Ayiqtovongullilar qabilasi Ranunculales Reja: 1. Ayiqtovondoshlar oilasi vakillarining tuzilishi va ahamiyati. 2. Zirkdoshlar oilasi vakillarining tuzilishidagi o'ziga xos xususiyatlar. 3. Ko'knordoshlar oilasi vakillarining tuzilishi va ahamiyati. Oilaning 45 turkumga mansub 2.00 dan ortiq turi yer yuzining o'rta, sovuq va mo'tadil iqlimli kengliklarida tarqalgan, O'rta Osiyoda ayiqtovondoshlarning 25 turkumga mansub 202 turi turli-tuman iqlim va ob-havo sharoitlarida o'simlik qatlamlarining asosiy komponentlaridan hisoblanadi. Ranunculaceae Ayiqtovondoshlarning guli shingil va boshoqsimon gul to'plamlaridan iborat. Gul o'rni yaxshi rivojlangan. Gulining rangi nihoyatda turli-tuman. Ular orasida oq, sariq, havorang, och qizil, gunafsha va boshqa ranglilarini uchratish mumkin. Ayiqtovondoshlar O'zbekistonda ayiqtovonlarning bir yillik va ko'p yillik turlarini adir, tog' va yaylov zonalarining shag'al aralash mayin tuproqli, toshloq, tog' qoyalari va yonbag'irlari, daryolarning sohillari, ariqlarning bo'yida, nam o'tloqlarda uchratish mumkin Sedana (Nigella) Bu bir yillik va, ayrim hollarda, ko'p yillik o'tsimon o'simlik. Uning O'rta Osiyoda 5 turi tarqalgan. Biz uchun sedan'ananing ikki turi diqqatga sazovor. Yovvoyi sedana (Nigella integrifolia) bir yillik o't, bo'yi 15-25 sm. Kosacha barglari 5-8 ta, ikki labli. Mevasi kalta, tukli. Aprel-may oylarida gullab urug' beradi. Adir va tog' zonalarida ekinlar orasida va bo'sh yotgan dalalarda uchraydi. Ekma sedananing (N. sativa) balandligi 20-75 sm, may, iyun oylarida gullab urug'laydi. O'zbekistonning deyarli hamma viloyatlarida ziravor o'simlik sifatida o'stiriladi. Isfarak (Delphinium). Bu turkumga mansub o'simliklarning aksariyat qismi yer sharining o'rta iqlimli mintaqalarida tarqalgan. O'rta Osiyo florasida 45 turi borligi aniqlangan. Bular bir yillik va ko'p yillik o'tsimon o'simliklar. O'zbekistonda isfarakning Delphinium semibarbatum deb nomlanuvchi turi tog' va tog' oldi zonalarida keng tarqalgan. Bu o'simlikni xalqimiz qadimdan qimmatbaho rang beradigan bo'yoqbop o'simlik sifatida biladi. Parpi (Aconitum) turkumining 160 turi yer yuzining Shimoliy yarim sharida, ayniqsa tog'li viloyatlarda tarqalgan. Hamdo'stlik mamlakatlarida 60 turi, shu jumladan O'rta Osiyoda uning 12 turi tog' zonasining butazor, daraxtzor va archazorlarida, daraxt va butalarning soya-salqin yerlari hamda mayin va shag'al aralash tuproqlarida o'sadi. Parpi (Aconitum) turkumi Oq parpi ko'p yillik, ildizpoyali o't. Bo'yi 60-150sm. Barglari barmoqsimon qirqilgan. Gullari monosimmetrik bo'lib, shingil shaklidagi gul to'plamlarida joylashgan. Bu turkumning Hamdo'stlik mamlakatlarda tarqalgan 11 turidan 9 tasi O'rta Osiyoda uchraydi. Ularning hammisi ko'p yillik o't o'simlik. Gul formulasi: Ca5 Co∞ A∞ G∞. Mevasi ko'p urug'li. O'zbekistonda bu turkumning Turkiston sug'uro'ti (A. chrysociatus) deb yuritiladigan turi Zarafshon, Oloy va Turkiston tizma tog'larining mayin tuproqli yonbag'irlarida keng tarqalgan. U baland bo'yli yirik sariq gulli, o'ziga xos badbo'y hid tarqatadi. Meditsinada dori-darmon olish uchun ishlatiladigan adonizin shu o'simlikdan olinadi. Sug'uro't (Adonis) turkumi Ko'knordoshlar oilasi - Papaveraceae Oilaning 28 turkumga mansub ...

Joylangan
17 Sep 2023 | 11:12:28
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.93 MB
Ko'rishlar soni
134 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:06
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
17 Sep 2023 [ 11:12 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.93 MB
Ko'rishlar soni
134 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:06 ]
Arxiv ichida: pptx