Gulxayrigullilar qabilasi Malvales Reja: Gulxayridoshlar oilasi vakillarining tuzilishidagi o'ziga xos xususiyatlar va xo'jalikdagi ahamiyati. Baobabdoshlar oilasi vakillarining tuzilishi va ahamiyati. Shokolodguldoshlar oilasi vakillarining tuzilishi va xo'jalikdagi ahamiyati. Gulxayridoshlar oilasi - Malvaceae Oilaning 70 turkumga mansub 900 dan ortiq turi yer yuzining tropik qismida va, ayrim hollarda, o'rta iqlimli kenglikda o'sadi. Hamdo'stlik mamlakatlarida uning 12 turkumga mansub 72 turi uchraydi. Bular daraxt, buta va o't o'simlik. O'zbekistonda gulxayri turkumiga mansub dag'al kanop (Abutilon), bo'ritaroq (Hibiscus), tugmachagul (Malva), baxmalgul (Althea) turlari keng tarqalgan. Bulardan tashqari oilaning g'o'za (Gossypium) turkumi O'rta Osiyo Respublikalarida madaniy o'simlik sifatida katta maydonlarda o'stiriladi. Gossypium turkumining asosiy turlaridan 76 turi yer yuzining tropik, subtropik va o'rta iqlimli mintaqalarida tarqalgan bo'lib, aksariyat qismi, ko'p yillik buta, lekin madaniylashtirilganligi bir yillik o'simlik. G'o'za (Gossypium) Jahonda ishlatiladigan tolaning 75% g'o'zadan olinadi. G'o'za qadim zamonlardan beri madaniy o'simlik sifatida ekib kelinmokda. U eramizdan 3.00 yil ilgari ham malum bo'lgan. O'zbekistonda uning G. hirsutum va G herbaceum turlari nisbatan ko'p ekiladi. Gulxayri (Althaeca) turkumining 12 turi keng tarqalgan. Ular orasida dorivor gulxayri (Althaea officinalis) muhim ahamiyatga ega Guli barg qo'ltig'ida joylashgan och pushti va qizil rangda. Mevasi bir xonali yong'oqchalar to'plamidan iborat. Gulxayri (A. officinalis) muhim dorivor o'simlik, uning ildizi, poyasi va bargi turli xil ichak-oshqozon kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Baxmalgul (Alcea) turkumining 60 ga yaqin turi yer yuziniing turli tuman, o'lkalarida keng tarqalgan. Uning O'zbekistonda oq baxmalgul (A. nudiflora), pushti baxmalgul (A. litvinovii) singari turlari o'sadi. Oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan muhim bo'yoqbop o'simlik hisoblanadi. Tugmachagul (Malva) turkumining 125 turi malum. O'zbekistonda uning befarq tugmachagul (M. neglecta), Movriton tugmachaguli (M. mauritana), o'rmon tugmachaguli (M. silvestris), Buxoro tugmachaguli (M. bucharica) singari turlari sug'oriladigan bahorikor erlarda, ekinzorlarda, bog'larda tarqalgan. Baobabdoshlar oilasi Bombacaceae Oilaning 140 turi yer yuzining tropik o'lkalari, Afrika va Amerikaning seryomg'ir tropik o'rmonlarida keng tarqalgan. Gul tuzilishiga ko'ra, gulxayridoshlar oilasiga yaqin. Lekin gultoj barglari tuklar bilan qoplangan. Bu oilaning 50 turkumiga mansub 600 turi, asosan, tropik iqlimli mintaqada tarqalgan daraxt o'simligi. Oilaning Janubiy va markaziy Amerika hamda Meksikada tarqalgan 15 ga yaqin o'simlik turini o'zida birlashtiruvchi Theobrona turkumi tavsifga loyiq. Shokoladguldoshlar oilasi Sterculiaceae Kola (Cola acuminata) G'arbiy Afrikada keng tarqalgan daraxt. Urug'ining tarkibida kolatin, kofein, teobromin deb ataladigan alkaloidlar bor. Bu alkaloidlar kishining ishlash qobiliyatini oshirishi inobatga olinib undan Kola, Koka kola deb ataluvchi ichimlik tayyorlanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: Burigin V. A., Jongurazov F. X. Botanika. Toshkent, O'qituvchi, 1977. Kursanov A. va boshqalar. Botanika. Toshkent O'rta va Oliy maktab Davlat nashriyoti. 1963. Mustafaev S. M. Botanika. ...

Joylangan
17 Sep 2023 | 11:12:28
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.12 MB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:13
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
17 Sep 2023 [ 11:12 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.12 MB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:13 ]
Arxiv ichida: pptx