Dilleniyakabilar sinfchasi - dilleniidae Reja: 1. Sinfchaning muhim belgilari. 2. Qabila va oilalarga bo'linishi, ularning vakillari, tarqalishi. 3. Ahamiyati. Dilleniyakabilar sinfchasi - dilleniidae Bu sinfchaga hayotiy shakli daraxt, buta va o't o'simliklar kiradi. Barglari oddiy, ba'zan murakkab yonbargchali yoki yonbargchasiz. Gullari har-xil tipda. Gul qo'rg'oni murakkab, ba'zan oddiy. Gultojbarglari erkin yoki bir-biri bilan qo'shilgan. Ginitseyi apokarp yoki tsenokarp. Tugunchasi ostki yoki ustki. Mevalari har-xil tipda. Bu sinfcha filogenetik nuqtai nazardan, Magnoliya kabilar va Ra'nokabilar sinfchasi oralig'ida joylashgan, eng katta guruh hisoblanadi. Uning tarkibiga 31ta qabila kiradi. Tolnamolar qabilasi - Salicales Qabilaga faqat toldoshlar (Salicaceae) oilasi mansub bo'lib, uning uchta turkumi (Salix, Populus, Chosenia) va 400 dan ortiq turi ma'lum. Oila vakillari asosan shimoliy yarim sharning sovuq va o'rta iqlimli mintaqalarida tarqalgan. Ularning ko'p qismi daraxt, barglari ketma-ket joylashgan, oddiy, butun, yonbargchali. Gullari boshoq yoki kuchala to'pgulda joylashgan, bir jinsli, ikki o'yli, shamol yoki hasharotlar yordamida changlanadi. Gulqurg'oni rivojlanmagan. Changchilari 2,3,5 tadan ba'zan 20 qadar etadi. Urug'chisi bitta, ikki mevabargchali. Tugunchasi ustki. Mevasi ko'sakcha. Terak (Populus) Bu turkumning 100 dan ortiq turi ma'lum. O'rta Osiyoda oq terak (P. alba), mirza terak (P.nigra), ko'k terak (P. bachofenii), turanga (P. pruinosa) va boshqalar uchraydi. Tol (Salix) Turkumning 300 dan ortiq turi uchraydi. Ularning kurtaklari bittadan tangacha barg bilan o'ralgan. O'zbekistonda oq tol (Saleix alba), Qora tol (S. excelesa), majnun tol (S.babylonica), singari turlari keng tarqalgan. Ahamiyati: Har ikkala o'simlik ham qurilish material sifatida foydalaniladi. Tolda shirodonlar bo'lgani uchun muhim asal beruvchi o'simlik ham hisoblanadi. Ulardan savatlar tayyorlashda va po'stlog'i ko'nchilikda ishlatiladi. Gul formulasi: Û ♂ P0 A2 G0; Û ♀ P0 A0 G(2) Qovoqnamolar qabilasi - Cucurbitales Qabila tarkibida bitta qovoqdoshlar (Cucurbitaceoe) oilasi mavjud bo'lib, uning 90 turkumga mansub 800 dan ortiq turi, ayniqsa tropik va subtropik mintaqalarda keng tarqalgan. Ularning aksariyat qismi bir yillik chirmashib, yer bag'irlab o'suvchi o'simlik. Barglarini o'zgarishi natijasida gajaklar hosil bo'lgan. Barglari ketma-ket joylashgan, panjasimon. Gullari chetdan changlanadi, bir jinsli, qo'shgulqo'rg'onli, aktinomorf, kosacha va tojbarglari tutash, besh a'zoli, tojbarglari ko'pincha sariq rangli. Oilaning madaniy holda keng tarqalgan turlaridan qovun (Melo orientalis), tarvuz (Citrullus vulgaris), bodring (Cucumis sativus), oddiy qovoq (Ccurbita pepo), qozon yuvgich (Luffa cylyndrica), turqovoq (Lagenaria vulgaris) va boshqalar. Gul formulasi: Û ♂ Ca(5)C0(5)A(2)+ (2)+1 G0; Û ♀ Ca(5)C0(5)A0G(3) Ahamiyati: Oila vakillari muhim oziq-ovqat, qand moddalariga (glyukoza, saxaroza), vita'minlarga, askorbin kislotalariga boy. Karamdoshlar oilasi - Brassicaceae Bu keng tarqalgan oila bo'lib 350 ta turkumni, 300ga yaqin turni birlashtiradi. Ko'pchilik turlari O'rta yer dengizi atroflarida keng tarqalgan. Ko'pchilik ...

Joylangan
17 Sep 2023 | 11:12:28
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.78 MB
Ko'rishlar soni
174 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:10
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
17 Sep 2023 [ 11:12 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.78 MB
Ko'rishlar soni
174 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:10 ]
Arxiv ichida: pptx