Gul. Gulning tuzilishi. Androtsey va genetsiy Reja: 1. Gul - o'simliklarning generativ ko'payish organi 2. O'simliklarning vegetativ ko'payish organlari 3. Changlanish, urug'lanish GUL - O'SIMLIKLARNING GENERATIV KO'PAYISH ORGANI Gul -quyidagi to'rt qismdan tashkil topgan Gulkosacha - gulni tashqi tomondan o'rab turadigan qavat. U gulkosachabarglardan tashkil topgan. Gulkosacha yashil va boshqa ranglarda bo'ladi. Gultoj - guldagi gulkosachadan ichkarida joylashgan gulqo'rg'on qavati. U gultojbarglar yig'indisidan iborat. Gultoj turli rangda bo'ladi. Changchi - gulqo'rg'on ichida joylashgan muhim qismi. U ikki qismdan: changdon va changchi ipidan tashkil topgan. Agar gulqo'rg'on gulkosacha va gultojdan tashkil topgan bo'lsa murakkab gulqo'rg'on deyiladi. Ko'pchilik o'simliklar (olma, g'o'za, olcha, nok)ning guli murakkab gulqo'rg'onli bo'ladi. Gulqo'rg'on bo'laklari qo'shilgan yoki qo'shilmagan gullar ham bor. Gulqo'rg'on bo'laklari qo'shilgan gullarga qo'ypechak, karnaygul, marmarak kabilarning guli misol bo'ladi. Gulqo'rg'on bo'laklari qo'shilmagan gullarga o'sma, g'o'za, olma, nok, lola, boychechak va boshqa o'simliklarning gullari kiradi. Gultojsimon oddiy gulqo'rg'onli lola: 1-gulqo'rg'on bo'laklari; 2- changchilari; 3-urug'chi. Yong'oqning changchili va urug'chili gullari: 1-kuchaladagi changchili gullari; 2-urug'chili guli GULLARNING XILMA-XILLIGI Gullar bir jinsli yoki ikki jinsli bo'ladi. Gulda faqat urug'chi yoki changchining o'zi bo'lsa, bunday gul bir jinsli gul deyiladi (tol, gazanda, tut, qayin). Agar gulda faqat changchi bo'lsa, bunday gul changchili gul deyiladi. Aksincha, gulda faqat urug'chi bo'lsa, bunday gul urug'chili gul deb ataladi. Tolning bir jinsli gullari: To'g'ri gul sxemasi Bir uyli o'simlik. Makkajo'xori gullari: 1-urug'chili gullar 2-changchili gullar. TO'PGULLAR To'pgul hosil qilmaydigan yakka-yakka gulli o'simliklarga lola, binafsha va behini misol qilib keltirish mumkin. Agar bitta umumiy bandda (gulpoyada) bir nechta gul joylashgan bo'lsa, unga to'pgul deyiladi. To'pgullar xilma-xil bo'ladi. Masalan, so'ta, shingil, kuchala, soyabon, ro'vak, savatcha, kallak va boshqalar. Gulning changlanishi ko'p jihatdan to'pgulga bog'liq. To'pguldagi gullar oddiy gullarga qaraganda yaxshi changlanadi. O'simliklar tarixiy rivojlanish jarayonida o'ziga xos to'pgullar hosil qilgan. To'pgullar oddiy va murakkab bo'ladi. Olmaning qalqonsimon to'pguli Kungaboqar savatchasi Bug'doyning murakkab boshog'i GULLARNING CHANGLANISHI Changlanish chetdan changlanish, o'z-o'zidan changlanish (17-rasm) va sun'iy changlanishga bo'linadi. Gullarning hasharotlar yordamida changlanishi. O'simliklar gullarining barchasi ham meva tugavermaydi. Faqat chang-langan gullargina meva tugadi. Ko'pchilik o'simliklar gulining changi va urug'chisi bir vaqtda yetilmaydi. Shuning uchun ham bitta guldagi chang shu guldagi tumshuqchani changlay olmaydi. Bunday holda bir gulning changi boshqa guldagi umg'chining tumshuqchasiga tushishi kerak. Yetilgan umg'chining tumshuqchasi nam va yopishqoq bo'lib, tushgan changni tutib qoladi. Yetilib yorilgan changdondan chiqqan changning hasharotlar yordamida boshqa gulning tumshuqchasiga tushishi hasharotlar yordamida changlanish yoki chetdan changlanish deyiladi. Sun'iy changlatish. Agar o'simlikning guli chetdan va o'z-o'zidan changlanmasdan odamlar tomonidan changlan-tiriladigan bo'lsa, uni sun'iy changlanish ...

Joylangan
17 Sep 2023 | 11:12:28
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → ppt, pptx
Fayl hajmi
1.85 MB
Ko'rishlar soni
144 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:13
Arxiv ichida: ppt, pptx
Joylangan
17 Sep 2023 [ 11:12 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → ppt, pptx
Fayl hajmi
1.85 MB
Ko'rishlar soni
144 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:13 ]
Arxiv ichida: ppt, pptx