Changlanish xillari. Chetdan va o'z-o'zidan changlanish

Changlanish xillari. Chetdan va o'z-o'zidan changlanish

O'quvchilarga / Botanika
Changlanish xillari. Chetdan va o'z-o'zidan changlanish - rasmi

Material tavsifi

Changlanish xillari. Chetdan va o'z-o'zidan changlanish Reja: 1. Changlanish va otalanish xaqida tushuncha. 2. O'z-o'zidan changlanish. 3. Сhetdan changlanish. 1. Changlanish va otalanish xaqida tushuncha. Changning otalanish changdonidan onalik og'izchasiga kelib tushishi changlanish deyiladi. Changlanishi 2 xil bo'ladi: 1. O'zidan changlanish-Avtogamiya 2. Chetdan changlanish-Ksenogamiya 3. O'z-o'zidan changlanish. Bu jarayon quyidagicha kechadi. 1) Avtogamiya - urug'chining tumshuqchasiga shu gulning changdonidan chiqqan chang tushadi. Bunday changlanish asosan 2 jinsli gullarida o'tadi. 2) Geytenogamiya - bir o'simlik individuli o'rtasida bo'ladi, ya'ni bir gul changdonidan chiqqan chang shu o'simlik individumidagi ikkinchi gulning tumshuqchasiga tushadi. 3) Kleystogamiya - bunda gul ochilmasdan oldin, ya'ni yopiqlik paytida changlanish bo'ladi. Kleystogam gullarni binafsha (viola), yeryong'oq (Arachis), arpa (Hordeum) o'simliklarida ko'rish mumkin. Buyuk biolog Charlz Darvin o'zining 27 yil mobaynida o'simlik gulining tuzilishini o'rgandi. CH.Darvin changlanish usullarini tekshirib ko'rdi. Darvin o'simliklarning o'zidan changlanishi tabiatda ozroq bo'lishi, chetdan changlanish esa ko'proq bo'lishini ko'rdi. Darvin o'simliklarning o'zidan changlanishida xosili sog'lom bo'lmasligini, chetdan changlanishda xosili sog'lom va o'zgaruvchan bo'lishini ta'kidlab o'tadi. Ivan Vlad, Michurin o'simliklarning chetdan changlanishini evolyutsiya taraqqiyot davrida progressiv faktor deb xisobladi. O'zidan changlanuvchi o'simliklarga: arpa, bug'doy, no'xat, loviya, suli, tariq, pamidor, g'o'za, zig'ir kiradi. Bu o'simliklar ba'zan chetdan ham changlanib turadi. Ba'zan paxta, zig'ir 3-5% chetdan changlanadi. Ba'zida ularda chetdan changlanish 50% gacha boradi. Gullarning o'z-o'zidan changlanishi. Agar bir tup o'simlik changchisidagi chang shu guldagi urug'chining tumshuqchasiga tushsa bunday changlanish o'z-o'zidan changlanish deyiladi. Bunday changlanish changdondagi chang va urug'chilar bir vaqtda yetilgandagina sodir boladi. o'z-o'zidan changlanadigan o'simliklarda, odatda, urug'chi changchiga nisbatan qisqaroq bo'ladi. Faqat o'zidan changlanuvchi o'simliklar juda kam uchraydi. Bularning gullari mayda, ko'rimsiz va ochilmaydigan bo'ladi. Bunday gullarni kleystogamiya deyiladi. Mas. Yeryong'oq (Arachis), arpa (Hordeum). Yeryong'oqning yer ustidagi gullari xosil bermay, tuproq ostki kleystogamiya gullari xosil beradi. Binafsha (viola) ning bahorgi chiroyli gullari xosil bermaydi. Yozgi ko'rimsiz gullar esa xosil beradi,o'zidan changlangan bo'ladi. (Fabaceae) Dukkaklilar oilasidagi ba'zi o'simliklarning loviya, no'xat g'unchalik vaqtida o'zidan changlanadi. Arpa, bug'doylarning ham gullari qinli barglardan ochilmasdan turib, changlanib qo'yadi. O'simliklarning ko'pchiligi odatda chetdan changlanadi. Shu jumladan 2 jinsli gullar ham chetdan changlanadi. Chunki bu gullarda otalik-onaliklari bo'lsa ham ular bir vaqtda voyaga yetmaydi. Bunday xodisani dixogamiya deyiladi. (dixo-ayrim). Ba'zan o'simliklarning otaligi oldin yetishadi. Bunday o'simliklar protandriya deyiladi. (protos-oldin,andriya-mujchina). Bularga astradoshlar (Asteraceae), chinni-guldoshlar (Caryophyllaceae), yasnotkadoshlar (Lamiaceae), kiruvchi o'simliklar misol bo'ladi. O'simliklarda otaliklaridan oldin onaliklari yetishi xodisai ham bo'ladi. Buni protogeniya deyiladi. karamguldoshlar (Brassicaceae), atirguldoshlar (Roseceae), zikrdoshlar (Berberidaceae). Ba'zan o'simliklar otalik, onaliklari baland past joylashgan bo'ladi. Bular geterostiliya deyiladi. M,primula (Primula) grechixa (Fagopyrum). Shuningdek ba'zi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.76 MB
Ko'rishlar soni 194 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:09 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.76 MB
Ko'rishlar soni 194 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga