Cho'llarning O'zbekistondagi o'simliklar olamiga ta'siri

Cho'llarning O'zbekistondagi o'simliklar olamiga ta'siri

O'quvchilarga / Botanika
Cho'llarning O'zbekistondagi o'simliklar olamiga ta'siri - rasmi

Material tavsifi

Cho'llarning O'zbekistondagi o'simliklar olamida ta'siri Reja: Cho'llashish muammosining O'zbekiston Respublikasi iqtisodi va siyosatiga ta'siri. Orol dengizi va uning atrofidagi cho'llashish O'zbekistonda cho'llashish va unga qarshi kurash. Cho'llashish muammosi Cho'llashish muammosining O'zbekiston Respublikasi iqtisodi va siyosatiga ta'siri borasida xulosa qiladigan bo'lsak, albatta, bu o'rinda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning atrof-muhitga ta'sirining uzoq muddatga mo'ljallangan bashoratlari asosidagi yaxlit ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik siyosat yuritilishi talab etiladi. Bizningcha, bu jarayonda, ekologik jihatlar hisobga olingan holda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning zarur me'yoriy-huquqiy qonunchilik asoslari va mexanizmlarini shakllantirish masalalariga alohida e'tibor qaratish kerak bo'ladi. Bunda ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni xalqaro va mintaqalararo darajada hal etish mexanizmlarini ishlab chiqish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Orol muammosi Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2008 yilning mart oyida Toshkentda «Orol muammosi: uning aholi, o'simlik va hayvonot olami genofondiga ta'siri, uning oqibatlarini yumshatish bo'yicha xalqaro hamkorlikdagi choralar» bo'yicha xalqaro konferenstiya o'tkazildi. Anjuman doirasida Deklarastiya qabul qilinib, xalqaro tashkilotlarga, moliya institutlariga, xorijiy va boshqa donor davlatlarga Orolbo'yidagi iqlim o'zgarishi bo'yicha yuzaga kelgan holatni yaxshilashga qaratilgan qator loyihalar taqdim etildi Orolni qutqarish xalqaro jamg'armasi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qabul qilgan qarorlar ijrosini ta'minlash uchun Orolni qutqarish xalqaro jamg'armasi Ijroiya qo'mitasining Nukus filiali tomonidan ham qator loyihalar ishlab chiqildi. Jumladan, 1997-2006 yillar davomida jami 13004,9 million so'mlik 22 ta loyiha tayyorlandi. Shu paytga qadar ularning 14 tasi to'lig'icha amalga oshirilib, 6 ta loyiha asosidagi ishlar davom ettirilmoqda. xalqaro hamjamiyatning tarkibiy qismi hisoblangan Markaziy Osiyo mintaqasining barqaror rivojlanishini ta'minlovchi ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolarni yechishda O'zbekiston XEH masalalariga katta etibor bermoqda. Respublikada tabiatni muhofaza qilish ishlari boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan har tomonlama hamkorlik qilish orqali amalga oshirilmoqda. Mustaqillik yillarida atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning turli jihatlarini tartibga soluvchi ko'plab xalqaro shartnomalar va bitimlar tuzildi. O'zbekiston Respublikasi 1985 yilda bo'lib o'tgan ozon qatlamini himoya qilish (Vena) Konvenstiyasi, 1987 yilgi ozon qatlamini emiruvchi birikmalar bo'yicha Proto­kol (Monreal), 1989 yilgi (Bazel) xavfli chiqindilarni chegaralararo tashishni nazorat qilish Konvenstiyasi, 1992 yilgi (Rio-de-Janeyro) biologik rang-baranglikni saqlash Konvenstiyasi, 1992 yilgi (Nyu-York) iqlim o'zgarishi tug'risidagi Konvenstiyalarga ko'shildi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.56 MB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:10 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.56 MB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga