Almashlab ekish Reja Almashlab ekish va uning ahamiyati Almashlab ekish rotatsiyasi va sxemalari O'tmishdosh ekinlarga qo'yiladigan agrotexnik talablar Almashlab ekish klassifikatsiyasi Almashlab ekishni loyihalashtirish va joriy etish Almashlab ekish va uning ahamiyati Almashlab ekish dalalarda o'tkaziladigan barcha agrotexnik tadbir-larning asosi bo'lib hisoblanadi. U to'g'ri tashkil etilganda tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligini oshirishni, begona o'tlar, zararku-nanda hamda kasalliklarni keskin kamayishini ta'minlaydi. Agar bir ekin bitta dalada uzoq yillar davomida ekilsa, u surunkasiga ekish deyiladi. Xo'jalikda asosan bitta ekin surunkasiga yetishtirilsa, bu monokultura deyiladi. Mono - yunoncha so'z bo'lib bir, yagona demak-dir. Masalan, xo'jalikda monokultura sifatida yetishtirilayotgan bug'-doy toza shudgor bilan almashsa uning surunkasiga eqilishi uziladi, lekin monokulturaligi saqlanadi. Surunkasiga ekish va monokulturaning zarari juda katta. Bir ekin bitta dalada uzoq yillar davomida ekilaversa shu ekinga moslashgan begona o'tlar, zararkunandalar va kasalliklar ko'payib ketadi. O'zbekistondagi ko'pgina xo'jaliklarda g'o'zani uzoq yillar davomida almashtirilmasdan ekish natijasida vilt bilan zararlangan maydonlar ko'paydi. O'zO'HQITI ning Qo'qon tayanch punktida g'o'za surunkasiga ekilganda 49,1-50,9 foizi vilt bilan zararlangan. Almashlab ekish va uning ahamiyati Bir maydonning o'zida bir xil ekin uzoq vaqt ekilsa oziq elementlarining bir tomonlama kamayishi yuz beradi. Ma'lumki, ekinlarning oziq elementlariga talabi turlicha bo'ladi. G'alla ekinlari, kartoshka fosforni, ildizmevalilar kaliyni, dukkaklilar fosfor va kaliyni, g'o'za azot va fosforni ko'p o'zlashtiradi. Bundan tashqari turli o'simliklarning ildiz sistemasi har xil bo'ladi va suv hamda oziq moddalarni tuproqning turli qatlamlaridan har xil miqdorda o'zlash-tiradi. Surunkasiga ekishning zarari rivojlangan mamlakatlarda o'tkazilgan ilmiy tajribalarda olingan natijalar bilan isbotlangan. K.A.Timiryazev nomidagi Moskva qishloq xo'jalik akademiyasida 1912 yildan buyon ko'p yillik tajriba olib boriladi. Unda kuzgi javdar, suli, kartoshka, zig'ir, sebarga surunkasiga hamda olti dalali almashlab ekiladi va toza shudgor bilan hosili taqqoslanadi. Bu ekinlar surunkasiga ekilganda ularning hosildorligi har xil miqdorda kamaygan. Almashlab ekish dala-larida esa hosil sezilarli darajada ortiq bo'lgan. Zig'ir, sebarga surunkasiga ekishga bardosh berolmay, fuzarioz va boshqa kasalliklardan umuman nobud bo'lgan. Kartoshkaning hosili esa, unchalik kamaymagan. Yuqoridagi ma'lumotlarga qaraganda ekinlarni surunkasiga ekish ularning hosildorligini 10-40 % gacha, kamayishiga, ba'zi hollarda esa, o'simliklarning kasalliklarini ko'payishi tufayli umuman nobud bo'li-shiga olib kelar ekan. Almashlab ekish rotatsiyasi va sxemalari Almashlab ekish ro'yxatiga kiritilgan har bir ekinning rejadagi hamma dalalarda bir marta to'liq aylanib eqilishi uchun ketgan vaqt rotatsiya deyiladi. Almashlab ekishning rotatsiya davri almashlab ekishdagi dalalar soniga teng bo'ladi. Agar, amashlab ekishda bug'doy-paxta 1:2:1:2:1:2 sxemada joylashti-rilishi lozim bo'lsa, uning rotatsion jadvali quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi. O'tmishdosh ekinlarga qo'yiladigan agrotexnik talablar Almashlab ekishdagi yetishtirilayotgan ekindan oldin ekilgan ekin o'tmishdosh hisoblanadi. Masalan, bug'doydan keyin ...

Joylangan
17 Sep 2023 | 11:12:28
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
71.45 KB
Ko'rishlar soni
139 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:05
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
17 Sep 2023 [ 11:12 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
71.45 KB
Ko'rishlar soni
139 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:05 ]
Arxiv ichida: pptx