Biolaboratoriyalarda foydali hasharotlarni ko'paytirish va ularni qo'llash

Biolaboratoriyalarda foydali hasharotlarni ko'paytirish va ularni qo'llash

O'quvchilarga / Botanika
Biolaboratoriyalarda foydali hasharotlarni ko'paytirish va ularni qo'llash - rasmi

Material tavsifi

Biolaboratoriyalarda foydali hasharotlarni ko'paytirish va ularni qo'llash usullari mavzusida yozgan Sanoat bilan bir qatorda iqtisodiyotimizning qishloq xo'jaligi kabi yetakchi sohasini ham modernizatsiya qilish, uning tarkibiga kiradigan deyarli barcha tarmoq va ishlab - chiqarish sohalarining butun kompleksida texnik va texnologik yangilash ishlarini amalga oshirishga katta ehtiyoj sezilmoqda. I. Karimov O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2010 yilda mamalakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yil iqtisodiy dasturining eng muhim ustivor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagit ma'ruzasidan. . O'simliklarni zararkunandalardan himoya qilishga qaratilgan tadbirlarga shu ekinlarni ko'pgina kasalliklardan, shuningdek begona o'tlardan saqlashga doir tadbirlardan ajratgan holda yondashib bo'lmaydi. Hozirgi vaqtda o'simliklarni uyg'unlashtirilgan himoya qilish (integratsiyalashtirilgan) tizimi yaratilgan bo'lib, bu tizim bir qator tadbirlari yig'indisini o'tkazishni nazarda tutadi. Ularni o'simlik karantini, tashkiliy-xo'jalik, oldini olish tadbirlari, agrotexnik, ximiyaviy biologik hamda mexanik va fizikaviy tadbirlarga ajratish mumkin. Ekinlarni zararkunanda, kasallik va begona o'tlardan muvaffaqiyatli ravishda saqlamoq uchun mazkur tadbirlar muayyan maqsadga qaratilgan holda muntazam amalga oshirishi lozim. Mavzuning dolzarbligi Bitiruv malakaviy ishning maqsadi Biolaboratoriyalarda foydali hasharotlarni ko'paytirish va ularni qo'llash usullarini o'rganishdan iborat bo'lib, maqsadga muvofiq quyidagi vazifalar belgilab olindi. Parda qanotlilar turkumi vakillari to'g'risida ma'lumot. Foydali hasharotlarni ko'paytirish va ularni qo'llash usullari. Zararkunandalarga qarshi tabiiy kushandalaridan hamda mikrobiologik preparatlardan samarali foydalanish yo'llari. Zararkunandalarga qarshi turli xil hasharot tutqichlarini qo'llash. Ishning maqsadi va vazifalari Qashqadaryo viloyati o'simliklarni himoya qilish markazi tasarrufidagi biolaboratoriyada foydali hasharotlarni ko'paytirishning yo'llari va usullari o'rganildi. Unga ko'ra biolaboratoriyada trixogramma, brakon, oltinko'z kabi entomofaglar ko'paytirilib, Qamashi tumani Qamay fermer xo'jaligida ekilgan g'o'za zararkunandalaridan ko'sak qurtining tuxumi va lichinkalariga tarqatib qo'yildi. Biolaboratoriyalarda entomofaglarni ko'paytirish va dalaga tarqatish quyidagicha o'rganildi: Ilmiy yangiligi va ahamiyati Trixogramma mum kuyasi zararlagan arpada ko'paytirilib maxsus 3 litrlik bonkalarga buklangan qog'ozlar orqali joylashtirildi. Maxsus joylashtirilgan har bir bonkaga 3 mingtadan trixogramma ketishi aniqlandi. Tayyorlangan trixogramma mahsulotlarini Qamashi tumanidagi Qamay fermer xo'jaligida erta sahardan har 100 tup g'o'za o'simligi sanalib, barglarining ostiga qo'yib chiqildi. Tajribani davom ettirib, natijasi kundalik daftariga qayd qilib borildi. Natijada trixogramma entomofagi ko'payib, ko'sak qurtining tuxumini zararlagani aniqlandi. Biz kuzatuv olib brogan yillari ko'sak qurtining tur soni kam bo'lganligi sababli brakon va oltinko'zlarni ishlatishga xojat qolmadi. Xulosa PARDA QANOTLILAR TURKUMI VAKILLARI TO'G'RISIDAGI MA'LUMOTLAR SHU SOHAGA OID ADABIYOTLAR VA TAVSIYANOMALAR ASOSIDA O'RGANILDI. FOYDALI HASHAROTLARNI KO'PAYTIRISH VA ULARNI QO'LLASH USULLARI QASHQADARYO VILOYATI O'SIMLIKLARNI HIMOYA QILISH MARKAZI QOSHIDAGI BIOLABORATORIYADA ISHLAYDIGAN MUTAXASSISLAR BILAN HAMKORLIKDA O'RGANILDI. ZARARKUNANDALARGA QARSHI ENTOMOFAGLARDAN SAMARALI FOYDALANISH VA ULARNI TARQATISH USULLARI QAMASHI TUMANIDAGI QAMAY FERMER XO'JALIGIDA OLIB BORILGAN KUZATUV VA TAJRIBALAR ASOSIDA O'RGANILDI. E'tiboringiz uchun raxmat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.26 MB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:07 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.26 MB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga