Vegetativ organlarning ixtisoslashuvi va ularning biologik ahamiyati

Vegetativ organlarning ixtisoslashuvi va ularning biologik ahamiyati

O'quvchilarga / Botanika
Vegetativ organlarning ixtisoslashuvi va ularning biologik ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Vegetativ organlarning ixtisoslashuvi va ularning biologik ahamiyati. Jamiyatga naf keltiradigan inson qo'llari bog'langan holda ham yaxshilik qila oladi. Rus yozuvchisi Fyodor Dostayevskiy DARS REJASI: Novda va barg metamorfozi. Yer ustki novdalarning boshqa shakl o'zgarishlari. Hashorotxo'r o'simliklar. Ildiz metamorfozlari. Tayanch iboralar: ildizpoya, kaudeks, stolonlar, tugunak, bachki, piyozbosh, tuganak-piyozbosh, sukkulent, fillokodiy, hashorotxo'r, mikoriza. NOVDA VA BARG METOMORFOZI: Novda xilma-xil vazifalarni bajarishga moslashgan, shuning uchun u juda ko'p metomorfozlarga uchragan. Uning quyidagi turlari mavjud: ildizpoya Yer ostki stolonlar va tuganaklar Yer ustki stolonlar va bachkilar Piyozboshlar Tuganak piyozboshlar kaudeks Sukkulent o'simliklarning novdalari ILDIZPOYA: Ildizpoya deb, yer ostida gorizontal yoki biroz egri bo'lib o'sadigan, ba'zi moddalarni g'amlaydigan va ko'pincha vegetativ ko'payish uchun xizmat qiladigan shakli o'zgargan novdaga aytiladi. ILDIZPOYANING QISMLARI: Ildizpoyada bo'g'in va bo'g'in oralig'i, reduksiyalangan barg va yon qo'shimcha yordamida mustaqkam kurtaklar, ildizlar yerga o'rnashib turadi. Har ildizpoyadan yer yili ustiga chiqadigan bir yillik novdalar hosil bo'ladi. Ildizpoyaning eski qarigan qismi esa asta sekin nobud bo'ladi. Ildizpoyalar ikki xil bo'ladi: ILDIZPOYA XILLARI: Tik o'sadigan Ko'ndalang o'sadigan TIK O'SADIGAN ILDIZPOYALAR: Valeriana Chemeritsa Чемерица (Veratrum) GORIZONTAL O'SUVCHI ILDIZPOYA: rang (Carex pilosa) bug'doyiq (Agropyrum repens) veronika (Veronica longifolia) landishi (Convallaria majalis) Rang (Carex pilosa) Ildizpoyalarning hayoti uch - to'rt yildan bir necha yillargacha davom etishi mumkin. YER OSTKI STOLONLAR: Ba'zi o'simliklar poyasining eng ostki qismidagi kurtaklardan yoz oylarida yangi novdalar hosil bo'ladi, ular yer osti bo'ylab gorizontal o'sadi. Ana shu novdalar stolonlar deyiladi. YER OSTKI STOLONLAR: Yer ostki stolonlar oq rangdagi ingichka, hamda mo'rt poyachalar bo'lib, rangsiz tangachasimon mayda-mayda bargchalarga ega. Yoz oxirida stolonning uchi tepaga qayriladi va o'sha yerda kichkinagina tugunakcha hosil bo'ladi, ostki tomonida qo'shimcha ildizlar tutami shakllanadi. Qishlab bo'lgandan keyin tugunakcha kurtaklaridan yangi yer ustki novdalar o'sib chiqadi. Stolonlar esa o'ladi va yemirilib ketadi. Bu hodisani sedmichnik (Trientalis europaea) o'simligida kuzatish mumkin. Stolonlarda zapas modda yig'ilishi sodir bo'lmaydi. Sedmichnik (Trientalis europaea) YER OSTKI STOLONLAR: TUGANAKLAR: Tugunaklarning ildizpoyalardan farqi asosan ularning shaklidadir (ovalsimon, sharsimon). Tugunak o'qi kuchli yo'g'onlashgan, barglar juda ham reduksiyalangan bo'lib va umuman qo'shimcha ildizlar hosil qilmaydi. Masalan, kartoshkada. Tugunakdagi kurtaklarni ko'zchalar deb yuritiladi. TUGANAKLAR: Agar kartoshka tugunagi yer yuziga chiqib qolsa, ular yashil rangga kiradi, bu belgi ham uning poyadan kelib chiqqanligini isbot qiladi. TUGANAKLAR: Ba'zi o'simliklar (siklamen)da tugunak stolonda emas, balki poyaning asosi yo'g'onlashishidan ham shakllanishi mumkin. Tsiklamen (Cyclamen реrsicum) o'simligi. Cyclamen реrsicumning tuganagi TUGANAKLAR: YER USTKI STOLONLAR VA BACHKILAR: Ba'zi o'simliklarda ularning har bir yangi novdasi bahorda bachkilar ko'rinishida hosil bo'ladi. Ular yer usti bo'ylab o'sib boraveradi va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 24.82 MB
Ko'rishlar soni 123 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:29 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 24.82 MB
Ko'rishlar soni 123 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga