Bodring, uni tarqalganligi va agrotexnikasi Reja: 1. Bodringning selektsiya va urug'chiligida ahamiyatga ega bo'lgan morfobiologik xususiyatlari. 2. Selektsiya yutuqlari va asosiy yo'nalishlari. 3. Urug'lik ekinlarni yetishtirish texnologiyasining xususiyatlari. 4. Urug'larning nav va ekish sifatlarini saqlab qolish va yaxshilash usullari. 5. Mevalarini terish, urug'larini ajratib olish va saqlash. Bodring - Cucurbitaceal - oilasining Cucumis - avlodi C.Sativus - turiga mansub. Ochiq maydon navlarining poyalari har xil uzunlikka ega o'rmalovchi lianalardir. Uzunligi bo'yicha kalta 60 sm gacha, o'rtacha - 61-150 sm. va uzun - 150 sm dan baland poyali navlari bo'lib, poyasining uzunligi bir necha santimetr kalta poyali navlari (pakana) ham mavjud. Ko'pchilik navlari monopodial tarzda shoxlanadi, o'sishning detirminant tipi ham bor. SHoxlanishiga qarab bodring navlari: a) kuchli shoxlanadigan (8 tadan ortiq yon shoxlar hosil qiladi), b) o'rtacha shoxlanadigan (5-8 tadan shoxlar hosil qiladi) va v) kuchsiz shoxlanadigan (1-4 shox beradi). Sust shoxlanadigan ba'zi detirminant navlari shoxlanmaydi. Yopiq maydonlarda ekiladigan ba'zi navlar uchun shoxlanishning o'z - o'zidan idora etilishi xosdir. Ular 3 xil: 1.Poyaning uchki ko'rtagi ustunlik qilib, o'sish to'xtab qoladi, shu ko'rtak chimdib olib tashlansa keyin shoxlanish boshlanadi (Dinzo-si navi). 2.Bosh poyada birdaniga bir nechta tuguncha o'sib borishi uchun shoxlanish to'xtab qoladi. Bosh poyaning hosili yig'ishtirib olingandan so'ng shoxlanish boshlanadi (Estafeta, Syurpriz, Aprelьskiy, Zozulya va h.z). 3. Bunday o'simliklarda 2-3 bug'im hosil bo'lgandan keyin o'sishdan to'xtaydigan oxirgi (detarminant) tipdagi shoxlar chiqib, shoxlanishni to'xtatib qoladi. Ularda bosh poyaning o'sishi o'simlikka nisbatan barvaqt tugaydi. Mevalarining uzunligi bo'yicha 3-70 sm gacha, og'irligi - 20-300 gr, rangi - oqdan to'q yashilgacha, tekisligi - tekisdan qovurg'ali va tikanak dumboqchali bo'lishi mumkin. Bodring bir uyli ikki jinsli o'simlik erkak gullari shoda tarzida tugunchaga birlashgan. Ularda 5 ta changchi bo'lib, ularning 4 tasi birlashib o'sgan, urg'ochi gullari yakka, ba'zan 2-3 tadan bo'lgan, urug'chali, 3 uyali, tugunchada 4-5 ta urug' hosil bo'lgan. Gullari o'simlikda unib chiqqandan 35-55 kunda ochila boshlaydi. Urg'ochi gullar erkak gullarga nisbatan 6-7 kun keyin ochiladi. O'simliklarning pastki qismida - faqat erkak gullari, o'rta qismida ham erkak va ham urg'ochi gullari, uchki qismida esa asosan urg'ochi gullari joylashadi. Katta - kichikligi va fertilligi bo'yicha (o'simlikda erkak gul) 4 xil bo'lib : Yuksak (97-98%) darajadan fertillikka ega eng yirik gullar. (Ular novdaning birinchi qismida bo'lib endi gulga kiriyotgan va yalpisiga gullagan paytda hosil bo'ladi.) Fertilligi yuqori (yirik, o'simlik qiyg'os gullaganda novdaning ikkinchi qismida ochiladi.) Mayda steril gullar novdaning ikkinchi qismida o'simliklar qiyg'os gullaganda ochiladi. O'simlikning uchki qismidagi mayda steril gullar gullanishning oxiriga kelib ochiladi. Uzbekskiy 740 navida ...

Joylangan
17 Sep 2023 | 11:12:28
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.22 MB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:08
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
17 Sep 2023 [ 11:12 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.22 MB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:08 ]
Arxiv ichida: ppt