Rizobakteriyalar va ulardan foydalanish Company name Rizobakteriyalar va ulardan foydalanish Rizobakteriyalar o'simliklarda Reja: Urug', ildiz va tuganaklarga ta'sir ettirilganda (inokulyatsiyalanganda) o'simliklar rizosferasida yashay olib, ularning o'sish hamda rivojlanishlarini oshiradigan bakteriyalar o'simlikning o'sish va rivojlanishini oshiruvchi rizobakteriyalar (Plant Growth Promoting Rhizobacteria - PGPR) deb nomlanadi. Bu atama ilk bor Kloepper va Schroth (1978) tomonidan o'simliklarning o'sish va rivojlanishlarini kuchaytiruvchi tuproq bakteriyalariga nisbatan qo'llana boshlandi.Shuningdek, atmosferadagi molekulyar azot (K2)ni mineral azotga aylantira oladigan rizobakteriyalar shunday atala boshlandi. Molekulyar azot o'zlashtiruvchi deyarli barcha mikroorganizmlar ma'lum bo'lib, ular batafsil tadqiq etilgan. Azotobakterlar ham ana shunday hususiyatlarga ega bo'lganligi uchun ularni ham o'simlikning o'sish va rivojlanishini oshiruvchi rizobakteriyalarga kiritiladi. Rizobakteriyalar o'simliklarda suv va mineral moddalarning o'zlashtirilishini yaxshilab, biologik faol moddalar, jumladan vitaminlar, aminokislotalar, fitogormonlar va antibiotiklar sintezi hisobiga o'simliklarning o'sish va rivojlanishining kuchaytirishlari qator mualliflarning ishlarida batafsil yoritilgan. Keyingi vaqtlarda rizobakteriyalardan Azotobacter, Azospirillum, Rhizobium, Pseudomonas avlodiga mansub bakteriyalardan o'simliklarning hosildorligini oshirish, ularning turli kasalliklarga qarshi chidamliligini kuchaytirish va tuproq bioremediatsiyasi maqsadlarida keng qo'llanilmoqda. Bular orasida ayniqsa Azotobacter avlodi bakteriyalari tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Turli geografik mintaqalarda olib borilgan dala tajribalarida muayyan tabiiy va tuproq sharoitlarida azotobakterlar bilan inokulyatsiyalangan o'simliklarning hosildorligi oshishi isbotlab berildi. Ma'lumki, inokulyatsiya qilingan o'simliklarda ildiz tuklari ko'payishi va yonaki ildizlarning rivojlanishi hisobiga rizosfera atroflarida mavjud bo'ladigan ozuqa moddalarning o'zlashtirilishi ortadi. Bu esa o'z navbatida o'simliklarning o'sish va rivojlanishining asosiy omili hisoblanadi. Azotfiksatorlar - simbiontlar, rizobakteriyalar va aktinomitsetlar - tugunakli dukkakli o'simliklarda, botqoq mirtasida, loxda, chakandada, olxada aniqlangan. Adabiyotlar: Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T., O'zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti. 2002. Vorobyov A.A., Bыkov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vesshaya shkola». 2003. CHurbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vesshaya shkola». 1987. Mustaqimov G.D. O'simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari.T., O'qituvchi nashriyoti. 1978. ...

Joylangan
16 Sep 2023 | 10:28:15
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.06 MB
Ko'rishlar soni
177 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:25
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Sep 2023 [ 10:28 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.06 MB
Ko'rishlar soni
177 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:25 ]
Arxiv ichida: pptx