Dukkakdoshlar, soyabonguldoshlar, valerianadoshlar, ituzumdoshlar, labguldoshlar va astraguldoshlar oilalari

Dukkakdoshlar, soyabonguldoshlar, valerianadoshlar, ituzumdoshlar, labguldoshlar va astraguldoshlar oilalari

O'quvchilarga / Botanika
Dukkakdoshlar, soyabonguldoshlar, valerianadoshlar, ituzumdoshlar, labguldoshlar va astraguldoshlar oilalari - rasmi

Material tavsifi

Dukkakdoshlar, soyabonguldoshlar, valerianadoshlar, ituzumdoshlar, labguldoshlar va astraguldoshlar oilalari 1. Dukkakdoshlar oilasiga tasnif. 2. Mimozagullilar oilasiga tasnif. 3. Kapalakgullilar oilasiga tasnif. 4. Kapalakgullilar oilasining ba'zi vakillari to'g'risida tushuncha 5. Sezalpinlar oilasiga tasnif. 6. Soyabonguldoshlar oilasiga tasnif. 7. Valerianadoshlar oilasiga tasnif. Reja: Dukkaklilar (Leguminosae) oilasi Bu tartibga kiradigan o'simliklar daraxtlar, lianalar, butalar va o'tlar xolida bo'lib, odatda qatorma-qator turadigan yonbargli murakkab barglar chiqaradi. Gullari pentamer (ba'zan tetramer), zigomorf yoki aktinomorf bo'lib, dumaloq gulqurg'oni besh a'zoli doiralardan tashkil topgan androtsey va bir a'zoli ginetsey bor. Gul tugunchasi yuqori tomonda, bir uyada, plansetasi chetda joylashgan. Bu tartibga o'simliklarning eng tipik belgisi mevalarning loviya shaklida (yoki loviyaga o'xshaydigan boshqa shaklda) bo'lishidir. Mimozagullilar (Mimosaceae) oilasi Bu oilaga kiradigan o'simliklar asosan daraxtlar xolida bo'lib, yonbarglari bor, patsimon yoki qushpatsimon murakkab barglar chiqaradi. Gullari aktinomorf axyon-axyonda zigomorf va mayda-mayda bo'lib, kallak yoki boshoqsimon to'pgul hosil qiladi. Mimozagullilar oilasining vakillari ikkala yarim sharning tropik va subtropik zonalarida keng tarqalgandir. Bu oilaning eng katta akatsiya (Acacia) avlodiga taxminan 500 tacha tur kiradi, ularning yarmidan ko'prog'i Avstraliyada tarqalgan. Gulqurg'onidan ochiq rangli uzun-uzun otalik iplari chiqib turadi, usha iplarning ochiq rangi(sariq, pushti yoki qizil) changlovchi xashoratlarni jalb qiladi. Kapalakgullilar (Papilionaceae) oilasi Bu oilaga kiradigan o'simliklar o'tlar, yarim butalar, goxo daraxtlar xolida bo'lib, yonbargli patsimon yoki barmoqsimon murakkab, ba'zan oddiy barglar chiqaradi. Gullari odatda o'rtacha yoki mayda bo'ladi, gullari mayda bo'lsa, odatda shingil, ba'zan boshcha, soyabon yoki boshoqsimon to'pgul xolida bo'lib turadi. Kapalakgullilar oilasining ko'pchiligi hashoratlar bilan changlanadi, gullarning murakkab tuzilganligi ham shunga bog'liq. Ochiq rangli gultojida yelkan qayirmasi yaqqol bo'lib ko'rinib turadi: changlovchi xashoratlarni jalb etishda shu tuzilma asosiy rolni o'ynasa ajab emas. Kapalakgullilar oilasi o'zining xo'jalikda tutgan ahamiyati jihatidan yopiq urug'li o'simliklarning eng muhim oilalaridan biridir. Ularning ahamiyati birinchi galda kapalakgullilarning va umuman dukkaklilarning Bacterium radicicola degan umumiy nom bilan ataladigan bakteriyalar bilan birga yashashga bog'liq. Bacterium radicicola turlari orasida fiziologik jihatdan mustaqil bo'lgan bir qancha formalar borki, ularning har biri kapalakgullilar oilasining ma'lum bir turlari yoki tur guruhlari bilan birga yashaydi. Sezalpinlar (Ceasalpiniaceae) oilasi Bu oilaga kiradigan o'simliklar daraxtlar, lianalar, butalar goxo o'tlar xolida bo'ladi va ketma-ket joylashgan, qo'sh patsimon, goxo oddiy barglar chiqaradi (oddiy barglar murakkab barglarning reduksiyalanishi natijasida yuzaga keladi) va hamisha yonbarglari bo'ladi. Tuklari ba'zan deyarli aktinomorf, lekin odatda zigomorf, siklik bo'lib, odatda besh a'zoli ba'zan to'rt a'zoli doiralardan tashkil topadi. Mevasi ba'zan ochiladigan ba'zan ochilmaydigan loviya shaklida. Ba'zi vakillarining urug'i endospermdir. Selderdoshlar oilasi-Apiaceae Bu oilaga kiradigan o'simliklarning ko'pchilik qismi o'tsimon o'simliklar bo'lib, chala buta va buta ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx, pptx
Fayl hajmi 1.45 MB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:11 Arxiv ichida: docx, pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx, pptx
Fayl hajmi 1.45 MB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx, pptx
Tepaga