sish nuqtasidagi (konusidagi) hujayralarning bo'linib ko'payishi hisobiga amalga oshadi yani o'sadi, kattalashadi va yo'g'onlashadi. Meristema hujayralarining o'sishini o'z navbatida quyidagi uchta fazaga (davrga) ajratiladi: Embrional faza yoki bo'linish fazasi, Hujayralarning cho'zilish fazasi, Hujayralarning differensiallanish yoki mutaxassislashish fazasi. Bulardan tashqari o'simliklarning o'sishi va rivojlanishiga fitogormonlar bilan bir qatorda turli ingibitorlar va retordantlar ham o'z ta'sirini ko'rsatadi. O'simliklarning o'sishini tezlatish uchun sun'iy tayyorlangan stimulyatorlar ishlatiladi. Fitogormonlar haqidagi ta'limotning rivojlanish tarixi O'stiruvchi gormonlar vita'minlar va fermentlar singari o'ziga xos birikmalar bo'lib, o'sish jarayonlarini jadallashtiradi. O'simliklarning o'sishiga ta'sir etadigan bunday moddalarning mavjudligini Ch.Darvin 1880 yilda takidlab o'tgan edi. AA.Nabokix 1908 yilda kungaboqarning gipoqotilidan o'simliklarning o'sishini o'n baravargacha tezlashtira oladigan birikma ajratib oladi. Ukrainalik akademik N.G.Xolodniy 1927 yilda, Gollandiyalik olim F.M.Vent esa 1928 yilda o'simliklarning o'sishini jadallashtiradigan auksinlar deb ataluvchi moddalar qatnashishini to'la tasdiqladilar. Yuksak o'simliklar to'qimasida gibberella va gibberellasimon moddalarning borligi M.Kedli va Ts.Vesta (1956) aniqlaganlar. Gibberellinlar poya, ildiz, yosh barglarda sintezlanib, yuqoridan pastga, pastdan esa yuqoriga harakatlanishi va kuchli kontsentratsiyada ham zaharsiz bo'lishi bilan auksinlardan farq qiladi. Gibberellinlar ta'sirida uzun kun o'simliklarning qisqa kunda gullashi tezlashadi. Gibberellin nosiklik fotofosforlanish jarayonining o'tishini tezlashtiradi. Mevalon kislotasi ingibitorlardan abstsiz kislotasining hosil bo'lishida asosiy mahsulot sifatida qatnashadi. Tsitokininlar ta'sirida quyidagi ijobiy jarayonlarni amalga oshganligini ko'rish mumkin: 1. Urug'larning unishi tezlashadi. holatidan chiqishi tezlashadi. 3. Modda almashinuvi jarayonida hosil bo'lgan mahsulotlarning taqsimlanishi malum tartibda 2. kurtaklarning tinim saqlanadi. 4. Sarg'ayib qolgan barglar yashil tusga kiradi. 5. O'simliklarning qurg'oqchilikka chidamliligi ortadi. 6. O'simliklarning issiqlikka chidamliligi ortadi. 7. Oqsil parchalanishi natijasida hosil bo'lgan mahsulotlar yosh barglarga qarab harakatlanadi. D.S.Letam 1964 yilda makkajo'xori donidan zeatin deb ataluvchi tsitokininni ajratib olgan. O'simliklarning gormonlarini quyidagi 5 ta guruhi mavjudligi hamma tomonidan tan olingan: 1. Auksinlar, 2. Tsitokininlar 3. Gibberellinlar 4. Abstsiz kislotasi 5. Etilen. Fitogormonlar yoki ularning sintetik analoglari yordamida o'simliklarning mevalarini pishishini tezlatish yoki sekinlatish, ularning har xil noqulay tashqi muhit omillarining salbiy ...

Joylangan
16 Sep 2023 | 10:28:15
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
916.65 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:22
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Sep 2023 [ 10:28 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
916.65 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:22 ]
Arxiv ichida: pptx