Choyning kelib chiqishi Choy (Thea) - 1) choydoshlar oilasiga mansub ko'p yillik doim yashil butalar yoki daraxtlar turkumi. Vatani - Jan. Osiyo. Xitoy, Hindiston, Indoneziya, Shri Lanka, Keniya, Argentina asosiy choy yetishtiruvchi mamlakatlar qatorida turadi. Jahon bo'yicha ekin maydoni 2291 ming ga, qosildorligi 1254 kgga, yalpi hosili 2872 ming t (199). 2 turi bor. Xitoy 4.n(T.sinensis; Jan. Sharqiy Osiyoning tog'li rnlarida tarqalgan) butasimon, bo'yi 1 - 3 m, sershox, bargining o'z. 10 sm gacha, shakli ponasimon chuzinchoq. As s om Ch.i (T.assamica; Hindiston o'rmonlarida o'sadi) daraxt, bo'yi tik, shoxlangan, bargining o'z. 7 sm gacha. Bu turga Xitoy va assom Ch.ining tabiiy duragayi bo'lgan Seylon Ch.i ham kiradi. Ildizi o'qildiz, 1-3 m gacha tuproqqa kirib boradi. Guli qizil, oq, chetdan changlanadi, mevasi 3-4 uyali chanoq, 100 dona urug'i vazni 1 kg ga yaqin. Ch. issiqsevar va namsevar o'simlik, -12° ga qadar qisqa sovuqlarga chidaydi. Tropiklarda yil bo'yi o'sadi. 100 y. va undan ortiq yashaydi. 10-70 yoshida yaxshi hosil beradi. Qizil tusli va sariq tusli tuproqlarda yaxshi o'sadi. Urug'i 60-70% namlikda va 20- 25° da unib chiqadi, 4-5 yoshidan boshlab har yili gullaydi. Havo harorati 20° va namligi 70% bo'lgan sharoitlarda yaxshi rivojlanadi. Yosh barglarining tarkibida 72-80% suv va 20- quruq modda, oqsil, tanin (8- ), kofein (2,1-4,2%), qand, organik va aminokislotalar va mineral moddalar (4,7% gacha), V,, RR, V2, S vita'minlari, fermentlar (xlorofill, karotin, ksantofil), efir moyi bor. Ch.ning kimyoviy tarkibi uning yoshiga, turxiliga, bargni terish muddatiga, novdalarining o'sish tezligiga bog'liq. Yosh barglarda ekstraktiv moddalar ko'p. CH. urug'i va qalamchalaridan ko'paytiriladi. Bahorda va kuzda qator oralari kultivatsiya qilinadi, tropik mintaqalarda har 2-3 haftada yumshatiladi, o'g'itlanadi. Ch. o'simligi 2-3 yoshlik bo'lganda tuplarga shakl beriladi, yon shoxlar kesiladi. 6 yoshga yetgan o'simliklardan eng yosh novda uchidagi 2-3 ta barglar - hosil qo'dda may oyidan okt. oyigacha terib olinadi. Yig'ilgan barg 2-3 soat ichida choy fkalariga topshiriladi yoki salqin joylarda saqlanadi. CH. barglaridan choy sanoati korxonalarida qadoqyaangan, barglari o'ralgan qora Ch., ko'k Ch., ko'k va qora taxta (presslangan) Ch. mahsulotlari ishlab chiqariladi. Ba'zi mamlakatlarda (Hindiston, Xitoy, Yaponiya) sariq va qizil Ch. ham tayyorlanadi. Ch. bargining chiqindilaridan kofein, turli vitamin preparatlari va b. dorivor moddalar olinadi. Ch.ning urug'idan olinadigan moy kosmetikada, konserva sanoatida va b.da ishlatiladi. Xitoy va Myanmada yangi Ch. bargi iste'mol (salat va oshko'k) qilinadi. Qora oliy nav Ch. tayyorlash uchun choy bargi 40-50° (suv bug'lanib, mahsulot elastik bo'lishi uchun)da so'ldiriladi, keyin barglar o'raladi va fermentatsiya qilinadi. Fermentlar ta'sirida taninning achchiq fraksiyalari oksidlanadi, ...

Joylangan
17 Sep 2023 | 11:12:28
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.17 MB
Ko'rishlar soni
158 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:10
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
17 Sep 2023 [ 11:12 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.17 MB
Ko'rishlar soni
158 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:10 ]
Arxiv ichida: pptx