BUG'DOYDOSHLAR (BOSHOQDOSHLAR)OILASI -Ta'limiy;O'quvchilarda gulli o'simliklarning tuzilishi haqida ta'limni shakllantirish. -Tarbiyaviy;O'quvchilarda axloqiy sifatlarni shaqlantirish. -Rivojlantiruvchi; Dars jarayonida bilm va axloqiy fazilatlarni rivojlantirish. Darsning maqsadi: Bu oilaga Yer sharidagi quruqlikning deyarli hamma qismida tarqalgan 600 turkum va 10 00 ga yaqin turga mansub bir yillik, ikki yillik va ko'p yillik o'tlar, qisman daraxtsimon o'simliklar kiradi. O'zbekistonda bug'doydoshlarga mansub 91 turkumga kiruvchi 271 tur o'simlik o'sadi. Bug'doydoshlarning ildizi qo'shimcha ildizlar yig'indisidan tashkil topgan popukildiz tizimli. Poyasi silindrsimon, tik o'sadi, bo'g'imlarga bo'lingan. 100 - (150-200). Bug'doydoshlarga mansub o'simliklar poyasi poxol yoki somon poya deb ataladi. Barglari oddiy, ikki qator bo'lib bo'g'imlarda o'rnashgan. Barg ikki qismdan: poyani o'rab olgan pastki qismdan - barg qinidan va qayrilgan qayishsimon, nashtarsimon, tuxumsimon yoki bigizsimon shaklli barg yaprog'idan iborat. Barg yaprog'ining tagida yoki uning qindan ajralgan yerida kichkina, yupqa, pardasimon o'simta bo'ladi. U tilcha deb ataladi. Tilcha yomg'ir paytida, barg qinining ichiga suv kirishidan saqlaydi. Bug'doydoshlar oilasi haqida Gullari mayda, rangsiz, ko'kimtir, boshoqchalarda joylashgan. Boshoqchalar esa 1 - 10 yoki undan ko'p gulli bo'lib, o'z navbatida murakkab boshoq, so'ta, ro'vak sulton kabi to'pgulga yig'ilgan. Gullari ikki jinsli yoki bir jinsli. Har bir boshoqcha ostidan ikkita (ostki va ustki) boshoqcha qipig'i bilan o'ralgan. Uning ichida ikki gul qipig'i bilan o'ralgan gulning asosiy qismi - changchilar va urug'chi o'rnashgan. Gul qipig'ining boshoqcha o'qidan chiqqan etli va kattarog'i ostki gul qipig'i, uning qarshisidagi gulbanddan chiqqan, kichikroq, nozik va mayini ustki gul qipig'ideyiladi. Changchilari ko'pchiligida 3 ta, ba'zan 2 ta yoki 6 ta. Urug'chisi bitta, tumshuqchasi 2 - 3 ta bo'lib, patsimon shoxlangan. Mevasi quruq, bir urug'li dondir. Adirning yuqori va tog'ning o'rta qismida joylashgan yalangliklarda bo'yi 50 - 150 sm keladigan piyozli arpa o'sadi. Uni javdar, xarduma, tak-tak, tog'arpa deb ham atashadi Gullari haqida 1. Bug'doydoshlar oilasiga xos asosiy belgilar qaysilar? 2. Bugldoyning ildizi qanday ildizga kiradi? 3.Bug'doydoshlar oilasiga kiruvchi yovvoyi o'simliklardan qaysilarini bilasiz? 4. Bug'doydoshlar oilasiga mansub o'simliklarning xalq xo'jaligidagi ahamiyati nimalardan iborat? Mavzu yuzasidan savollar: Darsni yakunlash Uyga vazifa: Shu mavzuni oqib o'ganish. ...

Joylangan
17 Sep 2023 | 11:12:28
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
541.75 KB
Ko'rishlar soni
194 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:09
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
17 Sep 2023 [ 11:12 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
541.75 KB
Ko'rishlar soni
194 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:09 ]
Arxiv ichida: pptx