MAVZU: BUXORO TUMANI DORIVOR O'SIMLIKLARI VA ULARNING AHAMIYaTI. Insonlar o'simliklardan kasalliklarning oldini olish va davolash maqsadlarida foydalanib kelgan. Hozirgi davrda kimyo fani rivojlanib, samarasi yuqori bo'lgan sintetik dori moddalari ishlab chiqarilayotganiga qaramay dorivor o'simliklar tabobatda o'z qimmatini yo'qotgani yo'q. Aksincha, unga qiziqish va talab yana oshib ketdi. Odamlar ko'pincha dorivor o'simliklarni yig'ib, undan uy sharoitida o'zlari dori tayyorlab oladilar. Bunday holatlar salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, tabiatda tashqi ko'rinishidan dorivor o'simliklarga o'xshagan zaharli o'simliklar yoki ham zaharli, ham dorivor o'simliklar uchraydi. Masalan: bangidevona, qora ituzum. Shuning uchun dorivor o'simlik larni yig'ishdan avval ularning botanik belgilarini, yig'ib olinadigan muddatini bilib olish kerak bo'ladi. Dorivor moddalar o'simliklarning bazilarida ko'rtagida, bargida yoki poyasida, bazi o'simliklarning guli yoki mevasida, bazilarini esa ildizi yoki po'stlog'ida to'planishi mumkin. Bu esa ularni biologik xususiyatlarini bilmasdan turib, ulardan foydalanish salbiy oqibatlarga olib kelishiga sabab bo'ladi. Mazkur holatlarning barchasi mavzuning dolzarbligini belgilab beradi. Dorivor o'simliklarni o'rganishdan maqsad ularni biologik xususiyatlarini o'rganish, hududdagi dorivorlik xususiyati bo'lgan o'simliklarni aniqlash va ular to'g'risidagi ma'lumotlarni to'plash. Tabiiy dorivor giyohlarni aniqlashda hayvonlar ustidagi kuzatishlar ham yordam bergan. Ayrim hayvonlar kasalliklardan malum bir o'simlikni istemol qilib tuzalib ketishgan. Masalan, yaralangan kiyiklar mo'miyo yoki kiyik o'tini aniqlashga yordam berishgan. Umuman olganda dorivor giyoh va o'simliklardan foydalanish o'zining qadimiy zaminiga ega. Bu zamin qadimiy hind tabobatidan boshlangan desak xato qilmaymiz. Hind tabobatida dori-darmonlari haqidagi ma'lumotlarni ulug' hakim Sushrut (eramizgacha bo'lgan VI asrda yashagan) yozib qoldirgan Ayur-veda nomli mashhur kitob sahifalari bizgacha olib kelingan. Bu nodir kitobda 700 ta shifobahsh giyohlarga tavsif berilib, o'ziga xos meditsina qonun-qoidalari asosida ularda foydalanish omillari bayon qilingan. qadimgi O'rta Osiyo olimlari sharq tabobatini chuqur o'rganib, uni malum bir uslubiyatga solishga harakat qilishgan. Dorivor o'simliklarga oid juda ko'p kitoblarni boshqa tillardan arab tiliga tarjima qilishgan. Ana shular asosida sharqlik buyuk olim va mutafakkil Abu Ali ibn Sino o'zining mashhur Tib qonunlari asarini yaratgan. Ushbu asarda olim 900 ga yaqin dorivor o'simliklardan foydalanish usullarini ko'rsatib berdi. Arxeologiya bo'yicha qazish ishlari shuni ko'rsatadiki, qadimgi Muvorounnahr shaharlari bulmish Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz va boshqa shaharlarda qadimgi dorixonalar mavjud bo'lgan. Bu yerda asosan o'simlik va hayvonot dunyosidan olingan xom ashyolardan har xil dori-darmonlar tayyorlangan. Hozir O'zbekiston hududida tabiiy sharoitda o'sadigan va madaniylashtirilgan 120 ga yaqin o'simliklardan ilmiy meditsinada foydalanilmoqda. Tabiiy holda o'sadigan dorivor o'simliklar O'zbekistonning deyarli hamma viloyatlaridagi dalalarda, cho'llarda, begona o't sifatida ekinlar orasida o'sadi. Uchma bir yillik, bo'yi 1-7 sm gacha etadigan o't o'simlik. Poyasi bargsiz bo'ladi. Bargi uzun bandli, uch ...

Joylangan
17 Sep 2023 | 11:12:28
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.37 MB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:09
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
17 Sep 2023 [ 11:12 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.37 MB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:09 ]
Arxiv ichida: pptx