Boshoyoqli molyuskalar sinfi

Boshoyoqli molyuskalar sinfi

O'quvchilarga / Botanika
Boshoyoqli molyuskalar sinfi - rasmi

Material tavsifi

A - kalmar; В - osminog; D - karakatitsa. Boshoyoqli molyuskalar sinfi Boshoyoqli molyuskalar sinfiga umumiy tavsif Boshoyoqli molyuskalarning tashqi va ichki tuzilishi Boshoyoqli molyuskalarning ko'payishi va rivojlanishi amaliy ahamiyati va ekologiyasi To'rt jabrali va ikki jabralilar kenja sinfi va ularning turkumlari Boshoyoqli molluskalar sinfi. Boshoyoqlilar oyog'ining oldingi qismi o'zgarib, paypaslagichlarni hosil qiladi (34-rasm). Gavdasining uzunligi 1 sm dan 5 m gacha bo'lib, bosh va tana qismlariga ajraladi. Oyoqlari asosida voronkasi joylashgan. Tanasi qalin muskulli mantiya bilan o'ralgan. Chig'anogi yo'qolib ketgan. Og'iz teshigi atrofida 8 yoki 10 ta paypaslagichlari bo'ladi. Paypaslagichlarida juda ko'p so'rg'ichlar joylashgan. Boshoyoqlilarning bosh miyasi juda kuchli rivojlangan bo'lib, ular xilma-xil va murakkab refiekslar hosil qiladi. Boshoyoqlilar mantiya bo'shlig'iga suv o'tib turadi. Ular suvni mantiya bo'shlig'idan voronkasi orqali katta bosim ostida siqib chiqarib, reaktiv harakat qiladi. Orqa ichagiga siyoh xallasi yo'li ochiladi. Ular xavf tug'ilganida suvga siyoh chiqarib, dushmandan qutulib qoladi. Boshoyoqli molluskalar okean va ochiq dengiziarda tarqalgan; tropik dengiziarda ayniqsa ko'p uchraydi. 650 ga yaqin tun ma'lum. Kalmar, karakatitsa, sakkizoyoqning asosiy ozig'i krablar, baliqlar, molluskalar hisoblanadi. Ular go'shli uchun ko'plab ovlanadi. Molluskalar tanasi mantiya teri bilan qoplangan. Mantiya tanasi sirtida chig'anoq hosil qiladi: tana bo'shlig'i biriktiruvchi to'qima bilan to'lgan. Mantiya bilan tanasi oralig'ida mantiya bo'shlig'i hosil bo'ladi. Mantiya bo'shlig'ida jabralar joylashgan; bu yerga ichki organlar yo'li ochiladi. Molluskalarning ovqat hasm qilish, nafas olish, ayirish, nerv, qon aylanish, jinsiy sistemasi rivojlangan. Qon aylanish sistemasi ochiq, yuragi rivojlangan. Molluskalar qorinoyoqlilar, ikki pallalilar, boshoyoqlilar sinflariga bo'linadi. Oziqlanishi. Og'iz teshigi oyoqning asosida joylashgan. Kirish sifoni orqali mantiya bo'shlig'iga suv bilan birga organik zarralar, sodda hayvonlar va boshqa mikroskopik jonivorlar kiradi. Og'iz oldida joylashgan ikki juft paypaslagichlari oziqni tutib qoladi va hazm qilish sistemasiga yo'naltiradi. Nafasolish sistemasi. Nafas olish organi - jabralar oyog'ining ikki yonidagi mantiya bo'shlig'ida joylashgan . Jabralarning sirtida va mantiya pardasida joylashgan kiprikchalarning harakati tufayli suv mantiya bo'shlig'iga kiradi va jabralarni yuvib, chiqarish sifoni orqali chiqib ketadi. Suvda erigan kislorod jabralarga o'tadi, jabraiardan esa karbonat angidrid suvga ajralib chiqadi. Kislorod jabradan qon oqimi bilan hamma organlarga tarqaladi. Qon aylanish, ayirish va nerv sistemalari suv shillig'inikiga o'xshash. Tanasidagi uch juft nerv lugunlari nerv tolalari yordamida o'zaro tutashgan. Maxsus sezgi organlari bo'lrnaydi. Ko'payishi va rivojlanishi. Baqachanoq ayrim jinsli, lekin erkak va urg'ochisini farq qilib bo'lmaydi. Tuxumlari jabralar sirtida rivojlanadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar suvga chiqadi. Bu lichinkalar chig'anog'idagi tishchalar yoki yopishqoq iplari yordamida baliqlarning terisiga yopishib, parazit hayot kechirishga o'ladi. Parazit ta'sirida baliq ierisida shish hosil bo'ladi. Shish ichida lichinka juda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 531.01 KB
Ko'rishlar soni 142 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:08 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 531.01 KB
Ko'rishlar soni 142 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga