O'simlikshunoslikning tabiiy biologik asoslari

O'simlikshunoslikning tabiiy biologik asoslari

O'quvchilarga / Botanika
O'simlikshunoslikning tabiiy biologik asoslari - rasmi

Material tavsifi

O'simlikshunoslikning tabiy biologik asoslari Reja: 1. Fanning maqsadi va vazifalari 2. O'simlikshunoslik mahsulotini yetishtirishni tabiy iqlim sharoitiga bog'liqligi. 3. Tuproq unumdorligini saqlashda va oshirishda o'simliklarni o'rni. Dala ekinlari mahsulotlarini ishlab chiqarish - qishloq xo'jaligining asosiy tarmoqlaridan biridir. O'sib borayotgan aholining oziq-ovqat, yengil sanoatning tarmoqlari uchun xomashyo, chorvachilik uchun ozuqa yetishtirishda dala ekinlarining biologik xususiyatlariga mos yetishtirish texnologiyalarni qo'llagan holda ekologik toza, mo'l va sifatli hosil yetishtirish o'simlikshunoslik fanining asosiy maqsadidir. Hozirda yer yuzasida o'simliklarning 500 mingdan ortiq turlari ma'lum bo'lib, shulardan 300 ming turi gulli o'simliklardir, ularning 20 ming turi odamlar tomonidan o'stiriladi. Madaniy o'simliklarning soni 1500 taga yetadi, ammo ishlab chiqarish ahamiyatga ega bo'lganlari 640 tani tashkil etadi va shulardan 90 tasi dala ekinlariga kiritiladi. O'simlikshunoslikning asosiy obyekti yashil o'simliklardir. Dala ekinlarini yetshtirish mavsumiy xususiyatga ega. O'simlikshunoslik fani ekinlarni guruhlarga bo'lib, ularning ekologik, biologik xususiyatlarni o'rganishda selektsiya, urug'chilik, genetika, agrokimyo, dehqonchilik, mikrobiologiya, biokimyo, o'simliklar fiziologiyasi, tuproqshunoslik, agrometeorologiya, fitopatologiya, entomologiya singari fanlarning yutuqlariga tayanadi. Qo'ng'irboshsimonlar va dukkakli don ekinlarining - 78, moyli va tolali ekinlarning 53, ildiz va tuganak mevalar hamda boshqa ekinlarning 60 dan ortiq turlari eng ko'p tarqalgan. Dala ekinlarining asosiy qismi (500 dan ko'prog'i) qadimgi dunyodan, 100ga yaqin turlari yangi dunyodan kelib chiqqan. Amerikadan yevropa, Osiyo, Afrikaga kartoshka, kungabokar, loviya, qovoq, tamaki, makkajo'xori, g'o'za va boshqa ekinlar keltirilgan. Dunyoda g'alladosh ekinlar, texnika ekinlari eng ko'p tarqalgan. yer yuzasidagi ekin maydonlarining 89 foizi Osiyo, Yevropava Amerikada joylashgan. Ekinlarning turlari, navlari, duragaylarini joylashtirishda mintaqaning tuproq iqlim sharoiti, o'simlikning biologik xususiyatlari hisobga olinadi. Ekin turlari o'zlarining shakllangan ob-havo sharoitiga, tur, nav, genotipiga mos faol harorat talab qiladi. Yuqori haroratda tuproqning yuza qatlami tez quriydi, ammo o'simliklar bunga moslashgan: o'suv davrining dastlabki kunlarida ular assimilyatlarni ko'p qismini ildiz tizimiga yo'naltiradi. Bunda ildizlar tuproqning pastki nam qatlamlariga kirib borishi uchun sharoit yaratiladi. Ekinlarni yetishtirishda ijobiy harorat +1 °S, faol harorat 10 °S dan boshlab hisoblanadi. Samarali harorat xar bir ekinning turi, rivojlanish fazasi, naviga bog'liq bo'lib 5 °S dan (kuzgi bug'doy), 13-14 °S dan (ingichka tolali g'o'za) boshlab hisoblanadi. Xar bir o'simlikning ma'lum rivojlanish davri yoki o'suv davri uchun tegishli miqdordagi faol harorat talab qilinadi. Adabiyotlar ro'yxati Burxonova X.K., Murodov M.M. Mikrobiologiya. Toshkent, «O'qituvchi», 1975. Vahobov A., Inog'omova M. Mikrobiologiya. UzMU. Toshkent, 200. Bakulina N.A. i dr. Mikrobiologiya. Toshkent. Meditsina, 1979. Mustakimov G.D. O'simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari. «O'qituvchi». T. 1995. Rabotnova I.L. Obshaya mikrobiologiya. M. Vssh. shkola, 1966. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.13 MB
Ko'rishlar soni 160 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:22 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.13 MB
Ko'rishlar soni 160 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga