Don-dukkakli ekinlarning umumiy tavsifi. No'xat ekini

Don-dukkakli ekinlarning umumiy tavsifi. No'xat ekini

O'quvchilarga / Botanika
Don-dukkakli ekinlarning umumiy tavsifi. No'xat ekini - rasmi

Material tavsifi

Don- dukkakli ekinlarni umumiy tavsifi. No'xat ekini Dukkakli ekinlarni xalq xo'jaligidagi ahamiyati va tarqalishi No'xatning ahamiyati, biologiyasi. No'xatning yetishtirish texnologiyasi. Soyaning xalq xo'jaligidagi ahamiyati, tarqalishi, hosildorligi Sistematikasi, biologik xususiyati, navlari Soyani yetishtirish texnologiyasi Reja: Dukkakli - don ekinlari dukkakdoshlar oilasiga mansub bo'lib, bu guruhga no'xat, yasmiq, ko'k no'xat, soya, loviya, mosh, vika, oddiy no'xat va lyupin o'simliklari kiradi. Dukkakli don ekinlarining eng avvalo, doni poyasi va barglari tarkibidagi oqsil miqdori ko'pligi bilan xarakterlanadi. Bu ekinlarni ko'pchiligini donini tarkibida 20-30% oqsil bor. Bu g'alla ekinlari donidagi oqsilga qaraganda 2-3 marta ko'pdir. Bu ekinlarning donini tarkibida A, V, V2, S, D, YE, RR va boshqa vita'minlar bor. Bu ularning oziq-ovqatlik va yem-xashaklik qimmatini yanada oshiradi. Bu dukkakli ekin donidan tashqari, poyasidan to'yimli pichan, silos, xashaki un tayyorlanadi. Dunyo dehqonchilikda dukkakli don ekinlari 135 mln.gektar atrofida ekiladi. Dukkakli don ekinlari Hindiston, Xitoy va Amerikada keng tarqalgan. Respublikamizda dukkakli don ekinlari 1998 yili 22,2 mingga atrofida ekildi. O'zbekistonda ko'proq mosh, soya, oddiy no'xat loviya ekiladi. No'xat qimmatli oziq-ovqat va xashaki o'simlikdir. Uning doni tarkibida O'rtacha 19-30% oqsil, 4-7% moy, 46-60%. kraxmal, V.vitamin, turli mineral tuzlar va ovqat hazm qilishga yordam beradigan eng muhim aminokislotalar br. No'xat Cicer arietinum l. Avlodiga mansub bo'lib, issiq sevar o'simliklarga kiradi, biroq dastlabki paytlarda u issiqni kam talab qiladi.Urug'i 3-4°S da unib chiqa boshlaydi, 8°S da 9-10 kuni maysa chiqaradi. No'xat maysa chiqargandan keyin, ayniqa, gullash va hosil tugish davrida issiqni ko'p talab qiladi. Bu davrda o'simlik normal rivojlanishi uchun harorat 20°S bo'lishi kerak. No'xatni maysalari yirik bo'lib 10-11°S sovuqga chidaydi, voyaga yetgan o'simliklar 8°S sovuqga chidaydi. Qurg'oqchilikka chidamli, namgarchilik ko'p bo'lganda askaxitoz kasalligi bilan zararlanadi. No'xat dunyo bo'yicha 10 mln.ga dan ortiqroq yerga ekiladi. O'zbekistonda 2 ming.ga ortiqroq yerga mahalliy no'xat ekiladi, hosildorligi O'rtacha lalmi yerlarda 8-10 s.gani, sug'oriladigan yerlarda 30-32 s.gani tashkil etadi. No'xat dukkakli o'simlik bo'lgani uchun eng avval fosforli o'g'itlarga ehtiyoj sezadi. Yerni kuzda shudgorlashda gektariga 4-5 t gung, 30-45 kg fosfor bilan aralashtirib yoki fosforni o'zi 50-60 kg dan solinadi. bahorgi ishlashda xar gektariga 30-45 kg azotli o'g'itlar solinadi. Urug ekishdan oldin aralashmalardan tozalanadi, yirik va tekislari saralab olinadi, kasalliklarga qarshi dorilanadi, maxsus tuganak bakteriyalardan tayyorlangan nitragin bilan ishlanadi. Ekilgan urug' 1 va 2 sinf talablariga javob berishi, unuvchanligi 95-92%, tozaligi 99 va 98,5% dan kam bo'lmasligi lozim. No'xatni martni oxiri aprelni boshlarida yoki kech kuzda ekish mumkin. No'xat keng qatorlab, qator oralarini 45 yoki 60 sm qilib ekiladi. O'simliklar me'yordagi qalinlikda bo'lishi uning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.12 MB
Ko'rishlar soni 182 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:10 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.12 MB
Ko'rishlar soni 182 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga