Kamyob va istiqbolli yog'li o'simliklar Reja: Kedr karag'ayi. Perilla tuzilishi va xossalari. Lyallemansiyaning tuzilishi va xossalari. Katalpa tuzilishi va xossalari. Keshyu tuzilishi va xossalari. Karite tuzilishi va xossalari. Xoxoba tuzilishi va xossalari. Oytisika tuzilishi va xossalari. Illipe tuzilishi va xossalari. Zaytunning tuzilishi va xossalari Kedr qarag'ayi (Pinus sibirica) Kedr qarag'ayi - balandligi 35-40 m bo'lgan daraxt. Ko'pincha kedr qarag'ayi kedr deb noto'g'ri ataladi. Uning urug'lari kedr yong'og'i nomi ostida mashxur. Ular gullaganidan keyin ikki yil o'tgach yetiladi va g'urralar bilan birga tushadi. G'urralar uzunligi 6-13 sm bo'lib, tangachalar bilan zich qoplangan. Urug'lar to'q-qo'ngir, uzunligi 10-14 va kengligi 6-10 sm. Kedr daraxti 5-6 yildan keyin yong'oqlarning mo'l hosilini beradi. G'urrada 100 taga yaqin urug' joylashgan bo'ladi. Urug'lar qattiq mug'uzsimon qobiq bilan qoplangan bo'lib, uning ostida mo'rtak va endospermni o'rab turgan yupqa parda mavjud. Kedr qarag'ayi 500 yilgacha umr ko'rib, Rossiyaning Yevropaqismi shimoliy sharqida va Sibirda tarqalgan. Yog'sizlantirilgan urug'lar qandolatchilik sanoatida qo'llaniladi. Sifatli yadrodan olingan kedr yog'i mikroskopda immersiya uchun ishlatiladi. Perilla (Perilla ocymoides) Perilla tuzilishi va xossalari. Perilla Yapaloqguldoshlar oilasiga mansub bo'lgan, balandligi 1 m gacha yetadigan, poyasi shoxchalardan iborat bir yillik o'simlik. Perilla barglari va poyasi kuchli efir xidiga ega. Perilla qadimdan Shimoliy-Sharqiy xitoy, Koreya, Yaponiya va Shimoliy Xidndistonda yetishtiriladi. Perilla urug'lari kimyoviy tarkibi (%): lipidlar - 43-48; oqsil (Nx6,25) - 23-28; sellyuloza - 10-13; kullar - 4-5; efir moyi - 0,3. Perilla yog'ini rafinatsiyalashdan keyin ozuqaviy maqsadlarda ishlatish mumkin, lekin asosan texnik maqsadlar uchun ishlatiladi. Perilla yog'ini Yevropava AQSH ga keng eksport qilish XX asrda boshlangan bo'lib, uni yetishtirish yiliga 50 ming tonnaga yetdi. Perilla yog'i triatsilglitserollari tarkibidagi yog' kislotalari miqdori (%): S16:0 - 3,3; S18:0 - 9,8; S18:1-13,1; S18:2-56,4; S18:3-22,2. Perilla yorug'laridan yog' olinganidan keyin qoladigan ekstraksion shrot tarkibida 45% oqsil va 0,006% efir moylari mavjud bo'ladi. Efir moyi perillaning qo'ritilgan poyasidan va yaproqlaridan olinadi. Lyallemansiya (Lallemantia iberica) Lyallemansiyaning tuzilishi va xossalari. Yapaloqguldoshlar oilasiga mansub bir yillik o'tsimon o'simlik. Meva-yong'oqchalari ovalsimon, uzunligi 3,5-4,5 mm, kengligi 1,5-2 mm va qalinligi 1 mm. Qobig'i terisimon, mag'izga zich yopishgan va urug' massasining 58% ni tashkil qiladi. Qobiqda lipidlar miqdori 11-15%, urug' yadrosida 49,5-51,8%. 100 ta urug' massasi 5,5-5,9 g. Lyallemansiya urug'lari kimyoviy tarkibi (%): suv - 8,96-9,74; lipidlar - 30,80-35,79; oqsil (Nx6,25) - 24,25-26,99; sellyuloza -13,37-15,59; dekstrinlar - 2,92-3,20; kullar - 3,40-4,80. Lyallemansiya yog'i xossalari bilan perilla yog'iga yaqin. Lyallemansiya yog'i triatsilglitserollari tarkibidagi yog' kislotalari miqdori (%): S16:0 - 6-15; S18:0 - 4-5; S18:1-7-11; S18:2-45-71; S18:3-11-30. Katalpa (Catalpa bignoniodes) ...

Joylangan
17 Sep 2023 | 11:12:28
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.04 MB
Ko'rishlar soni
164 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:15
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
17 Sep 2023 [ 11:12 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.04 MB
Ko'rishlar soni
164 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:15 ]
Arxiv ichida: pptx