Don yetishtirish va kuzgi ekinlar

Don yetishtirish va kuzgi ekinlar

O'quvchilarga / Botanika
Don yetishtirish va kuzgi ekinlar - rasmi

Material tavsifi

Don yetishtirish va kuzgi ekinlar Donchilik qishloq xo'jalik ishlab chiqarishning eng muhim sohalaridan biridir. Dala ekinlari ulushida donchilik ulushi juda katta. Jahon mamlakatlarida donli ekinlardan ko'p tarqalgani bug'doy, sholi, makkajo'xori, arpa, Jo'xori, tariq, suli, javdardir. Dili ekinlarning halq xo'jaligida ahamiyati juda katta. U oziq-ovqat sanoatida va chorva mollari uchun ozuqa tayyorlashda hal qiluvchi rol o'ynaydi. Donli ekinlardan bug'doy bilan sholini aholi ko'p iste'mol qiladi. Donli simliklar o'zida inson organizmi uchun zarur bo'lgan oqsilmoddasiva uglevodni ko'p saqlaydi. Masalan, agar bug'doy o'simligining kimyoviy tarkibi 100 desak, shundan 13,6% ni suv, 16,8% ni oqsil moddasi, 63,8% niuglevod, 2 %ni yog' va boshqalar tashkil qiladi. Shuningdek donli o'simliklarning tarkibida fermentlar va komileks B vita'minlari (B1, B2, B6), PP va provitamin A bor. Bug'doy o'simligining kimyoviy tarkibi Shuningdek donli o'simliklarning tarkibida fermentlar va komileks B vita'minlari (B1, B2, B6), PP va provitamin A bor. Don va don mahsulotlari non tayyorlashda, makaron ishlab chiqarishda, konditerlik mollari tayyorlashda, ozuqa konsentratlari, konserva tayyorlashda, shuningdek, pivo, spirt, kraxmal tayyorlashda, to'qimachilik va sanoatning boshqa sohalarida keng qo'llaniladi. Donning davlat oziq-ovqat zahirasi eksport predmeti sifatida ham ahamiyati katta. G'alla o'simliklarning turlari dunyoning turli xil mamlakatlarida yaratilgan. Bug'doyning ko'pgina navlari dastlab Zakavkaz'da yaratilgan va rayonlashtirilgan. Yumshoq bug'doy dastlab Eronda, Zakavkazeda, O'rta Osiyoda tarqalgan. Javdarning vatani Kavkaz va O'rta Osiyo, makkajo'xoriniki Amerika, sholiniki Italiya, Jo'xoriniki Afrikadir. Mamlakatimizda agritexnika ta'limining ilg'or usullarini qo'llash bilan g'alla o'simliklaridan yuqori hosil olinmoqda. Yerni vaqtida haydash, o'simlik navlari muayyan sharoitga maqbul rayonlashtirish, o'simlikka o'g'it, suv ishlov berishning optimal variantlaridan foydalanish samara bermoqda. Bahorgi ekinlar Bahorikor donchilik dunyo dehqonchiligida salmoqli urin tutadi. Unga bahori bug'doy, bahorgi arpa, bahori suli kiradi. Yuqorida qayd qilinganidek, bu ekinlarning kuzgi ekiladigan navlari ham bor. Shuningdek , bahori donli ekinlarga grechixa, tariq, javdar, makkajo'xori, jo'xori, sholi: don-dukkakli ekinlardan no'xat yasmiq, nut, loviya, soya: bahori moyli ekinlarga kungaboqar, maxsor, soya, kunjut, kanakunjut, kuknori: bahori lub tolali ekinlarga zig'ir, kanop, paxta va boshqalar kiradi. Bahorgi bug'doy Bahorgi bug'doy dunyo dehqonchiligida juda keng tarqalgan qimmatbaho donli ekindir. U shimoliy qutb doirasidan tortib, toki Afrika va Amerikaning eng janubiy chegaralarigacha yetishtiriladi. Bahorgi bug'doy O'zbekistonning Samarqand, Toshkent, Sirdaryo, Buxoro va Surxondaryo tumanlarining tog' bilan tutash zonalarida-to'lqinsimon past-balandliklarda, lalmikor yerlarga ekiladi. Bahori bug'doyning buyi past, boshog'i va doni maydaroq bo'lib, ancha sekin to'planadi va o'rtacha hisobda 1,2-1,5 boshoqlaydigan poya hosil qiladi. Uning ildizi kam rivojlangan bo'ladi va shuning uchun unumdor tuproqqa talabchan . Erta ekiladigan bahori bug'doy (fevral-mart) 15-20 kun ichida 1-2 darajada issiqlikda unib chiqadi. Uning maysalari 15-20 darajada ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.96 MB
Ko'rishlar soni 154 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:10 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.96 MB
Ko'rishlar soni 154 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga