Botanikaning bo'limlari. O'simliklarning ahamiyati

Botanikaning bo'limlari. O'simliklarning ahamiyati

O'quvchilarga / Botanika
Botanikaning bo'limlari. O'simliklarning ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Botanikaning bo'limlari. O'simliklarning ahamiyati Reja: 1. Botanikaning bo'limlari 2. O'simliklarning tabiatdagi va inson faoliyatidagi ahamiyati 3. Botanika fanining rivojlanish tarixi 4. O'simlik hujayrasi 5. Yadro, uning tuzilishi Botanikaning bo'limlari Aytib o'tilgani singari botanika biologiyaning tarkibiy qismidir. Botanikaning obyekti faqat quruqlikdagi emas, balki, dunyo okeani va atmosferadagi o'simliklar hamdir. Botanika o'z navbatida qator bo'limlarga bo'linib, ular esa o'simlik va o'simliklar qoplamining rivojlanish qonuniyatlari, tuzilishi va hayotini o'rganadi Morfologiyaning vazifasi - o'simlik xili yoki uning alohida olingan qismining rivojlanishi va paydo bo'lishi qonuniyatlarini o'rganishdir. O'simlik organlarining tuzilishi va rivojlanishini ikki aspektda: I) Alohida olingan o'simlik tupining individual rivojlanishi - ontogenezda; II) Turning yoki turkumning tarixiy taraqqiyoti - filogenezda o'rganadi. O'simliklar morfologiyasi - bu botanikaning eng yirik va ancha ilgari shakllangan bo'limidir. U grekchadan olinib, morfe - shakl, logos - fan degan ma'noni anglatadi. O'simliklar sistematikasi - botanikaning eng qadimgi bo'limlaridan biridir (lot. sistematikus- sistema yoki tartibga solish). Inson o'simliklarni dastlab tanib boshlagan davrdayoq unga turli nomlar bera boshlagan. O'simliklar sistematikasi o'simliklar olamining turli vakillarini, ularning qon-qardoshligi, filogeniyasi va turli xossalarining yig'indisiga ko'ra ularni klassifikatsiyalaydi. O'simliklar fiziologiyasi - turli xil hayotiy jarayonlar, jumladan nafas olish, assimilyatsiya, modda almashinuvi, o'sish va rivojlanish kabilarni o'rganadi. Hozirgi paytda bu bo'lim taraqqiy etib o'simliklar bioximiyasi va biofizikasi kabi yangi yo'nalishlar paydo bo'ldi. O'simliklar geografiyasi - turli xil geografik zonalarda o'simliklarni tarqalish va taqsimlanish qonuniyatlarini o'rganadi, Bulardan tashqari u o'simliklarning floristik geografiyasi va fitotsenologiyani birlashtiradi. Floristik geografiyaning birligi bu - arealdir. Areal deb turning yer yuzida egallagan maydoniga aytiladi. O'simliklar ekologiyasi - tevarak atrofdagi muhitning o'simliklar bilan aloqasini o'rganadi. Shuningdek, o'simlik organizmini muhitga moslashishi qonuniyatlari hamda muhim faktorlar: issiqlik, namlik, tuproq va boshqalarning o'simlik organizmiga ta'siri, o'simlikning muhitni o'zgartiruvchi xususiyatini va hoka'zolarni o'rganadi. Mikrobiologiya - bu fan mikroblar, ya'ni bakteriyalar va ayrim zamburug''lar hayot jarayonidagi xususiyatlarini o'rganadi. O'simliklarning tabiatdagi va inson faoliyatidagi ahamiyati O'simlik va muhit orasida murakkab aloqadorlik mavjud. O'simliklar tabiatdagi modda almashinuvi jarayonida muhim rol o'ynaydi. Yashil o'simliklar planetamizdagi hayotning asosiy manbaidir. Quyoshdan keladigan yorug'lik energiyasi yashil o'simliklar tomonidan o'zlashtirilib, ularning hujayrasida ximiyaviy energiyaga, uning yordamida esa o'simlikka atrof-muhitdan keladigan noorganik moddalar organik moddalarga, ya'ni oqsil, yog', uglevod, vitamin, organik kislotalar va boshqalarga aylantiriladi. Quruqlik va suvda o'sadigan o'simliklar fotosintez natijasida har yili 450 mlrd tonna organik modda hosil qiladi. O'simliklar inson hayotida juda katta ahamiyatga egadir, chunki inson o'simliklardan o'zini turli ehtiyojlari uchun foydalanadi. Ovqat bo'ladigan o'simliklardan dunyoning hamma joylarida ekiladigan g'alla o'simliklari inson uchun juda katta ahamiyatga egadir. G'alla o'simlik-laridan bug'doy, sholi, suli, makkajo'xori, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 680.78 KB
Ko'rishlar soni 181 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:09 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 680.78 KB
Ko'rishlar soni 181 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga