Barg morfologiyasi

Barg morfologiyasi

O'quvchilarga / Botanika
Barg morfologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Barg o'simligining asosiy vegetativ organi bo'lib hisoblanadi. Barg birinchi marotaba urug' embrionidan yoki kurtakdan o'sib chiqadi. Barg pastki tomoni bilan o'sadi. Ba'zi o'simliklarda ma-salan: qirqquloqsimonlarda barg uchi bilan o'sadi. Ko'pchilik o'simliklar bargi baxorda chiqib kuzda to'kiladi. Ba'zi o'simliklarning bargi esa bir necha yil to'kilmasdan turadi. Masalan: qarag'ayning bargi 3 yil,archaning bargi 10 yil, velvichiya deb atalgan o'simlikning bargi 100 yil to'kilmasdan tura oladi. Barg asosan 2 qismdan iborat: 1.BARGNING BANDI (Chereshok) 2.BARGNING PLASTINKASI Ba'zi o'simliklarning bargi bandsiz bo'ladi, (sidyachiy list) Masalan, ko'knorining bargi. Ba'zi o'simliklarning bargi qinli (Vlagalishniy list). Masalan: Falladoshlarning bargi, soyabongullilarning oilasiga kirgan o'simliklar. Barg bandli ham bo'ladi. Bunga chereshkovыy list deyiladi. Ba'zi o'simliklarning bargining tagida qo'shimcha bargi ham bo'ladi. (prilistnik) Masalan:no'xat, g'o'za barglari tagida. Agar barg plastinkasi 1 ta bo'lsa oddiy barg deyiladi. Barg plastinkasi butun yoki qirqilgan bo'lishi mumkin. Agar barg plastinkasi o'rta tomiriga nisbatan 31 qismi qirqilgan bo'lsa, bo'lakli barg (lopastnoy list) deyiladi: chinor, anjir, g'o'za, terak, dub barglari. Agar barg plastinkasi bundan ham chuqurroq qirqilgan bo'lsa, ammo o'rta tomirigacha yetmagan bo'lsa, kesik barg (razdelnыy list) deyiladi. Mas:qoqio't,jag'-jag'. Agar barg plastinkasi o'rta tomirigacha qirqilgan bo'lsa, ajralganbarg (rassechyonnыy list) deyiladi. Mas: pomidor, kartoshka. Barg plastinkasining cheti tekis qirrali (selnokraynыy)yoki tishsimon (zubchatыy) arrasimon (pыlchatыy) yoki o'yiqsimon (gorodchatыy) bo'lishi mumkin. Barg plastinkasi har xil shaklda:ninasimon, chiziqsimon, lansetsimon, yuraksimon, buyraksimon, tuxumsimon, nayzasimon, strelkasimon va boshqa bo'lishi mumkin. Barg plastinkasi har xil kattalikda bo'ladi. Mas: Gruziyada o'suvchi Pterium barg nixoyat darajada katta bo'ladi. Odam bemalol ko'rpa qilib ustiga yopsa bo'ladi. Barg poyaga xar xil ravishda o'rnashadi. Ba'zi o'simliklarning bargi poyada ketma-ket (ocherdnoy, spiralnыy) Mas: tol, terak barglari. Barg poyada qarama-qarshi(suprotinnыy) o'rnashgan Mas: labsimongullilar oilasiga kiradigan o'simliklar, yalpiz, shalfey. Ba'zi o'simliklarning bargi poyada xalqasimon ravishda (mutovchatыy)joylashgan. Sambitgul o'simligining bargi 3 tasi 1 ta joydan. Bargning asosiy bandi bo'lib, shu asosiy bandga bir nechta bargchalar o'zlarining bandchalari bilan joylashgan bo'lsa, murakkab barg (slojnыy list) deyiladi. Murakkab barglar bir necha xil bo'ladi: 1. 3 plastinkali murakkab barg (troychatoslojnыy list) Mas: qulupnay, bedananing bargi. 2. Toq patli murakkab barg.(neparnoperistoslojnыy list) Mas: na'matak, yong'oq, akatsiya bargi kiradi. 3. Juftpatli murakkab barg(parnoperistoslojnыy list) Mas: no'xatning bargi, sariq akatsiyaning bargi. 4. Panjasimon murakkab barg (palchatoslojnыy list) Mas: nasha, kashtanning bargi Barg plastinkasining tomirlanishi har xil bo'ladi. Bir pallali o'simliklarning bargi parallel yoki yoysimon tomirlangan bo'ladi. (parallelonervnыy, dugonervыy) Moy landыshining bargi yoysimon: bug'doy,jo'xori arpaning bargi parallel tomirlangan bo'ladi. Ikki pallali o'simliklarning bargi to'rsimon tomirlangan bo'ladi (setchatonervnыy). To'rsimon tomirlanish 3 xil bo'ladi: 1.PATSIMON TOMIRLANISH (Peristonervnыy) 2.BARMOQSIMON (Panjasimon), (palchatonervnыy) tomirlanish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 90.3 KB
Ko'rishlar soni 142 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:06 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 90.3 KB
Ko'rishlar soni 142 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga