Changlanish xillari va ahamiyati

Changlanish xillari va ahamiyati

O'quvchilarga / Botanika
Changlanish xillari va ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Changlanish xillari va ahamiyati Reja 1. Changlanish - otalanish haqida umumiy tushuncha. 2. Gullarning hashoratlar yordamida changlanishi. 3. Gullarning shamol yordamida changlanishi. 4. Gullarning o'z-o'zidan changlanishi. 5. Sun'iy changlanish. Changlanish- Otalanish Changning otalanish changdonidan onalik og'izchasiga kelib tushishi changlanish deyiladi. Changlanishi 2 xil bo'ladi: 1. O'zidan changlanish-Avtogamiya 2. Chetdan changlanish-Ksenogamiya 3. O'z-o'zidan changlanish. Bu jarayon quyidagicha kechadi. 1) Avtogamiya - urug'chining tumshuqchasiga shu gulning changdonidan chiqqan chang tushadi. Bunday changlanish asosan 2 jinsli gullarida o'tadi. 2) Geytenogamiya - bir o'simlik individuli o'rtasida bo'ladi, ya'ni bir gul changdonidan chiqqan chang shu o'simlik individumidagi ikkinchi gulning tumshuqchasiga tushadi. 3) Kleystogamiya - bunda gul ochilmasdan oldin, ya'ni yopiqlik paytida changlanish bo'ladi. Kleystogam gullarni binafsha (viola), yeryong'oq (Arachis), arpa (Hordeum) o'simliklarida ko'rish mumkin. Buyuk biolog Charlz Darvin o'zining 27 yil mobaynida o'simlik gulining tuzilishini o'rgandi. CH.Darvin changlanish usullarini tekshirib ko'rdi. Darvin o'simliklarning o'zidan changlanishi tabiatda ozroq bo'lishi, chetdan changlanish esa ko'proq bo'lishini ko'rdi. Darvin o'simliklarning o'zidan changlanishida hosili sog'lom bo'lmasligini, chetdan changlanishda hosili sog'lom va o'zgaruvchan bo'lishini ta'kidlab o'tadi. Ivan Vlad, Michurin o'simliklarning chetdan changlanishini evolyutsiya taraqqiyot davrida progressiv faktor deb hisobladi. O'zidan changlanuvchi o'simliklarga: arpa, bug'doy, no'xat, loviya, suli, tariq, pamidor, g'o'za, zig'ir kiradi. Bu o'simliklar ba'zan chetdan ham changlanib turadi. Ba'zan paxta, zig'ir 3-5% chetdan changlanadi. Ba'zida ularda chetdan changlanish 50% gacha boradi. Faqat o'zidan changlanuvchi o'simliklar juda kam uchraydi. Bularning gullari mayda, ko'rimsiz va ochilmaydigan bo'ladi. Bunday gullarni kleystogamiya deyiladi. Mas. Yeryong'oq (Arachis), arpa (Hordeum). Yeryong'oqning yer ustidagi gullari hosil bermay, tuproq ostki kleystogamiya gullari hosil beradi. Binafsha (viola) ning bahorgi chiroyli gullari hosil bermaydi. Yozgi ko'rimsiz gullar esa hosil beradi,o'zidan changlangan bo'ladi. (Fabaceae) Dukkaklilar oilasidagi ba'zi o'simliklarning loviya, no'xat g'unchalik vaqtida o'zidan changlanadi. Arpa, bug'doylarning ham gullari qinli barglardan ochilmasdan turib, changlanib qo'yadi. O'simliklarning ko'pchiligi odatda chetdan changlanadi. Shu jumladan 2 jinsli gullar ham chetdan changlanadi. Chunki bu gullarda otalik-onaliklari bo'lsa ham ular bir vaqtda voyaga yetmaydi. Bunday hodisani dixogamiya deyiladi. (dixo-ayrim). Ba'zan o'simliklarning otaligi oldin yetishadi. Bunday o'simliklar protandriya deyiladi. (protos-oldin,andriya-mujchina). Bularga astradoshlar (Asteraceae), chinni-guldoshlar (Caryophyllaceae), yasnotkadoshlar (Lamiaceae), kiruvchi o'simliklar misol bo'ladi. Chetdan changlanish 2 narsa ishtirokida bo'ladi: 1. Shamol -Anemofil-veteropilyayemiye rast. 2. Xashoratlar yordamida -Entomofiliya-nasekomoopilyayemiye. Ba'zi o'simliklar, mayda qushlar, mayda hayvonlar yordamida changlanadi. Hashoroatlar yordamida changlanishni entomofiliya deyiladi. Entomofil o'simliklarning guli yaxshi rivojlangan, ko'pincha to'pgullarga birlashgan bo'ladi. Gultoj barglari yaqqol ko'zga tashlanadi. Ranglari: oq, pushti, sariq, ko'k, qizil. Gullarida nektar bezlari yaxshi rivojlangan changlari yirik tukli yopishqoq bo'ladi. O'rik, gilos, shaftoli, anjir, nok kabi daraxt o'simliklar hashoratlar yordamida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 599.24 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:09 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 599.24 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga