Vakuolaning tuzilishi Reja: Hujayra shirasi. Oqsil donachalari. Kalsiy oksalat kristallari. Vakuolalar Vakuolalar (frans. Vakuole, lot. vacuus - bo'sh) - o'simlik va hayvonlar hujayrasida ichi suyuqlik bilan to'lgan, sitoplazmadan membrana bilan ajralib turadigan bo'shliq. Bir hujayralilarda ferment bilan to'lgan hazm qilish V.i, osmoregulyatsiya va ayirish funksiyasini bajaruvchi, qisqaruvchi V., ko'p hujayrali hayvonlar hujayrasida esa ikkilamchi lizosomalar guruhiga mansub va o'zida gidrolitik ferment saqlovchi, hazm qiluvchi va avtofaglovchi V. bo'ladi. VAKUOLA O'simlik hujayralarida V. - endoplazmatik to'rning hosilasi bo'lib, birmuncha shaffof membranotonoplast bilan o'ralgan. O'simliklardagi V. sistemasi - vakuom yosh hujayralarda naylar va pufaklar sistemasidan iborat. Hujayra o'sib, ixtisoslasha borishi bilan V. ham yiriklasha boradi va hujayra umumiy hajmining 70-95% gacha qismini egallab oladi. V. shirasi (rN darajasi 2-5 ni tashkil etadi) tarkibida erigan anorganik (fosfat, oksalat), organik birikmalar (qand, aminokislotalar, oqsillar) va moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlari (taninlar, glikozidlar, alkaloidlar), ayrim pigmentlar (mas., antotsianinlar) bo'ladi. V. hujayradagi suv-tuz al-mashinuvini boshqaradi; hujayraning turgor holatini saqlaydi; quyi mole-kulali suvda eriydigan metabolitlar va zaxira moddalarni to'playdi; moddalar almashinuvida hosil bo'ladigan zararli moddalarni hujayradan chiqa-rib tashlaydi va boshqa ba'zi funk-siyalarni bajaradi. Vakuola Vakuola (lot. v a k u u s - bo'shliq) - hujayra ichidagi bo'shliq bo'lib, o'simliklar hujayrasi uchun xos bo'lgan belgilardan biridir. Uning ichi hujayra shirasi bilan to'lgan. Hujayra shirasi sitoplazmadan maxsus membrana tonoplast (lot. t o n u s - tarang, zo'r; p l a t o s - ma'lum shakl) bilan ajralib turadi. Tonoplast tanlab o'tkazish yoki yarim o'tkazuvchanlik xususiyatiga ega. Yosh hujayralarda bo'shliq yoki kavakchalar bo'lmaydi, ular hujayra qariy boshlagandan so'ng yuzaga keladi va bir-biri bilan qo'shilib, bitta yirik vakuola hosil qiladi. Vakuola o'sib yiriklashib hujayraning 90% ini ishg'ol etadi va sitoplazmani hamda uning tarkibidagi organellalarni hujayra po'stiga qarab siqib suradi va natijada yupqa qavat hosil qiladi. Vakuola ichida hujayra shirasi bo'lib, uning asosiy tarkibiy qismini suv tashkil etadi. Suvda erigan mineral tuzlar, organik birikmalar (qand va polisaxaridlar), organik kislotalar, alkaloidlar, glikozidlar, pigmentlar va boshqa moddalar bo'ladi. Plazmolizga uchragan hujayralar tiriklik xususiyatini saqlab qolsa, ularni suvga solib turgor holatini tiklash mumkin. Bu hodisaga deplazmoliz (lot. deinkor) deb ataladi. Deplazmoliz, plazmolizdan qaytish, turgorga o'tish demakdir. Bunda hujayra suvni shimib olib plaz-moliz holatidan, turgor holatiga qaytadi. Amalda qishloq xo'jaligidagi ko'p masalalar o'simlikning shu turgor va plazmoliz hodisasiga bog'liqdir. Masalan, yoz faslida g'o'zalar o'z vaqtida sug'orilmasa, tuproq eritmasi quyuqlashib ketib, suvning o'simlik ildiziga o'tishi qiyinlashadi va ildiz hujayralarida plazmoliz hodisasi ro'y beradi. Hujayra shirasi Hujayra shirasining tarkibiy qismi o'simlik turi, organlar, to'qima va hujayra ...

Joylangan
16 Sep 2023 | 10:28:15
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
967.8 KB
Ko'rishlar soni
195 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:29
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Sep 2023 [ 10:28 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
967.8 KB
Ko'rishlar soni
195 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:29 ]
Arxiv ichida: pptx