Chinorkabilar sinfchasi (Hamamelididae)

Chinorkabilar sinfchasi (Hamamelididae)

O'quvchilarga / Botanika
Chinorkabilar sinfchasi (Hamamelididae) - rasmi

Material tavsifi

Chinorkabilar sinfchasi - Hamamelididae Reja: 1. Sinfchaning muhim belgilari. 2. Sinfchani qabila va oilalarga bo'linishi, ularning asosiy vakillari va tarqalishi. 3. Ahamiyati. Bu sinfchaga asosan daraxt va buta kamdan-kam xollarda chalabuta o'simliklari kiradi. Barglari oddiy, ketma - ket, ba'zan qarama - qarshi joylashgan. Gullari ikki jinsli yoki bir jinsli. Gul qo'rg'oni oddiy yoki gulqo'rg'onsiz. Ginitseyi apokarp yoki sinkarp tipda. Chinorkabilar sinfchasi - Hamamelididae Chinordoshlar oilasi hozirgi vaqtda 17 ta qabilani o'z ichiga oladi. Chinornamolar qabilasi-Hamamelidales. Qabila 4 ta oilani birlashtiradi Hamamelidaceae Rhodoleiaceae Altingiaceae Platanaceae Chinordoshlar oilasi - Platanaceae Bu oila vakillari baland bo'yli 25 -50 m. ga etadigan daraxt o'simliklar. Ularning tanasi ko'kimtir ko'k rangda bo'lib, po'stlog'i ajralib tushib ketadi. Barglari ketma-ket joylashgan, oddiy, panjasimon tuzilishga ega. Guli yumaloq sharsimon to'pguldan iborat, bir jinsli, bir o'yli, gulkurg'oni bor yo'qligi haqida har xil fikrlar bor. Ayrim mutaxassislar kosacha va tojbarga ega deb hisoblaydi. Oilaning bitta turkumi Chinor (Platan) bo'lib, uning 10 turi ma'lum. Ular Shimoliy Amerika, O'rta yer dengizi qirg'oqlari bo'ylab, to Ximolay tog'larigacha bo'lgan joylarda uchraydi. Oilaning gul formulasi: Û♂Ca3-4(5),Co3-5,A3-8,♀P4G(1-2) Ahamiyati: Chinorning har ikkala turi ham yog'ochining pishiqligidan mebellar tayyorlashda va manzarali o'simlik sifatida foydalaniladi. O'rta Osiyo sharoitida sharq, chinori (P. orientalis) keng tarqalgan. Bu chinor turi ko'p yil yashaydigan daraxt, 2300 yil yashashi mumkin. Chinorning ikkinchi turi g'arb chinori (P. accidentales). Bu turi O'rta Osiyo Respublikalarining Janubiy qismlarida uchraydi. U sharq chinoridan bargining 3 bo'lakka bo'linganligi bilan farq qiladi. Oilaning gul formulasi: Û♂Ca3-4(5),Co3-5,A3-8,♀P4G(1-2) Qayinnamolar qabilasi - Betulales Bu qabila faqat Qayindoshlar (Betulaceae) oilasidan tashkil topgan. Uning hozirgi vaqtda 6ta turkum, 150ga yaqin turi ma'lum. Ular Shimoliy yarim sharning mo'tadil va sovuq iqlimli zonalarida tarqalgan. Oila vakkillarini barglari oddiy, poyada ketma-ket joylashgan. Gullari bir uyli, ba'zan ikki uyli daraxt va buta o'simliklardir. Gul formulasi: Û ♂ P2A2-12G0, Û ♀ P0 A0 G(2)‾ Ahamiyati: Oila vakillarining po'stloqlarida oshlovchi va bo'yoq moddaldari bor. Bulardan tashqari po'stlog'ida yana qayin komforasi, betulin va efir moy bo'ladi. Tanasining bahordagi shirasi tarkibida qand moddasi ham uchraydi. Kayin, ol'xa, grab kabilar manzarali o'simlik sifatida bog' va parklarda ekiladi. Qoraqayinnomalar qabilasi - Fagales Bu qabilaning ham yagona oilasi Qoraqayindoshlar (Fagaceae) hisoblanadi. Oilaning yangi ma'lumotlar bo'yicha hozirgi vaqtda 8ta turkum va 900 ga yaqin turi yer sharining mo''tadil va subtropik iqlimli zonalarida tarqalgan. Belgilari bo'yicha qayindoshlarga o'xshab ketadi. Oila vakillari: 1) Sharq qoraqayini (Fagus orientalis), Qrim va Kavkazda tarqalgan. 2) eman. ( Qvercus). Bu turkumni 200 dan ortiq turi uchraydi. Bular Shimoliy mintaqalarda, Yevropava Amerikada ko'proq tarqalgan. Qizil ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.34 MB
Ko'rishlar soni 120 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:10 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.34 MB
Ko'rishlar soni 120 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga