Bargning morfologik va anatomik tuzilishi REJA: 1.Barg tuzilishi 2.Barg qismlari 3.Barg plastinkasining tuzilishi 4.Bargning poyaga joylanishi 5.Murakkab barglar 6.Barg metamorfozasi 7.Barg ichki tuzilishining xillari 8.Barg ichki tuzilishining o'simliknin yashash sharoitiga bog'liqligi 9.Dorzoventral barg anatomiyasi 10.Izoloterial barg anatomiyasi 11.Radial barg anatomiyasi BARG MORFOLOGIYASI-Folium Barg o'simligining asosiy vegetativ organi bo'lib hisoblanadi. Barg birinchi marotaba urug' embrionidan yoki kurtakdan o'sib chiqadi. Barg pastki tomoni bilan o'sadi. Ba'zi o'simliklarda ma-salan: qirqquloqsimonlarda barg uchi bilan o'sadi. Ko'pchilik o'simliklar bargi baxorda chiqib kuzda to'kiladi. Ba'zi o'simliklarning bargi esa bir necha yil to'kilmasdan turadi. Masalan: qarag'ayning bargi 3 yil,archaning bargi 10 yil, velvichiya deb atalgan o'simlikning bargi 100 yil to'kilmasdan tura oladi. Ba'zi o'simliklarning bargi bandsiz bo'ladi, (сидячий лист) Masalan, ko'knorining bargi. Ba'zi o'simliklarning bargi qinli (Влагалишный лист). Masalan: Falladoshlarning bargi, soyabongullilarning oilasiga kirgan o'simliklar. Barg bandli ham bo'ladi. Bunga chereshkoviy list deyiladi. Ba'zi o'simliklarning bargining tagida qo'shimcha bargi ham bo'ladi. (пилистник) Masalan: no'xat, g'o'za barglari tagida. Agar barg plastinkasi 1 ta bo'lsa oddiy barg deyiladi. Barg plastinkasi butun yoki qirqilgan bo'lishi mumkin. Agar barg plastinkasi o'rta tomiriga nisbatan 31 qismi qirqilgan bo'lsa, bo'lakli barg (лопастной лист) deyiladi: chinor, anjir, g'o'za, terak, dub barglari. Agar barg plastinkasi bundan ham chuqurroq qirqilgan bo'lsa, ammo o'rta tomirigacha yetmagan bo'lsa, kesik barg (раздельный лист) deyiladi. Mas:qoqio't,jag'-jag'. Agar barg plastinkasi o'rta tomirigacha qirqilgan bo'lsa, ajralganbarg (рассеченный лист) deyiladi. Mas: pomidor, kartoshka. Barg plastinkasining cheti tekis qirrali (сельнокрайный)yoki tishsimon (зубчатий) arrasimon (пилчатий) yoki o'yiqsimon (городчатий) bo'lishi mumkin. Barg plastinkasi har xil shaklda:ninasimon, chiziqsimon, lansetsimon, yuraksimon, buyraksimon, tuxumsimon, nayzasimon, strelkasimon va boshqa bo'lishi mumkin. Barg plastinkasi har xil kattalikda bo'ladi. Mas: Gruziyada o'suvchi Pterium barg nixoyat darajada katta bo'ladi. Odam bemalol ko'rpa qilib ustiga yopsa bo'ladi. Barg poyaga xar xil ravishda o'rnashadi. Ba'zi o'simliklarning bargi poyada ketma-ket (очередной, спиральный) Mas: tol, terak barglari. Barg poyada qarama-qarshi(суппоритный) o'rnashgan Mas: labsimongullilar oilasiga kiradigan o'simliklar, yalpiz, shalfey. Ba'zi o'simliklarning bargi poyada xalqasimon ravishda (mutovchatiy)joylashgan. Sambitgul o'simligining bargi 3 tasi 1 ta joydan. Bargning asosiy bandi bo'lib, shu asosiy bandga bir nechta bargchalar o'zlarining bandchalari bilan joylashgan bo'lsa, murakkab barg (ложный лист) deyiladi. Barg plastinkasining tomirlanishi har xil bo'ladi. Bir pallali o'simliklarning bargi parallel yoki yoysimon tomirlangan bo'ladi. (параллелонервный, дугонервый) Moy landishining bargi yoysimon: bug'doy,jo'xori arpaning bargi parallel tomirlangan bo'ladi. Ikki pallali o'simliklarning bargi to'rsimon tomirlangan bo'ladi (сетчатонервный). TURINI O'ZGARTIRGAN BARGLAR Ba'zi o'simliklarning bargi asosay vazifadan tashqari, qo'shimcha vazifalarni ham bajaradi. Mas: kurtaklarning tashqi tomonidagi qobiqsimon barglar meristemani tashqi sharoitdan saqlab turadi. Piyozning tashqi tomonidagi quruq barglar ...

Joylangan
17 Sep 2023 | 11:12:28
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.04 MB
Ko'rishlar soni
185 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:07
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
17 Sep 2023 [ 11:12 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.04 MB
Ko'rishlar soni
185 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:07 ]
Arxiv ichida: ppt