Evgenol rayhoni, Osh piyoz, Topinambur, Qora smorodina, Pushti katarantus o'simliklari yetishtirish texnologiyalari Reja: 1. Evgenol rayhoni. 2. Osh piyoz. 3. Topinambur. 4. Qora smorodina. 5. Pushti katarantus. Evgenol rayhoni - Ocimum gattisimum L., labgullilar - Labiate oilasiga kiradi. Avgust oyida gullaydi. Evgenol rayhoni bo'yi 70-100, ba'zan 150 sm ga yetadigan sershox yarim buta. Poyasi kam tukli, to'rt qirrali, asos qismidan boshlab ko'p shoxlangan. Bargi oddiy, cho'ziq tuxumsimon, tishsimon qirrali bo'lib, poyada bandi bilan qarma-qarshi joylashgan. Gullar sarg'ish, labgullilar oilasiga xos tuzilgan. Rayhon o'simligini o'stirish texnologiyasi Rayhon O'zbekistonning barcha viloyatlarida ekib o'stiriladi. Undan yuqori xomashyo yetishtirish uchun barcha agrotexnik chora-tadbirlari orasida yerni sifatli qilib ishlash asosiy ahamiyatga ega. Oshpiyoz - Allium cepa L. lolaguldoshlar (piyozguldoshlar) - Liliaceae oilasiga kiradi Ko'p yillik, bo'yi 60-100 sm ga yetadigan o't o'simlik. Yer ostida yirik piyozboshisi bo'ladi. Poyasi yo'g'on, ichi kovak, o'rta qismidan pastrog'i shishgan bo'lib, asos qismida 4-9 tagacha qini bilan joylashgan barglari bor. Bargi uzun - silindrsimon, to'g'ri, o'tkir uchli, ichi kovak, poyadan kaltaroq. Osh piyozni o'stirish texnologiyasi Piyoz urug'i 3-5°S da una boshlaydi, 18-20°S da piyoz nihollari unib chiqadi. Ana shu haroratda piyoz sifatli hosil beradi. Bo'yi 1,5-2 metrga yetadigan o'simlik. Poyasi serbarg, g'adir-budur tukli, yuqoriga qarab shoxlagan. Barglari yirik, sertuk, uzun bandli, barg plastinkasi tuxumsimon, chetlari arrasimon qirqilgan, poyasi qarama-qarshi joylashgan. Topinambur (Helianthus tuberosus) murakkabguldoshlar (Asteraclae) oilasiga mansub bo'lib, ko'p yillik tuganakli o'simlik hisoblanadi. Topinambur o'simligini o'stirish texnologiyasi Topinambur (Helianthus tuberosus) asosan chorva uchun oziq o'simligi sifatida foydalaniladi. Tibbiyotda uning tuganagidagi inulin moddasi ishlatiladi. U sovuqqa chidamli, qisqa kun o'simlik bo'lgani uchun shimoliy viloyatlarda ham yetishtirish mumkin. Qora smorodina - Ribes nigrum L., toshyorardoshlar - Saxifragaceae oilasiga kiradi. Qora smorodina bo'yi 1-1,5 (ba'zan 2) m bo'lgan buta. Poyasining po'stlog'i to'q sariq qo'ng'ir yoki qizil jigarrang tusli bo'ladi. Bargi panjasimon 3-5 bo'lakli bo'lib, bandi bilan poyada ketma-ket o'rnashgan. Smorodina 3-4-yili mo'l hosil bera boshlaydi. U 10-15 yil davomida mo'l hosil beradi. Umrining 20-25-yili mevalari juda maydalashadi. Smorodina o'tkazilgandan 2 yil o'tgach hosil bera boshlaydi. U qalamchadan tuplarni bir necha bo'lakka bo'lish yo'li bilan ko'paytiriladi. Smorodina (Qoraqat) o'stirish texnologiyasi O'zbekiston Respublikasi sharoitida smorodinaning qora, qizil va tilla rang turlari ko'p tarqalgan. O'zbekiston sharoitida tilla rang smorodina yaxshi hosil beradi. Tilla rang smorodinaning chuqur qishki tinim davriga ega bo'lganligi sababli qish sharoitida harorat ko'tarilishiga va o'sishi uchun yetarli haroratga ega bo'lishiga qaramasdan tinim davridan chiqmaydi. Shu sababli bu smorodina sovuqqa ham bemalol bardosh bera oladi. Pushti katarantus (pushti bo'rigul) - Catharanthus roseus (L.) G. ...

Joylangan
17 Sep 2023 | 11:12:28
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.46 MB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:11
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
17 Sep 2023 [ 11:12 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.46 MB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:11 ]
Arxiv ichida: pptx