Chinnigulnamolar qabilasi

Chinnigulnamolar qabilasi

O'quvchilarga / Botanika
Chinnigulnamolar qabilasi - rasmi

Material tavsifi

Chinnigulnamolar qabilasi CHINNIGULKABILAR CARYOPHYLLIDAE SINFCHASI Chinnigulkabilar qandaydir qadimgi Ayiqtovonkabilardan kelib chiqkan deb karaladi. Bu sinfcha vakillari arid (qurg'oqchil) zonalarda o'sishga moslashgan. Shuning uchun ular cho'l va yarim cho'llarda ancha keng tarqalgan. Lyokin tog' zonalarida ayniqsa chinniguldoshlar oilasiga mansub o'simliklarni ko'plab uchratish mumkin. Sinfcha vakillari asosan ut va butalar yoki past buyli daraxtlardan iborat. Gullari asosan ikki jinsli, kamdan-kam hollarda bir jinsli. Bu sinfcha 3 ta qabila, 19 ta oila, 650 turkumga mansub 11500 ga yaqin to'rni o'z ichiga oladi. SHURADOSHLAR CHENOPODIACEAE OILASI. Bu oilaga bir yillik, ikki yillik, ko'p yillik, yarim buta, buta va kichchik daraxtlar kiradi. Oila vakillarining barglari oddiy, ketma-ket, qarama-qarshi joylashgan. Gullari mayda, kurimsiz, gulqurg'oni oddiy, 5 bo'lakli, changchilari ham 5 tadan, urug'chisi 2-5 mevachi barglardan iborat. Shuradoshlarga mansub o'simliklar cho'l va yarim cho'llarda o'sadi. Bu oilaga 110 ga yaqin turkum va 1600 tur kiradi. O'zbyokistonda bu turkumga mansub 176 turi o'sadi. Shuradoshlarga vakil qilib oddiy lavlagi (Beta vulgaris) ni olish mumkin. U ikki yillik o'simlik. Uning tarkibida 22 foiz kand bor, xashaki lavlagi, osh lavlagi yoki sabzavot lavlagi; barg lavlagi kabi tur va navlari bor. GULTOJXUROZDOSHLAR AMARANTHACEAE OILASI. Bu oilaga 65 turkum, 850 turdan ortiq bir yillik, ko'p yillik o'tlar yoki chala butalar kiradi. O'zbyokistonda ikkita turkumi, 11 ta turi uchraydi. Ularning poyasi tik yoki yer bag'irlab o'sadi. Barglari oddiy, bandli, ketma-ket yki qarama-qarshi joylashadi, yon bargchasiz. Gullari bir jinsli yoki ikki jinsli, mayda, yashil yoki rangsiz. Changlari 3-5 ta, ba'zan tagi birikib tugunchani urab oladi. Tugunchasi ustki, mevasi bir yoki ko'p urug'li ko'sakcha. Bu sila vakillari tropik va subtropik mamlakatlarda keng tarqalgan. Peruda gultojxurozlar donli ekin sifatida ekiladi. Machin (Amaranthus retroflexus) begona ut sifatida ekinlar orasida o'sadi. Gultojxuroz (Celoxia cristata) manzarali o'simlik sifatida o'stiriladi. Kizil machin A. mracandatus Yevropava AKSH da hozir O'zbyokistonda ham yem xashak sifatida ekiladi. Machinlar juda serpusht bo'lib, bir tup o'simlik 500-100 tagacha urug' beradi. CHINNIGULDOSHLAR CARYOPHYLLACEAE OILASI. Bu oilaga 80 ta turkumga mansub 200 tur o'simlik kiradi. O'zbyokistonda 24 turkumiga oid 122 turi o'sadi. Bu oila vakillari bir yillik, ko'p yillik o'tlar bo'lib, barglari qarama-qarshi joylashgan. Gullari 5 doirali. Changchilari 4-5-10 ta, urug'chisi 1-2-5 ta, tugunchasi ustki, mevasi ko'sak. Ular yer sharining hamma zonalarida o'sadi. Chinniguldoshlar oilasiga mansub 10 ta tur O'zbyokiston kizil kitobiga kiritilgan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 223.95 KB
Ko'rishlar soni 147 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:10 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 223.95 KB
Ko'rishlar soni 147 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga